(M*υ
2
)/2=(Q*υ
2
)/g
2
, demak (Q*υ
2
)/g
2
=Q*φ*l
3
,
Bundan:
l
3
=υ
2
/(2*9,81*φ)*((1000/3600)
2
)=0,004*(υ
2
/φ);
29
Masofalar qiymatlarini o`z o`rniga qo`ysak:
N=(1000*υ
2
)/(l
1
+0,277*α*υ+0,004*(υ
2
/φ))
Bu tenglikni tahlil qilib avtomobilning tormoz yo`li uning harakat tezligining
funktsiyasi ekanligiga ishonch xosil qilamiz. Demak harakat tezligini ortishi bilan
yo`lning o`tkazish qobiliyati eng yuqori chegaragacha ortib boradi keyin esa pasayadi.
Chunki, harakat tezligini ortishi tormoz yo`lini ortishiga olib keladi. Buni quyidagi
grafik chizmadan ko`rish mumkin (7-rasm).
3. Yo`llarni loyihalashning texnik shartlari va me’yori.
Avtomobil yo`llari shunday loyihalanishi kerakki, unda avtomobil dvigatelining
odatdagi ish sharoitida o`zining dinamik sifatini to`la ko`rsatishi kerak. Keskin burilish,
tik nishoblik va ko`tarilishlarda avtomobil surilib ketishi, ag`darilish xolatlari sodir
etilmasligi, yurish esa sokin va haydovchilar uchun zerikarli bo`lmasligi, me’yoriy
ko`rinish ta’minlanishi lozim. Yo`l ko`ylagi dinamik yuklamaga bardosh berishi, tekis
va sirpanchiq bo`lmasligi kerak.
Yo`l ko`ylagi konstruktsiyasi, qatnov qismi bo`laklari soni, kesishma va
tutashmalarni tanlash, yo`l va avtotransport xizmati qurilish va inshoatlari, ularni qurish
navbatini hisobga olgan xolda harakat jadalligini o`sishi bo`yicha belgilanadi.
Har qanday toifali yo`llar uchun qurilish me’yori va qoidalari (SniP II-D.5-72)
bo`yicha belgilangan. Yangi quriladigan, konstruktsiyasi o`zgartiriladigan yo`llarni
loyihalashga ushbu qurilish qoidalari keng tadbiq etiladi.
Avtomobil yo`llarining barcha bo`laklari quyidagicha me’yorlashtiriladi: harakat
bo`lagi va qatnov qismining soni hamda kengligi, marza kengligi, yo`l ko`tarmasi,
ajratish bo`lagi, bo`ylama qiyalik, ko`rinish masofasi, ko`ndalang kesimdagi egrilik
radiusi, tik egrilik radiusi va uni uzunligi, qoplama turi, yo`l kiyimining konstruktsiyasi,
qatnov qismi bilan marzaning o`zaro yopishib turishi, yetarli tekislikdagi va ilashimli
qoplama yuzasini xosil qilish, ko`priklar qurish va quvirlar o`rnatishni loyihalash va
boshqalar.
Yo`lning muhandislik qurilishlariga quyidagilar kiradi: avtobus to`xtab turish
joylari, tezkor bo`lakka o`tish yo`li, avtomobillarni to`xtash va to`xtab turish
30
maydonchalari, dam olish maydoni va avtobus kutish bekatlari, qor va qum
ko`chkilaridan yo`llarni saqlash qurilmalari va yo`llarni yoritish.
Yo`l cheklagichlariga quyidagilar kiradi: qo`rg`onlar, yo`l belgilari va
ko`rsatgichlar, qatnov qismi chiziqlari va boshqalar.
4. Shahar yo`llari va ko`chalari, shahar yo`llari va ko`chalari tasnifi, shaharlarni
Do'stlaringiz bilan baham: |