18
Harakatlanish uchun mahalliy transport va piyodalar halaqit berishini bartaraf
etish uchun avtomobil magistrallarini aholi yashaydigan punktlarni aylanib o`tadigan
qilib o`tkaziladi, ularga kirish yo`llarini faqat katta harakatlanish jadalligiga ega bo`lgan
yo`llar bilan kesishadigan joylardagina qilinadi. Mahalliy yo`llar magistrallarni turli
sathlarda kesib o`tadi, bunda pastga tushiladigan yo`llar qilinmaydi.
Magistrallar katta masofalarga tashish uchun mo`ljallanganligi bois, yo`l bo`ylab
benzin quyish stantsiyalari, texnik va tibbiy xizmat ko`rsatish punktlari,
mehmonxonalar, oshxonalar joylashtiriladi. Yo`l yonida haydovchilar qisqa muddatli
dam olishlari uchun to`xtash maydonchalari jihozlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: