2. Avtomobil yo`llarining tutimi va ta’mir ishlari bo`yicha klassifikatsiyasi
O`zbekiston xalq xo`jaligining rivojlanishi bevosita avtomobil yordamida
yuk va yo`lovchi tashish, harakat tezligini ortishi bilan bog`liq. SHu munosabat bilan
yo`l qurilishi tashkilotlari oldiga o`z vaqtida quyidagi tadbirlarni amalga oshirish
qo`yiladi:
Kechayu-kunduz davomida to`xtovsiz, xavf-xatarsiz avtomobil
harakatini tashkil etish;
Avtomobilning texnik tasnifida berilgan tezligini va yuklamasini
ta’minlash;
Yo`l va undagi inshoatlarni saqlash;
Yo`lning texnik ekspluatatsiya sifatini va texnik darajasini o`z vaqtida
ortishini va boshqalar.
Avtomobil yo`llarini ta’mirlash va uning xolatini ushlab turish bo`yicha
ishlar quyidagi turlarga bo`linadi:
Asosiy ta’mir;
O`rta ta’mir;
Joriy ta’mir;
111
Texnik xolatini ushlab turish.
Ular avtomobillarning yo`l toifalari bilan belgilangan tezlikda to`xtovsiz va
xavfsiz harakatlanishlarini ta’minlashlari, harakat jadalligini hisobga olgan xolda
yo`lning transport ekspluatatsiya sifatlarini o`z vaqtida ortirishlari kerak.
Yo`l, undagi qurilish va inshoatlarni ta’mirlash bir qator ishlar majmuasidan
iborat bo`lib, ular yo`lning dastlabki texnik ekspluatatsiya sifatini ushlab turish va uni
yaxshilashga qaratilgan bo`ladi. Asosiy va o`rta ta’mirlar har yili o`tkaziladigan
ko`riklar asosida aniqlangan nuqsonlar asosida belgilanadi. Yo`llarni joriy ta’mirlash
va ularning texnik xolatini ushlab turish, yiriklashtirilgan kilometr o`lchovlari asosida
rejalashtiriladi.
Asosiy ta’mir. Bu turdagi ta’mir ishlarida yo`l, qurilishi va inshoatlar
tarkibidagi yeyilgan qismlari, bo`laklari bikrroq va kam chiqimrog`iga almashtiriladi.
Bu bilan ta’mirlangan mavjudotlarning transport ekspluatatsiya sifati yaxshilanadi,
ya’ni yo`lning texnik me’yoriy ko`rsatgichi, yo`l qoplami mustaxkamligi ortadi.
Asosiy ta’mir yo`ldagi barcha inshoatlar va bo`laklar bo`yicha barabariga o`tkaziladi.
O`rta ta’mir. Bu turdagi ta’mir ishlarida yo`l qoplamasining yeyilgan ustki
qatlami davriy ravishda to`ldirib turiladi. SHu bilan yo`l va inshoatlar transport
eksplutatsiya sifatini dastlabki xolati ushlab turiladi. O`rta ta’mir yo`l qoplamasining
yeyilgan qismini qisman to`ldirish va uning tekisligini saqlab turish uchun hizmat
qiladi. Shuningdek yerli asosi, suv yo`llari, sun’iy inshoatlar, binolarning
shikastlangan qismlarini tiklaydi. O`rta ta’mir har yili o`tkaziladigan ko`ruv ishlari
asosida tuzilgan nuqsonlar ro`yxati asosida belgilanadi va ta’mirlararo muddatga
amal qilinadi.
Joriy ta’mir. Bu turdagi ta’mir ishlari yo`l, inshoatlarning mayda
shkastlangan joylarini tuzatish va ularni buzilishini oldini olishdan iborat. Bu ishlar
yil davomida butun yo`l bo`ylab o`tkaziladi. Joriy ta’mirlash ishlari yiriklashtirilgan
kilometr o`lchovlari asosida rejalashtiriladi. Joriy ta’mir ishlarining vazifasi
ekspluatatsiya jarayonida yo`l qoplamasi, yerli asos, sun’iy inshoatlar, binolar,
chorraxalarda xosil bo`lgan mayda shkastlangan joylarni bartaraf etish, shuningdek
suv toshqinlaridan ularni saqlash uchun hizmat qiladi.
112
Do'stlaringiz bilan baham: |