Ю
к
т
аш
и
ш
ҳ
аж
м
и
, %
Автомобиль
йўллари
Темир йўллар Ҳаво йўллари Дарё йўллари
1-rasm. Yuk tashishning transport turlari bo`yicha taqsimlanishi
Respublikaning geografik joylashuvi shuni taqozo etadiki, jahon bozoriga
chiqishda va tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishda asosiy transport yo`laklari
avtomobil va temir yo`llar hisoblanadi.
Respublikaning iqtisodiy rivojlanish shartlarini ta’minlaydigan xalqaro transport
yo`laklarini barpo qilish, tranzit va viloyatlar oralig`ida ishonchli transport aloqasini
ta’minlash, respublikaning tashqi integratsiyalashgan va ichki birikkan yagona transport
muhitini shakllantirish, qolaversa, Buyuk Ipak Yo`lini qayta tiklash va jahon bozoriga
chiqish kabi masalalar davlat yo`l siyosatining ustuvor vazifalaridan hisoblanadi.
O`zbekiston BMT ning ―Tranzit yuk tashishda hamkorlikni rivojlantirish orqali
savdoni kengaytirish‖ dasturida bevosita ishtirok etib, ―Buyuk ipak yo`lini‖ tiklashga
kirishdi.
Respublikamizda avtomobil transporti bilan yuk tashish 1990 yilda 300 mln t. ni
tashkil qilgan bo`lsa, 1995 yilga kelib bu ko`rsatkich 420 mln t. ga yetdi. U umumiy
yuk tashish hajmining 50% ni tashkil etdi. Kelajakda bu ko`rsatkich deyarli ortishi
ko`zda tutilgan.
13
O`zbekiston «Buyuk Ipak» yo`li - Yevropa va Osiyo mamlakatlarining o`zaro
aloqa va hamkorlik qadimgi magistralining markaziy tayanch nuqtalaridan biri
hisoblanadi. Ammo Respublika dengiz va okean portlariga bevosita chiqish
imkoniyatiga ega emas. Shu munosabat bilan 1996 yil aprelida «TRASECA» dasturiga
muvofiq idoralararo ishchi guruhi tuzilib, bu guruh transport koridorlarini tashkil qilish
va ularni umumlashtirish masalalarini xal qildi.
Ulardan quyidagi transport koridorlari qurilishi amalga oshiriladi:
*
Tashkent - Ashgabad - port Turkmanboshi - Baku - port.
*
Almata - Toshkent - Istambul avtomagistrali.
*
Markaziy Osiyo mamlakatlari - SHarqiy Xitoyning portlaridan birigacha.
*
Markaziy Osiyo mamlakatlari - Tedjen - Seraxs - Mashxad -Bandar Abbas porti
(Eron).
*
Markaziy Osiyo mamlakatlari - Eron Islom Respublikasi - Turkiya Istambul
porti.
―Buyuk ipak yo`li‖ni tiklovchi loyihalashtirilayotgan SHarq-g’arb transport
yo`lagining tarkibiy qismidir. Toshkentdan boshlanadigan magistral yo`l Andijon,
Qirg`izistonning O`sh va Xitoyning Qashqar shaharlari orqali o`tib, Tinch okeaniga
chiqish kerak. Xozirda Toshkent-Andijon-O`sh yo`lining 116-195 kilometridagi
qismida yo`l qurilish ishlari va Rezak-Qamchiq dovonlarida umumiy uzunligi 2480
metr bo`lgan tonellar qurib bitkazildi.
Yana shuni inobatga olish kerak-ki, respublikamiz qayta tiklanayotgan ―Buyuk
Ipak yo`li‖ning asosiy bo`g’inlaridan biri bo`lib bormoqda. Bu yo`l Osiyodan
Yevropagacha cho`zilgan bo`ladi. Mavjud va qurilayotgan Toshkent-Samarqand-
Buxoro, Toshkent-Termiz, Toshkent-Andijon-O`sh-Qashqar magistral yo`llarining
xalqaro ahamiyati keskin oshdi. Bugungi kunga kelib, ―Uzavtoyo`l‖ davlat aktsionerlik
konserni tomonidan 1991 yildan boshlab 34 ming km yo`l qayta ta’mirlangan.
Xalqaro yuk tashish jarayonlarini takomillashtirish Osiyo va Yevropa
mamlakatlaridan tranzit yuk tashishiga buyurtmalar ko`payishiga olib keladi. Yo`lovchi
tashishning rivojlanishi O`zbekistonda sayyohlar oqimining o`sishini ta’minlaydi.
14
Do'stlaringiz bilan baham: |