117
kiyimini qurishda sifatsiz ashyolardan foydalanilganda yoki u qoniqarsiz qurilganda
harakat jadalligini ortishi, og`irligi hisoblangan ko`rsatkichdan ko`p bo`lishi
oqibatida, yerli asos sifatli qurilishidan qat’iy nazar u muddatidan ilgari buziladi.
Yo`l kiyimi elastik ezilish chegarasida ishlaganligi uchun uning bikrligi har
bir yo`l toifasiga berilgan teng miqdor ezilish moduli qiymati bilan baholanadi.
Qattiq bo`lmagan yo`l kiyimlarining ezilish moduli yo`l kiyimini ishlashi
uchun noqulay bo`lgan davr (bahor fasli)da ko`chma press yordamida na’munali
yuklama berish bilan aniqlanadi.
Qoplamaning shakl o`zgarishi va buzilishi quyidagilardan iborat:
Yeyilish (sidirilish) – qoplama qalinligini avtomobil g`ildiraklari va
tabiiy omillar ta’sirida
kamayishi;
Uqalanish – bahor paytida qoplama yuzasining ochilishi bilan uning
ashyosi yuza qatlamidan yupqa qatlam va zarrachalarining ajrab
chiqishi;
To`lqinsimon shakl hosil bo`lishi – mayin xususiyatga ega bo`lgan
qoplamada havo issiq bo`lgan sharoitda hosil bo`ladi.
Bunday ezilish va buzilishlarning ekspluatatsiya omillariga o`z vaqtida
ta’mir ishlarini o`tkazmaslik va katta yuk ko`tarish qobiliyatiga ega bo`lgan transport
vositalarining harakatlanishi kiradi. Joriy ta’mirni har xil mashina, texnik vosita va
ashyolar bilan ta’minlangan ishchilar brigadasi va bo`lim prorablari bajaradi.
Sement betonli qoplamaga ega bo`lgan qoplamalarni joriy ta’mirlashda uning
chok va yorilgan joylari to`ldirilib ta’mirlanadi. Asfaltbetonli qoplamalarni joriy
ta’mirlashda alohida buzilish va yemirilish (o`yilish, cho`kish)lar bartaraf qilinadi.
Yengil turdagi takomillashgan qoplamalarni joriy ta’mirlashda qoplamani
shkastlangan qismini olib tashlab o`rni tozalanadi, quritiladi va yuzasiga itshlov
beriladi.
O`tkinchi turdagi qoplamali joriy ta’mirlash o`yilgan joylar, g`ildirak izlari,
loylar va qatlam tarkibidan o`yilib chiqqan mineral ashyo donachalari bartaraf
etishdan iborat. Ta’mirlanadigan joyga qirqilgan tosh yoki shag`al yotqizilib suv
118
bilan og`ir zichlagich yurgiziladi. Oddiy turdagi tuproqdan qilingan qoplamalar ham
yuqoridagi usulda ta’mirlanadi.
Yo`l qoplamalarining qalinligi hisoblangan qiymatdan ortganda yoki yeyilib
ketganda o`rta ta’mirlanadi. O`rta ta’mir ishlari har tomonlama o`tkaziladi, ya’ni yo`l
bo`lagini ta’mirlashdan oldin boshqa inshoatlar ham ta’mirlanadi.
TSementbeton va asfaltbetonli qoplamalarning yeyilgan qatlamlari
asfaltbeton yotqizish bilan tiklanadi. Yengil takomillashgan va o`tkinchi
qoplamalarning yeyilgan qatlamlari o`rniga mineral ashyo qatlamini yotqizib bir, ikki
marta yuza ishlovini o`tkazish bilan tiklanadi.
Yo`l qatlamlarini asosiy ta’mirlash ixtisoslashgan xo`jalik hisobidagi
brigadalar kuchi bilan amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: