“mashinasozlik” fakulteti «Yer usti transport tizimlari» kafedrasi



Download 3,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/150
Sana31.12.2021
Hajmi3,16 Mb.
#220003
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   150
Bog'liq
avtomobil yollari

Kengaytirilgan  texnik  qidiruv  joylarda  quyidagi  ishlarni  olib  borish  bilan 
o`tkaziladi:  rasmga  olish,  o`lchash,  butun  yo`l  uzunligi  va  bo`ylama  ko`rinishini 
qog`ozga  tushirish,  yo`l  va  sun’iy  inshoatlarni  loyihalash,  harajat  xujjatlarini  tuzish. 
Kengaytirilgan  texnik  qidiruvlar  bir  necha  guruhlarga  bo`lingan  mutaxassislar 
yordamida amalga oshiriladi. Ularning ish jarayonlarida quyidagilar aniqlanadi: 

  Butun yo`l uzunligini tanlash; 

  Maxsus  asbob  (teodolit)  yordamida  burilish  burchaklari,  belgilangan 
yo`nalish bo`yicha yo`l uzunligini, ko`tarilish, pasayish darajasini o`lchash; 

  Yo`l uzunligini piketlarga bo`lish va ularni belgilash; 

  Yo`lning  bo`ylama  va  ko`ndalang  kesim  shakllarini  tuzish  uchun  uni 
nivelirlash; 

 
Sun’iy  inshoat va  suv o`tkazuvchi  yo`llarning  loyihalash  ko`rsatkichlarini 
yig`ish; 

  Yo`l uzunligi bo`yicha kerakli belgilarni o`rnatib chiqish; 

  Tuproq va tuproq qatlami tarkibini o`rganish. 
Yuqoridagi  texnik  qidiruvlar  natijasiga  asosan  texnik  loyihalash  ko`rsatkichlari, 
ya’ni  topografik  chizma  qog`ozi,  hisoblar  va  tushuntirish  xati,  alohida  joylardagi 
bo`ylama va ko`ndalang kesim shakllari olinadi. 


 
60 
Avtomobil  yo`llarini  qurish  va  yangilash, loyihalashga  xududlar  bo`yicha  ishlab 
chiqarish  kuchlarini  rivojlantirish  va  ularni  samarali  joylashtirish  shakli  asos  qilib 
olinadi.  Ular  kamida  15  yil  davomida  faoliyat  ko`rsatishlari  kerak.  Bu  shaklda 
xududdagi korxona va inshoatlar, shu jumladan avtomobil yo`llarini qurish va yangilash 
maqsadga muvofiqligini asoslovchi hisoblangan ko`rsatkichlar aniqlanadi. Qurilishning 
narhi va boshqa ko`rsatkichlar hisoblanadi. To`g`ri tuzilgan loyiha quyidagilarga javob 
berishi kerak: 

  Yo`lning  ekspluatatsiya  qilish  va  berilgan  ko`rsatkichlar  bir-biriga  mos 
kelishi; 

  Barcha inshoatlar turg`un va mustaxkam bo`lishi; 

  Yo`l qurish va yangilash qimmatining kam bo`lishi; 

  Yo`l qurish yoki uni yangilash ko`rsatilgan muddatda bajarish. 
Loyihadagi  barcha  yechimlar  qurilish  uchun  belgilangan  mablag`larni  yuqori 
samara bilan ishlatilishini ta’minlashi zarur. 
Ishchi chizmalar loyiha asosida tuziladi va ularda yo`ldagi alohida inshoatlarning 
tuzilish  (konstruktiv)  yechimlari  beriladi,  chunki  barcha  qurilish  ishlari  ishchi  chizma 
bo`yicha  bajariladi.  Ularni  tuzishda  yo`l  inshoatlari,  yerli  asos,  sun’iy  inshoatlar,  suv 
to`plab  olish  qurilmalari  va  boshqalarning  rejali  va  yuqori  saviyada  olib  borilishi 
hisobga  olinadi.  Ishchi  chizmalarni  tuzishda  loyihada  ko`rsatilgan  yo`l  toifasini 
pasayishiga  olib  keluvchi  o`zgartirishlar  kiritishga  ruhsat  etilmaydi.  Ishchi  chizmalar, 
maxalliy  sharoitga  moslash  uchun  olingan  texnik  shartlar  asosida  qurilish  va  yig`ish 
(montaj) ishlari uchun sarf-harajat xujjati (smeta) tuziladi. 
Loyihalash  yechimlari  sifatini  oshirish,  loyihalash  jarayonini  tezlashtirish, 
loyihalovchilarning qo`l mehnatini yengillashtirish maqsadida keyingi yillarda elektron 
hisoblash mashinalaridan keng foydalanilmoqda. EHM mashinasi yordamida bo`ylama 
shaklni  loyihalash  ko`p  yechimlarga  ega  bo`lgan  loyiha  chizig`ining  maqbul  holatini 
topishga  yordam  beradi.  Loyiha  chizig`ining  maqbul  holatini  ko`p  sonli  tahminlar 
asosida  hisoblashlarni  amalga  oshirishdan  iborat.  Berilgan  bo`ylama  yo`l  kesim  shakli 
ko`rsatkichlari va EHM dasturiga kiritilgan hisob bo`yicha maqbul yechim topiladi. 


 
61 
Loyixachi  EHM  uchun  kerak  bo`lgan  boshlang`ich  ko`rsatkichlar  varag`ini 
to`ldirishni  va  mashina  bergan  natijalarni  o`qishni  bilishi  kerak.  Ayniqsa  juda  ko`p 
hisoblash ishlarini talab etadigan tuproq ishlari uchun EHM muxim bo`lmoqda. 

Download 3,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish