Traktor ishlarini jami yig’indisini hisobga olish. Traktor ishlarining jami yig`indisi shartli etalon gektar (sh.e.ga) birligida hisoblanadi. Traktorning bajargan ishlarini shartli o’lchov birliklarida hisobga olish quyidagi maqsadlar uchun zarur:
1. Fizik va shartli traktorlarda krtacha smenali kunlik va yillik bajarilgan ishning miqdori bo’yicha yakka traktor va barcha traktorlar parkidan foydalanish darajasiga baho berish uchun.
2. Traktorlar va qishloq xo’jaligi mashinalariga yonilg`i va moylash materiallariga talabni, texnik ko’rsatish va ta’mirlash ishlariga zahira qismlarni va pul harajatlarni rejalashtirish uchun.
3. Traktor ishlari birligiga sarflangan ekspluatatsion harajatlar va MTP foydalanishning boshqa texnikaviy-iqtisodiy ko’rsatkichlari aniqlandi.
Yuqorida aytilganidek agregatlarning bajargan ishlarining jami yig`indisi o’lchov birligida shartli etalon gektar (sh. e.ga) o’lchanadi. Shartli etalon gektar sifatida bir gektar yer haydashga mos keladigan ishning hajmi – quyidagi etalon sharoitlarida qabul qilingan tuproq (plugning) solishtirma qarshiligi Kpl=50 kN/m; agregatning yurish tezligi Vu = 5,0 km/soat; haydash chuqurligi h =20…22 sm, agrofonu – boshoqli don ang’izi; yerning namligi 20…22 %; yerning yuzasi tekis; qiyaligi =10 gacha; paykalning shakli to’g’ri to’rt burchakli; paykalning bo’ylama uzunligi = 800 m; toshliklar va boshqa to’siqlar bo’lmasligi lozim.
Sh.e.ga ning solishtirma tortish energiya qamrashi (ash.e.ga)
quyidagiga teng :
Traktorning tortish foydali ish koeffitsienti =0,65…0,80 bo’lganda solishtirma effektiv energiya qamrashi ( sh.e.ga )
Smena vaqtining bir soatida bir sh.e.ga ish bajara olish qobiliyatiga ega bo’lgan traktor shartli etalon traktor (sh.e.tr.) sifatida qabul qilingan. Fizik traktorlar sonini sh.e.tr. ga quyidagi yordamida keltirilgan.
bu yerda: - markadagi fizik traktorlar soni;
- markadagi fizik traktorlarni sh.e.traktorga keltirish koeffitsienti;
- ning son qiymati berilgan markadagi traktorning smena vaqtining bir
soatida sh.e.ga hisobida bajarilgan ishning qiymati ( )ga tengdir.
Fizik o’lchov birligidagi ishlarning hajmini sh.ega hisobiga keltirish uchun quyidagi formuladan foydalanamiz
bu yerda: T - If hajmdagi fizik o’lchov birligidagi mexanizatsiyalashga traktori bajarish uchun sarflangan soatlar soni.
Wtex - agregatning bir soatli texnik ish unumi, ga/soat, t/soat, m/soat, km/soat, t.km/soat.
Fizik va shartli etalon traktorlarning shartli etalon gektarda bajargan ishning miqdorini tegishlicha quyidagi formulalar yordamida hisoblaymiz
Bajarilgan norma-smena (norma-soatlar-T)lar soni va shartli etalon gektar miqdori to’g’risidagi ma`lumotlar traktorchi mashinistning hisob varaqasidan mashina-traktor parkidan foydalanish jamlovchi qaydnomasiga ko’chiriladi, qaydnomada bu ko’rsatkichlar har oyda jamlanadi. Yiliga har qaysi traktor bo’yicha traktorchi-mashinist bajargan norma-smenalar soni va shartli etalon gektarda bajarilgan ish hajmi to’plash qaydnomalari bo’yicha har oyda yakungan ma`lumotlar asosida yillik ish hajmi traktor markasi va umuman mashina-traktor parki bo’yicha shartli etalon gektarda hisoblanadi.
Nazorat savollari:
1. Agregat ish unumini oshirish zaruriyatini izohlang.
2. Texnologik jarayonlar sifat ko‘rsatkichlariga tezlikning ta’siri qandayligini izohlang.
3. Agregatning ish unumi uning qamrash kengligiga to‘g‘ri proporsional deyilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |