Mashinalari bilan qazib olish



Download 1,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana28.03.2022
Hajmi1,23 Mb.
#514882
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
10-maruza



MARUZA № 10. QAZISH-YUKLASH ISHLARI HAQIDA UMUMIY 
MA’LUMOT. TOG‘ JINSLARINI DAVRIY ISHLOVCHI KON QAZISH 
MASHINALARI BILAN QAZIB OLISH. 
Darsning maqsadi
– 
Qazish-yuklash ishlari tо‘g‘risida umumiy ma’lumotga 
ega bо‘lish. Davriy ishlovchi kon qazish mashinalari va ularning ishchi 
parametrlari tо‘g‘risida tushunchaga ega bо‘lish. 
Reja: 
1.
 
Qazish-yuklash ishlari haqida tushuncha. 
2.
 
Tog‘ jinslarini draglaynlar bilan qazib olish. 
3.
 
Tog‘ jinslarini mexanik kurakli ekskavatorlar bilan qazib olish. 
4.
 
Tog‘ jinslarini skreperlar bilan qazib olish. 
5.
 
Tog‘ jinslarini buldozerlar bilan qazib olish. 
6.
 
Tog‘ jinslarini chо‘michli yuklagichlar bilan qazib olish. 
 
Qazish-yuklash ishlari haqida tushuncha. 
Tog‘ jinsi massivini tо‘g‘ridan tо‘g‘ri qazib olish va transport vositalariga 
yuklash yoki qazib olishning о‘zi, mashinaning ishchi organi yordamida tog‘ 
jinsini bir joydan ikkinchi joyga siljitish va agdarmaga bо‘shatishga – qazish-
yuklash ishlari deb ataladi. Bu jarayonni mexanizatsiyalash uchun ishlatilish va 
texnologik sifatlari turlicha bо‘lgan universal va karyer mashinalarining turli 
turlaridan foydalaniladi va bu mashinalarning qayerda va qaysi sharoitlarda 
qо‘llanilishi hududiy tabiiy sharoitga va kon texnik sharoitga qarab belgilanadi. 
Ekskavator deb shunday mashinaga aytiladiki, tog‘ jinslarini chо‘michlab, 
qisqa masofaga tashib va transport vositalariga yoki ag‘darmaga tо‘kuvchi 
mashinadir. 
Ish jarayoni quyidagi 4 xil ketma-ket bajariladigan harakatlardan iborat: 
chо‘michni tо‘ldirish (chо‘michlash), uni tо‘kish joyiga surish (harakatlantirish), 
tо‘kish va bо‘sh chо‘michni chо‘michlash joyiga qaytarib keltirish.
Ekskavatorlar umumiy holda quyidagi belgilar bо‘yicha turlanadi: 

mо‘ljaliga va bajariladigan ish turiga qarab; 

chо‘mich hajmiga qarab (bir chо‘michli) yoki nazariy unumdorligiga 
qarab (kо‘p chо‘michli). 
Ishchi a’zosini turiga qarab kо‘p chо‘michli ekskavatorlar: zanjirli, 
sidirg‘ichli-chо‘michli, rotorli, frezerli-chо‘michli va chо‘michsiz frezerli ishchi 
a’zoli turlarga bо‘linadi. Harakatlanish turiga qarab: 

bо‘ylama qazuvchi ekskavatorlar, ularda harakatlanish yо‘nalishi qazish 
yо‘nalishiga tо‘g‘ri keladi; 

kо‘ndalang qazuvchi ekskavatorlar, ularda harakatlanish yо‘nalishi 


yо‘nalishiga perpendikulyar bо‘ladi; 

radial qazuvchi ekskavatorlar, ularda ishchi a’zo asos bilan birgalikda 
mashinaning umumiy asosiga nisbatan buriladi. 
Ekskavatorlar pastdan kovlaydigan va yuqoridan kovlaydigan turlarga 
bо‘linadi. Harakatlanish mexanizmlari bо‘yicha relslik, gusenitsalik, relsli 
gusenitsalik va qadamlovchi turlarga bо‘linadi. 
Normal iqlim sharoitiga va yukori unumdorlikka ega bо‘lgan karyerlarda 
ochish ishlari uchun kо‘p chо‘michli rotorli ekskvavatorlar va draglaynlarni 
qо‘llab yuqori samaradorlikka erishish mumkin. Vaqt qisqa bо‘lganida, ya’ni qazib 
oluvchi mashina va uskunalar qisqa vaqt davomida ishlaganida – ochish ishlarida 
chо‘michi hajmi katta bо‘lgan sidirg‘ich (skreper) lardan foydalanish maqsadga 
muvofiq bо‘ladi. Karyer unumdorligi kam bо‘lgan yoki mavsumiy sharoitlarda yoz 
paytlarida buldozerlardan, chо‘michi sig‘imi kam bо‘lgan sidirg‘ichlar va minorali 
ekskavatorlarni qо‘llash mumkin. 
Yarim qoya va qoyali tog‘ jinslarini oldindan yumshatilib qazib olishda – 
mexanik kurak, yuklagichlar va chо‘michi hajmi katta bо‘lgan draglaynlarni 
qо‘llash mumkin. 
Konchilikda qо‘llaniladigan barcha mashinalar ishlash prinsipiga qarab: 

uzluksiz ishlovchi mashinalar (kо‘p chо‘michli rotorli va zanjirli 
ekskavatorlar, buroshnekli qurilmalar, uzluksiz yuklovchi mashinalar, 
kombaynlar); 

davriy ishlovchi mashinalar (bir kovshli ekskavatorlar, g‘ildirakli va 
gusenitsali yuklagichlar, kabelli ekskavatorlar, mexanik kuraklar, 
buldozerlar va sidirg‘ichlar) ga bо‘linadi.
Transport vositalariga nisbatan mashinalar quyidagilarga bо‘linadi:
Qazib-yuklovchi mashinalar. Bu mashinalar foydali qazilmani qazib oladi va 
qazish joyining о‘zida transport vositasiga yuklaydi. Bularga misol qilib, rotorli va 
kо‘p chо‘michli ekskavatorlarni, mexanik kurak, minorali ekskavatorlar va 
burozaryadli kombaynlarni olish mumkin. 
Ekskavatsiyalovchi mashinalar. Bu mashinalar qazish joyida ishlaydi va 
chо‘michi bilan qazilgan tog‘ jinsini mashina konstruksiyasida kо‘rsatilgan 
masofaga va ag‘darmaga yuklaydi (bо‘shatadi), bularga misol qilib draglaynni 
olish mumkin. 
Qazib-tashuvchi mashinalar. Bu mashinalar qazib olingan tog‘ jinsini 
iqtisodiy jihatdan samarali bо‘lgan masofagacha tashiydi. Bunga misol qilib 
g‘ildirakli yuklagichlarni, sidirg‘ich va buldozerlarni keltirish mumkin.

Download 1,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish