4. Mahkamlaydigan detallar haqida umumiy ma'lumot:
Turli birikmalarda standart detallar ishlatiladi. Ularning shakllari ishlanaverib
qulay holatga kelgan, o‘lchamlar ko‘lami ham katta. Standart ularning shakllari va
o‘lchamlaridan tashqari, tasvirlanishi va o‘lchamlarining qo‘yilishini xam
qattiylashtiriladi. Standart detallarning katta guruxini rez’bali maxkamlovchi detallar
boltlar, vintlar, gaykalar, shpilkalar tashkil qiladi. Hammasi GOST 1759-70 ga
muvofiq tayyorlanadi. Standart ularning mexanik xususiyatlarini geometrik shakldagi
joiz og‘ishlarini xam ko‘rsatib beradi. Uglerodi ko‘p va legirlangan po‘latdan
yasalgan boltlar vintlar shpilkalarning mexanik xususiyatlari uchun
mustahkamlikning 12ta klassi belgilangan. Har bir klass shartli ravishda ikkita raqam
bilan ifodalanadi.
Yuqoridagi GOST mahkamlovchi detallarning shartli belgisida qaysi
parametrlar ko‘rsatilishi kerakligini ham qat'iylashtiradi. Uglerodi ko‘p po‘latlardan
mustahkamlik sinfi 3,6-6,9 qilib tayyorlangan boltlar, vintlar va shpilkalar
mustahkamlik sinfi 4-8 qilib tayyorlangan gaykalar va rangli metallardan
tayyorlangan buyumlarning shartli belgilari quyidagi tartibda ko‘rsatiladi; detal nomi,
bajarilish ko‘rinishi, rez’ba diametri, rez’ba qadami, mayda qadamli metrli rez’balar
uchun GOST 16093-70 bo‘yicha rez’baning joizlik maydoni, mahkamlovchi
detalning uzunligi gaykalar uchun bu punkt yo‘q, mustahkamlik klassi yoki guruhi
muloyim po‘lattan ishlanish varianti, qoplama turining ifodasi, qoplama qalinligi
o‘lcham standartining raqami. Mustahkamligi qolgan klasslarga oid boltlar vintlar
gayka va shpilkalar korroziyaga chidamli issiqbardosh, issiqda mustahkamligini
yo‘qotmaydigan va turg‘un qoladigan po‘latdan yasalgan buyumlar, hamda materiali
va qoplamasi GOST 1759-70 ko‘rsatilmagan buyumlar uchun ham shartli belgilarda
o‘sha ko‘rsatkichlar beriladi, faqat muloyim po‘latni qo‘llash o‘rniga qo‘llanadigan
po‘lat yoki qotishmaning markasi yoziladi. 1-ijro, yirik qadamli rez’ba, rez’baning
joizlik maydoni 8g va 7N, qoplama turi 00 shartli belgilanishda ko‘rsatilmaydi. Shuni
36
takidlash lozimki, maxsus tayyorgarliksiz rez’bali maxkamlovchi detal uchun joizlik
maydoni, mustahkamlik maydoni, mloyim po‘latdan foydalanish varianti qoplama
turi va qalinligi kabi parametrlarni tayinlab bo‘lmaydi.
Boltlar ikki yoki undan ortiq detallarni birlashtirish uchun ishlatiladi. Bolt
silindr sterjen bo‘lib, rez’basi va kallagi bor. Turli boltlar bor, bir biridan kallagining
shakli va o‘lchamlari rez’basi qadami tayyorlanish aniqligi va bajarilishi bilan ajralib
turadi. Eng ko‘p tarqalgan boltlarning kallagi olti qirrali. Vazifasi va ishlash
sharoitiga qarab olti qirrali boltlarning balandligi GOST 7798-70 bo‘yicha normal
GOST 7796-70 bo‘yicha kichraytirilgan va yo‘naltiruvchi kallak ostidagi bilan
bo‘ladi.
Vintlar vazifasiga ko‘ra maxkamlovchi (biriktiruvchi) va o‘rnatuvchi bo‘ladi.
Mahkamlovchi vint rez’bali sterjen va kallakdan iborat. Rez’ba butun sterjenni
qoplashi yoki uchida bo‘lishi mumkin shu rez’bali qismi bilan biriktrilayotgan
detallardan biriga burab kirgiziladi. O‘rnatuvchi vint kallak rez’bali sterjenni
bosuvchi uchlikdan iborat. Kallagi buragichga yoki atvertkaga moslangan bo‘lishi
mumkin. Bosuvchi uchi esa turli shakilda bo‘ladi.
Gaykaning rez’bali teshigi bo‘lib xuddi shunday rez’bali sterjenga burab
kirgiziladi. Gaykalar vazifasi va ish sharoitlariga qarab quyidagi shakllarda yasaladi;
olti qirrali, dumaloq GOST 8381-73 va GOST 11871-73 ga binoan GOST 3032-66
bo‘yicha quloqli qalpoqchali va boshqa shakllar.
Rez’baning sirti silindr yoki konus yuza bo‘ylab vintsimon xarakatda yassi
kontur hosil qiladi. Bu rez’balar silindrli va konusli deyiladi. Tashqi rez’ba silindr
yoki konus yuzalarining tashqi tomonidan hosil qilinadi. Ishchi rez’ba xuddi shunday
yuzalarning ichki tomonidan ochiladi. Rez’baning o‘qi to‘g‘ri chiziq; rez’ba hosil
qiladigan konturning vintsimon xarakati shu to‘g‘ri chiziq atrofida kechadi.
Konturning rez’ba o‘qi atrofida bitta aylanishiga to‘g‘ri kelgan rez’ba qismi “o‘ram”
deyiladi. O‘ramlar orasidagi faza “ariqcha” deyiladi.
Metrli rez’ba GOST 9150-80 maxkamlash uchun qabul qilingan. U bir yo‘lli va
asosan o‘ng rez’ba bo‘ladi. GOST 1 mm dan 600mm gacha diametrlar uchun metrli
rez’baning profili va asosiy o‘lchamlarini belgilaydi. Mertli rez’baning profili teng
tomonli uchburchak bo‘lib, uchi va ariqchasining tubi bir oz yumaloqlanadi.
Sterjendagi rez’baning chuqurchasi shaklini to‘g‘ri chiziqli yoki aylana yoy shaklida
ishlash mumkin. Sterjendagi rez’baning profili teshikdagi rez’ba profilidan uchi va
tubini yumaloqlanishi bilan farq qiladi. Metrli rez’balar yirik va mayda qadamli
bo‘ladi. Bu rez’balarning profillari o‘xshash lekin bir xil diametrlar uchun qadamlari
har xil bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |