4. Disk tipidagi detallar haqida umumiy ma'lumot:
Avtomobilsozlikda disksimon detallar keng qo‘llaniladi. Maxovik, tormoz
barabani, ilashma diski, silindrik va konus tishli g‘ildiraklar va boshqa detallar shular
jumlasidandir. Bu detallarda diametr balandligidan kattadir, ular markaziy teshiklarga
ega (silindrik, konus, shlitsali). Ko‘p detallarda berkitish uchun teshik ko‘zda
tutilgan.
Disk tuzilishidagi detallarning zagotovkalari yasama, quyma cho‘yan, po‘lat,
rangli metaldan yoki list metarialdan sovuq shtampovka usulida olinadi. Bazi
hollarda truba va prutoklardan qirqib tayyorlanishi ham mumkin.
Mexanik ishlov berishda texnologik tayanch sifatida bitta tugal yuza va ichki yoki
tashqi teshik, keyingi bosqichlarda ikkinchi tugal yuza va ikkinchi silindrik yuza
olinadi.
Disksimon detallarning eng ko‘p qo‘llaniladiganlaridan biri tishli g‘ildiraklardir.
Bu detallar 5-6 aniqlik darajasida, ishlov berilgan tish yuzalari R
a
<0,32 bilan
tayyorlanadi. Detallar po’lat 45, 18XGT, 12Ch2N5A, 38 XС va boshqa yuqori
mustahkamlikka ega materiallardan tayyorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |