31-rasm. O„lchov asboblar paneli
Zamonaviy transport vositasida ichiga o‗rnatilgan diagnostiaalash tizimining
markazi - bort kompyuteri (elektron boshqaruv bloki) hisoblanadi. U diagnostik
axborotni dasturlar bo‗yicha taqsimlaydi, ular esa, o‗z navbatida, nosozlik tavsiflari
va turlarini aniqlaydi, detal va agregatlar resurslari sarfini hisoblaydi, keyinroq
texnik diagnostiaalash tashqi vositalari tomonidan foydalanish uchun saqlaydi va
texnik ta‘sirlarni rejalashtirish uchun ishlov beradi.
Detal va uzellar resursini hisoblash transport vositasini buzilishlarsiz
ekspluatatsiya qilish imkonini beradi. Yetilib kelayotgan buzilishlar oldindan
aniqlansa, ekspluatatsiyani to‗xtatish, u yoki bu texnik ta‘sirlarni o‗tkazish
to‗g‗risida qaror qabul qilish imkoni yaratiladi.
108
Ichiga o‗rnatilgan vositalar bilan diagnostikalash insonni nafaqat diagnoz olish
jarayonidan, balki undan keyin foydalanish uchun tavsiyanomalar ishlab chiqishdan
ham ozod etishi mumkin, chunki mikroprotsessor texnikasi vositalari yordamida
diagnostiaalash natijalariga ishlov berish, mazkur transport vositasining keyingi
ekspluatatsiyasi bo‗yicha tavsiyanoma ishlab chiqish va profilaktia texnik xizmat
o‗tkazishning ma‘qul muddatlarini aniqlash imkoni bor.
Zamonaviy kommunikatsiya aloqalari vositalari holati nafaqat haydovchiga,
balki transport korxona menejeriga ham xizmat ko‗rsatish yoki ta‘mirlashni
rejalashtirish va tashkil etish bo‗yicha real vaqt tartibotida qaror qabul qilish uchun
transport vositasi texnik holati to‗g‗risida axborot uzatish imkonini beradi.
Doimiy o‗rnatilgan diagnostika vositalariga moslashganliani ta‘minlash
bo‗yicha transport vositalariga ma‘lum talablar qo‗yiladi. Transport vositasi
konstruktsiyasiga o‗rnatilgan diagnostiaa vositalari uning korxonaga kelmasdan
avval texnik holati to‗g‗risidagi axborotni yig‗ish imkonini beradi, ya‘ni transport
vositalarini soz, texnik xizmat ko‗rsatish va joriy ta‘mirlash talab qiluvchi guruhlarga
bo‗linishini ta‘minlaydi. Transport vositasining nazoratga qulay bo‗lishini ta‘minlash
maqsadida uning agregat va mexanizmlariga quyidagilar o‗rnatiladi:
1)
datchiklar;
2)
axborotni markazlashtirgan holda olish moslamalari;
3)
nosozlik indiaatorlari;
4)
kompyuter (texnik holat to‗g‗risidagi axborotga ishlov berish uchun).
Konstruktiyaga o‗rnatilgan murakkab diagnostika vositalari haydovchiga
tormoz tizimining holati, yonilg‗i sarfi, ishlatilgan gazlarning zaharliligi ustidan
doimiy nazorat qilish imkonini beradi.
B. Doimiy o‗rnatilgan TDV yordamida haydovchi tormoz tizimi, uzatma va
mexanizm elementlarining ishlashi, yonilg‗i sarfi, zaharli chiqindi gazlar miqdorini
nazorat
qilib
borishi
mumkin.
Lekin
bu
qurilmalarning
ishonchliligi
chegaralanganligi sababli, ko‗proq
transport vositasiga vaqti-vaqti bilan
o‘rnatiladigan
TDV hozirgi vaqtda keng qo‗llanilmoqda.
Bu moslamalar blok shaklida elektron elementlar bazasi asosida quriladi. Ular
109
transport vositasiga vaqti-vaqti bilan ishga chiqish oldidan qo‗yilib, ishdan qaytib
kelganda yechiladi, olingan axborotga ishlov berishda EHM samarali ishlatiladi.
Doimiy
o‗rnatilgan
diagnostiklash
vositasining
vaqti-vaqti
bilan
o‗rnatiladiganidan farqi shuki, unda axborotga ishlov berish, saqlash va uzatish
ishlarini
bajarishda
transport
vositasi
konstruksiyasidagi
axborot
uzatish
elementlaridan foydalaniladi. O‗rnatiladigan texnik diagnostika vositasi blok shaklida
tayyorlangan bo‗lib, transport vositasiga ishga chiqish oldidan qo‗yiladi va ishdan
qaytgandan keyin yechiladi. Blokda kun davomida yig‗ilgan axborotga ishlov
beriladi va tahlil qilinadi. Masalan, transport vositasiga o‗rnatiladigan texnik
diagnostika vositasi marshrut davomida quyilgan yonilg‗ining hajmi va miqdori
haqidagi axborotni esda saqlash qobiliyatiga ega.
"Axborot-maslahat beruvchi tizim".
Oxirgi vaqtda o‗rnatiladigan texnik
diagnostika-nazorat vositasining konstruktiv bazasi asosida - ―axborot-maslahat
beruvchi tizim‖ keng tarqalmoqda. U haydovchiga eng tejamkor harakat rejimini, eng
qulay marshrutni va servis xizmatini tanlashga imkon yaratadi hamda yuqorida
keltirilgan har xil texnik-iqtisodiy omillarning optimal o‗zgarishini ta‘minlaydi.
Texnik xizmat ko‗rsatish stansiyasining joylashishidan va ulardan kerakli ehtiyot
qismlar olishdan tortib, to valuta kursining o‗zgarishi va har xil yonilg‗i quyish
shoxobchalaridagi yonilg‗ining narxi bo‗yicha ma‘lumot olish imkonini beradi.
Bunda ko‗p ma‘lumotlar
elektron pochta
va
internet
orqali olinadi.
Texnik diagnostikalash vositalariga quyidagi talablar qo‗yiladi:
-
ularning universal bo‗lishi, har turdagi transport vositasiga qo‗llash
mumkinligi;
-
ayrim nazorat jarayonlarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish
mumkinligi;
-
olingan axborotlarning ishonchliligi va barqarorligi, diagnostik asboblarning
aniqliligi, sezuvchanligi, soddaligi va o‗rta malakali ishchi kuchidan foydalanish
mumkinligi;
-
texnik diagnostikalash ishini olib borishning qulayligi va xavfsizligi;
-
transport vositasi ishlayotganda, ishlamay turganda yoki ishlash rejimi
110
o‗zgarganda agregatlar texnik holatini diagnostikalashni ta‘minlashi.
Do'stlaringiz bilan baham: |