Mashina detallari shakllarining va yuzalarining o`zaro joylashish aniqliklari reja detallarning shakllari


Detallar sirtlari shaklining chetlanishlarini me`yorlash



Download 1,12 Mb.
bet2/2
Sana22.11.2022
Hajmi1,12 Mb.
#870076
1   2
Bog'liq
Mashina detallari shakllarining va yuzalarining o`zaro joylashis

Detallar sirtlari shaklining chetlanishlarini me`yorlash.
Shakl chetlanishlari va cheklamalari. SHakl va joylashuvlar cheklamalari xamda chetlanishlarning asosiy kurinishlariga tegishli atama va ta`riflar GOST 24642-81 (O`YYOK ning ST SEV 301-76 standarti) bilan aniqlanadi.
Sirt (profil’) shaklining chetlanishi deganda real sirt (real profil) shaklining nominal sirt (nominal profil) shaklidan cheklanishi tushiniladi. Sirtning g’adir–budurligi to`lqinsimonlikdan farqli holda shakl cheklanishi tushiniladi. Asoslangan hollarda shakl chetlanishini sirt g’adir-budurlikni qo`shib me`yorlashga to`lqinsimonlikni alohida me`yorlashga (yoki shakl cheklanishining bir qismini to`lqinsimonlikni hisobga olmay me`yorlashga) ruxsat etiladi.
Sirtlar shakli va joylashuvidan cheklanishlarni me`yorlash va miqdoriy baholash urinma to`g’ri chiziqlar sirtlar va profillar prinsipiga asoslanadi.
Urinma to`g’ri chizik real profilga urinuvchi va detal materiallaridan tashqarida joylashgan shunday to`g’ri chiziqki, toki undan me`yorlayotgan qism chegaralaridagi real profil eng uzoq joylashgan nuqtasining chetlanishi minimal o`iymatga ega bo`lsin.

4.1.–shakl. To`g’ri chiziqli urinma (a) va aylanma urinma

Urinma aylana tashqi aylanuvchi sirt real profil atrofida tashqaridan chizilgan minimal (4.1. shakl) yoki ichki aylanuvchi sirt real profil atrofida tashqaridan chizilgan maksimal diametrli aylana (4.1 shakl).


Urinma tekislik – real sirt bilan aylanuvchi va detal materiali tashqarisida joylashgan shunday tekislikki, toki undan me`yorlangan qism chegaralaridagi real sirt eng uzoq nuqtasining chetlanishi minimal miqdorga ega bo`lsin.
Urinma slindri – real tashqi sirt atrofida chizilgan minimal diametrli tashqi yoki real ichki sirt ichiga chizilgan maksimal diametrli ichki slindr. Urinma sirt va profillar detallar tutashuvining nulli tigizmaslikli o`tkazmalaridagi sharoitlariga mos keladi. O`lchashda urinma sirtlar bo`lib nazoratchi plitalar, interferension oynalar, lekalali va qiyoslovchi plitalar, kalibrlar, nazoratchi opravkalar va boshqalarni ishchi sirtlari xizmat qiladi. SHakl cheklanishi miqdoriy jihatdan urinma normal bo`yicha real sirt nuqtalaridan urinma sirtgacha bo`lgan eng katta masofa  baholanadi. Quyidagi harfiy belgilar qabul qilingan:
 - shakl cheklanishi yoki sirtlar joylashuvi cheklanishi;
T – shakl yoki joylashuv cheklamasi.
L - me`yorlanadigan qism uzunligi.

4.2. – shakl. Slindrik sirtlar shaklining ko`ndalang kesimdagi chetlanishlar.
Silindrik sirtlar shaklining chetlanishlari. Davliylikdan chetlanish – real profil nuqtalaridan urinma aylanagacha bo`lgan eng katta  masofa (4.2.-shakl). Doiraviylik cheklamasi T doiraviylikdan cheklanishning eng katta ruhsat etilgan miqdori. Doiraviylikning cheklama maydoni – doraviylik cheklamasi T ga teng masofada biri boshqasidan orqali qoladigan ikkita konsentrik aylanalar bilan chegaralangan spiralning markazi orqali o`tuvchi yoki aylanish sirti o`qiga perpendikulyar tekislikdagi soha.
Doiraviylikdan cheklanishning xususiy ko`rinishlari bo`lib ovallik va ogranka xisoblanadi.
Ovalilik – doiraviylikdan cheklanish, unda real profil eng katta va eng kichik diametrlari o`zaro perpendikulyar yo`nalishlarda joylashgan ovalsimon figurani hosil qiladi (4.2. shakl).
Ogranka – doiraviylikdan cheklanish, unda real profil eng katta va eng kichik figuradan iborat bo`ladi. Ogrankaning yoqlari juft yoki toq sonli bo`lishi mumkin. Yoqlar toq sonli ogranka  o`lchamining tengligi bilan xarakterlanadi (4.2. shakl). Detalning ovalligi masalan tokarlik yoki silliklash dastgohi shpindelining zarbasi detalning disbalansi va boshqa sabablar tufayli paydo bo`ladi. Ogrankaning paydo bo`lishi detal oniy aylanish markazi vaziyatining o`zgarishi bilan tushuntiriladi. Masalan markazsiz silliklashda .
Ovallik va ogranka miqdoriy jihatdan xuddi doiraviylikdan cheklanishdan baxolanadi (4.2. shakl).
Slindrlikdan cheklanish – me`yorlanayotgan L – kism chegaralarida real sirt nuqtalaridan to urinma slindrgacha bo`lgan eng katta  - masofa (4.2. shakl). 4.2. shaklda slindrlik cheklamasi T ga teng masofada biri boshqasidan orqaga qoladigan o`qlari ustma – ust bir va ikki slindrlar bilan chegaralangan fazo bilan aniqlanadigan slindrlikning cheklama maydoni ko`rsatilgan.
Slindrik sirt bo`ylama kesimi profilining chetlanishi – me`yorlanayotgan L kism chegarasida o`qlari orqali o`tuvchi tekislikda yotgan real sirtni yasovchi nuqtalardan to urinuvchi profilning mos tomonigacha bo`lgan eng katta  masofa (4.2.–shakl). Bunday chetlanishning cheklama maydoni T 4.2. – shaklda tavirlangan. Bo`ylama kesim profilning chetlanishi yasovchilarning to`g’ri chiziqlilik va parallelilikdan cheklanishni xarakterlaydi. Bo`ylama kesim profili va cheklanishning xususiy ko`rinishlari bo`lib konussimonli, bochkasimonlik va egarsimonlik hisoblanadi.
Konussimonlik – bo`ylama kesim profilining chetlanishi, unda yasovchilari to`g’ri chiziqli lekin parallel emas (4.2 – shakl).
Bochkasimon – bo`ylama kesim profilining yasovchilari to`g’ri chiziqli emas va diametrlari kesim chekkalaridan o`rtasi tomon oshib boradigan cheklanishi (4.2. – shakl).
Egarsimonlik – bo`ylama kesim profilining yasovchilari to`g’ri chiziq bo`lmagan va diametrlari kesimi chekkalaridan o`rtasi tomon kamayib boradigan (4.2. – shakl).
Miqdoriy jihatdan konussimonlik, bochkasimonlik va egarsimonlik xuddi bo`ylama kesim profilining chetlanishidan baholanadi.
Bochkasimonlik ko`pincha lyunetsiz markazlarda ingichka uzun vallarni yo`nganda paydo bo`ladi. Yo`g’on katta vallar ko`pincha valning chekkalari bo`yicha ko`p siljishidan (kesuvchi kuchlarning tashkil etuvchilari ikkala markazlar oralig’ida ancha tekis taqsimlanadi). egarsimon bo`lib qoladi. Bochkasimonlik va egarsimonlik shuningdek dastgoxlar staninalari yo`naltiruvchilarning xatoliklari va boshqa sabablar tufayli paydo bo`lishi mumkin. Detallarning talab qilingan shaklini hosil qilish uchun pardozlash aparatlarining uzul kesil termik ishlov bergandan so`ng bajarish maqsadga muvofiqdir. Keskichning yoyilishi, dastgoh shpindeli va ketingi babka pinoli geometrik o`qlarning ustma-ust tushmasligi makazlar o`qining stanina yo`naltiruvchilariga parallelligidan chetlanishi konissimonlikning sababchisi bo`lib hisoblanadi.
Jadval 4.1.
Shakl va joylashish dopusklari va ularning shartli belgilari

Dopusklar guruhi

Dopusk turi

Belgisi

Dopusklar guruhi

Dopusk turi

Belgisi

Shakl dopuski

To`g’richiziqlikdan



Shakl va joylashish dopusklarining yig’indi qiymati

Radial tepish



Tekislikdan



Yon yuzaning tepishi

Aylanalikdan




Berilgan yo`nalishda tepish

Bo`ylama kesim profilidan



To`liq radial tepish
Yon yuzaning to`liq tepishi



Slindrlikdan



Joylashish dopusklari

Parallellikdan



Berilgan profilning shakli



Perpendikulyarlikdan



Qiyalikdan



Berilgan yuzaning shakli



O`qdoshlikdan



Simmetriklikdan



Pozitsiyadan



O`qlarning kesishishidan


Fazoda o`qning to`g’ri chiziqlikdan  chetlanishi va o`q to`g’ri chiziqliligining cheklama maydonini T 4.2. – shaklda ko`rsatilgan. Bu atama o`qning egiluvchanligi atamasini almashtiradi.


Yassi sirtlar shaklining chelanishlari. YAssilikdan chetlanish me`yorlanayotgan qism chegaralarida real sirt nuqtalaridan to urinuvchi tekislikkacha bo`lgan eng katta  masofa kabi aniqlanadi (4.3. – shakl).
Yassilikning cheklama maydoni – yassilik cheklama T ga teng masofada biri ikkinchisidan orqada qoladigan ikkita parallel tekisliklar bilan chegaralangan soha (4.3. – shakl).
Kabariqlar (4.3.–shakl) va botiqlik (4.3.–shakl) yassilikdan cheklanish xususiy ko`rinishlari bo`lib hisoblanadi. Tekisliklar to`g’ri chiziqlikdan chetlanish (4.3.–shakl) real profil nuqtalardan to urinuvchi to`g’ri chiziqkacha bo`lgan eng katta  masofa kabi aniqlanadi. Tekislikda to`g’ri chiziqlikning quyi maydoni shu shaklning o`zida ko`rsatilgan.



4.3. – shakl. Chetlanishlarning joylashuvi.

Sirtlar shakli va joylashuvining chetlanishlarini o`lchash usullari va vositalari. Detallar sirtlari shakllarning chetlanishlari universal va maxsus o`lchov vositalari bilan aniqlanadi. Ovallik va yoqlari juft sonli ogranka ikki kontaktli priborlar bilan o`lchanadi. Ovallik detalning ikkita o`zaro perpendikulyarlik yo`nalishlarda o`lchangan eng katta va eng kichik diametrlari o`rtasidagi ayirmasining yarmiga teng.


Yoqlar tok sonli ogranka ikki nuktali kontakli priborlar bilan o`lchab bo`lmaydi. Uni xalqada yoki uch kontaktli qurilmalarida o`lchash mumkin. Doiraviylikdan cheklanish pribor doira o`lchagichda nisbatan aniq o`lchanish mumkin.
Slindrlikdan cheklanishni bevosita ishonchli o`lchaydigan vosita hozircha yo`q. YOqlari toq sonli ogranka va o`q to`g’ri chiziqligidan chetlanishning o`qligida slindriklikdan chetlanish ikki kontaktli pribor bilan detalning kamida ikkita chekki va o`rta kesimlarida o`lchangan sirtining eng katta va eng kichik diametrlari orasidagi ayirma kabi aniqlanadi. Agar yoqlari toq sonli ogranka yoki o`q to`g’ri chiziqliligidan chetlanish mavjud bo`lsa bunda tsilindlikni bilvosita aniqlash uchun har bir yoq alohida o`lchanadi, hamda eng katta va eng kichik diametrlar yarim ayirmasi bilan joylanadi.
Yassililikdan va to`g’ri chiziklilikdan chetlanishni o`lchash uchun turli konstruktsiyadagi satx o`lchagichlar, optik chizg`ichlar, optik torlar va yassilik o`lchagichlar qo`llaniladi. Yassilikni bo`yoqlangan qiyoslovchi plitalar vositasida aniklash mumkin (yuza birligi to`g’ri keladigan dog’larning aniqlangan eng kam soni bo`yicha). To`g’ri chiziqlilikdan chetlanishni profilogramma bo`yicha aniqlash mumkin.
4.1. Jadval
Chizmalarda shakl va yuzalar joylashish dopuklarini belgilashga misollar

Dopuskning turi

SHartli belgilanishi

Chizmadagi matnli yozuv shakli

Tekislilik dopuski



YUzaning tekislilik dopuski 0.06 mm dan oshmasin



To`g’ri chiziqlilik dopuski



YUzaning to`g’richiziqlilik dopuski butun yuzasida 0,25 mm dan oshmasin va 300 mm uzunlikda 0,1 mm dan oshmasin.

Slindriklik, aylanaviylik va bo`ylama kesim profilining dopuski



A yuzaning ilindriklikdan chetlanishi (dopuski) 0,01 mm dan aylanaviylikdan chetlanishi 0,004 mm dan va bo`ylama kesim profilidan chetlanish dopuski 0,004 mm dan oshmasin.

Parallellik dopusk



Teshiklarning umumiy o`qining A yuzaga nisbatan parallellikdan chetlanishi ko`pi bilan 0,01 mm.

Perpendikul’yarlik va tekislilik dopuski



B yuzaning A yuzaga nisbatan perpendikulyarligi va tekisliligining yig’indi qiymati 0,2 mm.

O`qdoshlilik dopuski



A va B yuzalarning o`qdoshligi  0,2 (diametrial qo`rinishdagi bog’liq-liq dopuski)

Simmetriklik dopuski (diametrial ko`rinishda)



B yuzaning T teshik o`qiga nisbatan simmetrikligi 0,004 mm.



Qiyalik dopuski



B yuzaning A yuzaga nisbatan qiyalik dopuski 0,1 mm.

O`qlarning kesi-shish dopuski (radius ko`rinishida)



Teshiklar o`qlarining kesishish dopuski T/2 0,06 mm

Berilgan yuzaning shakl dopuski



Berilgan yuzaning shakl dopuski T 0,02



NAZORAT SAVOLLARI

  1. Mashinasozlikda detallarning shakllari qanday elementar qismlardan tashkil topadi.

  2. Detallarning geometrik shakl o`zgarishlari qanday aniqlanadi.

  3. Ovallik qanday aniqlanadi?

  4. Slindrlikdan chetlanish qanday aniqlanadi?




Aim.uz



Download 1,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish