Машина деталлари маъруза курси лотин 2017 й 20 янв


 Dumalash podshipniklari turlari, ishlatilish sohalari



Download 2,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/94
Sana10.09.2021
Hajmi2,19 Mb.
#170170
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   94
Bog'liq
mashina detallari

4. Dumalash podshipniklari turlari, ishlatilish sohalari 
 
Ma’lumki, 
sirpanish 
podshipniklari 
asosiy 
kamchiliklaridan 
biri 
ishqalanish 
koeffisiyentining  nisbatan  kattaligidir.  Dumalash  podshipniklarida  sirpanib  ishqalanish  o’rniga 
dumalab  ishqalanishning  mavjudligi  ishqalanishga  sarflanadigan  quvvatni  keskin  ravishda 
kamaytirishga  imkon  beradi,  ya’ni  bu  podshipniklarning  foydali  ish  koeffisiyenti  yuqori  bo’ladi. 
Shuning  uchun  hozirgi  vaqtda  vallarning  tayanchlari  sifatida,  asosan,  dumalash  podshipniklari 
ishlatiladi.  Dumalash  podshipniklarining  tuzilishi  ularni  standartlashtirilgan  mahsulot  sifatida 
ko’plab ishlab chiqarishga imkon beradi. 
Bu esa  mahsulotning tannarxini kamaytiradi. Bulardan tashqari, dumalash podshipniklarida 
yana quyidagi afzalliklar bor: 
1.  ishqalanish  kuchi  va  undan  hosil  bo’ladigan  issiqlik  miqdori  kichik;  vallarni  aylana 
boshlashi uchun zarur bo’lgan qo’zg’atish momenti sirpanish podshipniklariga qaraganda bir necha 
marta (5-10 marta)  kichik ; 
2. Sarflanadigan moy miqdori kam; 
3. Uzunlik bo’yicha o’lchami sirpanish podshipniklarnikiga qaraganda birmuncha qisqa; 
4. Rangli metall ishlatishni talab qilmaydi. 
Dumalash  podshipniklarining  asosiy  kamchiligi  shuki,  ularning  dinamik  kuchlar  ta’siriga 
bardosh  berish  xususiyati  past,  nagruzka  qabul  qiladigan  yuzasining  kichikligi    tufayli  bu  yuzada 
katta qiymatli kontakt kuchlanish hosil bo’ladi. Bu esa podshipnikning ishlash davrini qisqartiradi. 
Bu  podshipniklar,  dumalaydigan  detallarning  tuzilishiga  qarab,  sharikli  va  rolikli  turlarga 
bo’linadi  (11.4-rasm).  Shu  bilan  birga,  rolikli  podshipniklar  roliklarining  shakliga  qarab,  uzun  va 
qisqa rolikli; konussimon rolikli;  bochkasimon rolikli;  ignasimon rolikli podshipniklarga bo’linadi. 
Bundan  tashqari,  dumalash  podshipniklarining  har  bir  turi  qabul  qila  oladigan  kuchlarning 
yo’nalishiga  qarab, quyidagi uch turga bo’linadi: 
1)  Val o’qiga tik yo’nalgan kuchlarni qabul qilishga mo’ljallangan radial  podshipniklar; 
2)  Val o’qi bo’ylab ta’sir etuvchi kuchlarni qabul qilishga mo’ljallangan tirak  podshipniklar; 
3)  Val  o’qiga  tik  bo’lgan  kuch  bilan    bir  vaqtda  uning  o’qi  bo’ylab  yo’nalgan  kuchlarni  ham 
qabul qilishga mo’ljallangan radial-tirak podshipniklar. 
 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


76
 
 
 
 
 
 
 
11.4-rasm. 
1-sharikli radial, 2-sharikli sferik, 3-sharikli radial-tirak, 4-rolikli radial, 5-rolikli radial-tirak, 6-
rolikli sferik, 7-ignali radial, 8-sharikli tirak. 
 
Dumalash  podshipniklari  orasida  tuzilishi  jihatidan  eng  oddiysi  va  arzoni  sharikli  radial 
podshipniklardir. Ular kichik qiymatli, o’q bo’ylab yo’nalgan kuchni ham  qabul qilish bilan birga, 
ish  jaryonida  vallarning  ma’lum  darajada  egilishidan  ortiqcha  shikastlanmaydi.  Shuning  uchun 
mashinasozlikda bunday podshipniklardan keng foydalaniladi. 
 
 
 

Download 2,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish