Машина деталлари маъруза курси лотин 2017 й 20 янв



Download 2,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/94
Sana10.09.2021
Hajmi2,19 Mb.
#170170
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   94
Bog'liq
mashina detallari

 
Reja 
1.  Vazifasi, turlari, umumiy va xos konstruktiv xususiyatlari. 
2.  Vallar va o’qlarga ta’sir qiluvchi yuklanishlar. Vallar va o’qlarning loyiha va tekshirish 
hisobi. 
 
Tayanch iboralar. 
 
Val, o’q, sapfa, ship, bo’yin, tovon, vallar va o’qlarning loyiha va tekshirish hisobi 
 
Dars maqsadi 
Vallar  va  o’qlarning  vazifalari,  umumiy  va  alohida  xususiyatlari  va  ishlatilish  joylari 
to’g’risida talabalarda bilim va tushunchalar hosil qilish. 
 
 
1. Vazifasi, turlari, umumiy va xos konstruktiv xususiyatlari 
 
Vallar  va  o’qlar  -  tishli  g’ildirak,  shkiv  va  shu  kabi  aylanuvchi    qismlarni  o’rnatish  uchun 
ishlatiladigan  asosiy  detallardir  (10.1-rasm).  Ko’pincha  ular  silindrik  sterjenga  o’xshash  bo’ladi. 
Tuzilishi  jihatidan  olganda  o’q  bilan  valning  deyarli  hech  qanday  farqi  bo’lmaydi.  Lekin 
bajariladigan  vazifasiga  qarab,  ular  bir-biridan  katta  farq  qiladi.  O’qlarning  asosiy  vazifasi 
detallarning mo’ljaldagi  joyda aylanishiga sharoit yaratib berishdir. Bunda o’qning o’zi detal bilan 
birga  aylanishi  ham,  aylanmasligi  ham  mumkin  (10.1-rasm).  Masalan,  temir  yo’l  vagonlarining 
g’ildiraklari  o’q  bilan  birga  aylanadi,  yuk  ko’taruvchi  mashinalar  tarkibidagi  blok  o’qlari  esa 
qo’zg’almas bo’ladi. 
Vallarning vazifasi undagi detallarning aylanishini ta’minlash bilan birga, burovchi moment 
uzatishdan ham iborat. 
 
10.1-rasm. 
 
 
10.2-rasm. 
 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


68
 
 
 
Demak, o’q bilan valning tuzilishi bir xil bo’lsada, ishlash sharoiti har xil: o’q faqat eguvchi 
kuchlanish bilan bir vaqtda burovchi momentdan hosil bo’ladigan kuchlanish ta’sirida ishlaydi. 
 
O’qlar  doim  to’g’ri  bo’lgan  holda  vallar  tirsakli  yoki  egiluvchan  qilib  tayyorlanadi  (10.1-
rasm,  d,ye).  Val  va  o’qlarning  tayanchlarga  mo’ljallangan  qismi  sapfa  deyiladi.  Val  va  o’qning 
uchida joylashgan sapfa ship deb, o’rtasida joylashgani bo’yin deb ataladi (10.3-rasm.). 
 
 
10.3-rasm. 
 
Agar val yoki o’qning sapfasi ularning uzunligiga tik tekislikda joylashgan bo’lsa, bunday 
sapfa tovon deyiladi. Qaysi shakldagi ship yoki tovon ishlatilishi valning ishlash sharoitiga bog’liq. 
Vallarning ichida boshqa detal  o’tishi uchun yoki vallarning  og’irligini  kamaytirish 
maqsadida ular ichi kovak qilib tayyorlanadi.  
To’g’ri val va o’qlar, ko’pincha, uglerodli yoki legirlangan po’latlardan tayyorlanadi: termik 
ishlanmaydiganlari St.5 markali po’latdan, termik ishlanadiganlari 45 yoki 40X markali po’latdan, 
tez aylanadigan va sirpanish podshipniklarida ishlaydigani esa 20 yoki 20X markali po’latdan 
tayyorlanadi. 
 

Download 2,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish