51
tuzilgan. Bu turdagi tasmalarning asosiy kamchiliigi shuki, ular yog’, kerosin, benzin kabi
moddalarda uncha bardosh bera olmaydi. Ularning mustahkamlik chegarasi
σ
oq
= 30 - 40 MPa.
Charm tasmalar. Bu tasmalarning ishlash xususiyatlari yaxshi bo’lib, ko’pga chidaydi. Ular
o’zgaruvchan nagruzka ta’sir etadigan va tezligi 40- 45 m/s bo’lgan uzatmalarda ishlatiladi. Charm
tasmalarning kamchiligi shundaki, ularni yuqori temperaturali yoki zax joylarda ishlatib bo’lmaydi.
Ip gazlama tasmalar. Bu tasmalar kam quvvatli, tez harakatlanuvchi uzatmalarda ishlatiladi.
Ularni shkivlarning diametri kichik bo’lgan uzatmalada ishlatish mumkin. Bu tur tasmalar arzon
turadi, ammo tez ishdan chiqadi, chunki titilib ketadi. Ip gazlama tasmalarga mum, ozokerit kabi
moddalar shimdiriladi. Mustahkamlik chegarasi 50 MPa dan kam bo’lmaydi.
Jun tasmalar. Bu tasmalar quvvati o’rtacha va katta bo’lgan uzatmalarda ishlatiladi. Jun
tasmalar egiluvchan bo’lganligi tufayli ularni notekis sikl bilan va to’satdan o’zgaruvchan
nagruzkali uzatmalarda ishlatish ma’qul. Yuqori temperatura, chang, nam va kislota kabilar
o’rtacha to’yintirilgan jun tasmalarga ta’sir etmaydi.
Yuqorida bayon etilgan tasmalar orasida rezinalangan va charm tasmalar eng yaxshi
tortish xususiyatiga ega. Shuning uchun bu tasmalar sanoatda keng ko’lamda ishlatiladi.
Ponasimon tasmali uzatmalar. Markazlararo masofasi kichik, uzatish soni esa katta bo’lgan
uzatmalarda yassi tasma qoniqarli ishlamaydi. Bunday hollarda ponasimon tasmalardan
foydalaniladi. Ponasimon tasmalarning ko’ndalang kesimi trapesiya shaklida bo’ladi.
Bunday tasmalar kiydiriladigan shkivlarda shu tasmalarga moslangan ariqchalar bo’ladi.
Lekin shkiv ariqchalarining chuqurligi tasma ko’ndalang kesimi balandligidan kattaroq bo’lishi
kerak, chunki tasma shkivdagi ariqchaga joylashganda uning pastki sirti bilan shkiv orasida ochiq
joy qolishi lozim. Shunday qilingandagina tasmaning yon yoqlari shkivdagi ariqchaning yon
yoqlariga yopishadi.
Ponasimon tasmalar – kord to’qimali va kordipli qilib tayyorlanadi. Ular GOST bo’yicha 7
turda O,A,B,V,G,D,Ye o’lchamda tayyorlanadi.
Tishli tasmali uzatmalar.
So’nggi yillarda tasmali uzatmalarda tasmaning yangi turi - tishli tasmalar ishlatila
boshladi. Bunday uzatmalar mavjud tasmali uzatmalarga nisbatan bir qancha afzalliklarga ega.
Masalan, ularda sirpanish hodisasi sodir bo’lmaydi, gabarit o’lchamlari kichik, val va tayanchga
tushadigan kuchlar katta emas, foydali ish koeffisiyenti yuqori (0,94...0,98) va katta (12...20)
uzatish soni bilan ishlay boshlaydi.
Ayrim hollarda 500 kVt gacha bo’lgan quvvatni 80 m/s tezlik bilan uzata oladi. Tishli
tasmalar ponasimon tasmalar kabi ma’lum uzunlikka ega bo’lib, bir butun qilib tayyorlanadi.
Tasmadagi tish trapesiya shaklida bo’lib, unga mo’ljallangan shkiv sirtida ham shunga o’xshash
tishlar bo’ladi. Tasmadagi tishlar soni 32...160 orlig’ida bo’ladi. Tasma neopreon nomli
materialdan tayyorlanib, orasiga metall sim qo’yilgan bo’ladi. Aytarli katta bo’lmagan quvvat bilan
ishlash uchun mo’ljallangan tasmalarda simning o’rniga mimatola yoki poliamiddan tayyorlangan
shnurlar ishlatiladi. Ayrim hollarda neopreon o’rniga poliuretan deb ataladigan plastmassadan
foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: