Машина деталлари маъруза курси лотин 2017 й 20 янв



Download 2,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/94
Sana10.09.2021
Hajmi2,19 Mb.
#170170
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94
Bog'liq
mashina detallari

K I R I SH 
 
Xalq  xo’jaligini  har  tomonlama  rivojlantirish,  mehnat  samaradorligini  oshirish,  mahsulot 
sifatini  oshirish  fan  asosida  yaratilgan  texnikaga  bog’liqdir.  Mashinasozlik  sanoat  va  qishloq 
xo’jaligining  taraqqiy  etishi  uchun  zarur  bo’lgan  texnikaviy  baza  yaratadi.  Shunday  ekan,  har  bir 
ishchi,  injener  hamda  olimning  vazifasi zamonamiz talabiga  to’la  javob beradigan,  yuqori  unumli, 
mustahkam  va  foydali  ish  koeffisiyenti  yuqori  bo’lgan  yangidan  yangi  mashinalar  yaratishdan 
iborat.  Buning  uchun  mashinalar  loyihalashda  ular  detallarning  mumkin  qadar  yengil,  yetarli 
darajada  mustahkam,  ishqalanishga  chidamli,  shakli  oddiy,  ishlatilishi  qulay  va  xavfsiz, 
shuningdek, davlat standartlarida qo’yilgan talablarni to’liq qondiradigan bo’lishiga erishish kerak. 
Bundan  tashqari,  detallar  ishdan  chiqqanda  yangisiga  tez  va  oson  almashtiriladigan  bo’lishi  ham 
zarur.  Tabiiyki,  bunday  vazifani  yuqori  malakali  mutaxassislargina  hal  qila  oladi.  Ana  shunday 
mutaxassislar tayyorlashda «Mashina detallari» kursi alohida o’rin tutadi.  
Mashina  detallari  fani  injenerlik  praktikasida  ko’plab  uchraydigan,  deyarli  hamma  turdagi 
mashinalar  uchun  umumiy  bo’lgan  detal  va  uzellarning  tuzilishini  hamda  ularni  iqtisodiy  jihatdan 
tejamli qilib hisoblash va loyihalash usullarini o’rganuvchi fandir.  
Bu  fan  nazariy  mexanika,  mexanizm  va  mashinalar  nazariyasi,  materiallar  qarshiligi, 
metallar  texnologiyasi  va  chizmachilik  kabi  fanlarga  asoslanadi.  Shu  bilan  birga,  u  mashinasozlik 
ixtisosliklarini o’rganuvchi maxsus fanlarning asosi hisoblanadi.  
Buyuk  olimlardan  Aflotun  (yangi  eradan  3,5  asr  ilgari)  va  Leonardo  da  Vinchi  (1452-1519 
yillar)  o’z  asarlarida  podshipnik,  tishli  g’ildirak,  zanjirli  uzatma  va  turli  mashinalar  haqida  ba’zi 
ma’lumotlarni yoritgan bo’lsalarda, mashinalarni hisoblash va loyihalash faniga faqat 19 asrda asos 
solindi.  
«Mashina  detallari»  deb  atalgan  birinchi  kitobini  professor  V.L.Kirpichev  1881  yilda 
Peterburg  shahrida  nashr  ettirdi.  O’sha  vaqtdan  rivojlana  boshlangan  bu  fanni  boyitishda  rus 
olimlaridan 
P.K.Xudyakov, 
A.I.Sidorov, 
M.A.Saverin, 
N.S.Acherkan, 
N.I.Kolchin, 
V.A.Dobrovolskiy,  A.I.Petrusevich,  N.B.Kudryavsev,  L.D.Chasovnikov,  D.N.Reshetov  va 
M.N.Ivanov  asarlari  muhim  rol  o’ynaydi.  Chet  el  olimlaridan  K.Bax,  F.Ritsher,  O.Reynolds, 
A.Zammerfeld,  V.Lyus,  Ye.Bakingem,  D.Shigleylarning      «Mashina  detallari»  faniga  oid  asarlari 
ham diqqatga sazovordir.  
 Hozirgi zamon dunyo fani va texnikasining rivojlanishiga O’rta Osiyo olimlarining qo’shgan 
hissalari  beqiyosdir.  Ko’pgina  oddiy  ko’rinishdagi  detallar  hamda  sodda  tuzilishdagi  mexanizmlar 
O’rta  Osiyo  olimlari  tomonidan  yaratilgan.  Ayniqsa,  buyuk  olim  Abdul  Abbos  Axmad  ibn 
Muhammad  Qasr  al-Farg’oniy  (788  yilda  tug’ilgan)  tomonidan  yaratilgan  mexanik  kalendar, 
burchaklarni o’lchash asboblari va boshqa asboblar, Abu Ali al-Xusayn ibn Abdulloh ibn Sinoning 
(980-1087) «Aql mezoni»asarida mexanikadagi oddiy sistemalar, ya’ni chig’irlar, richaglar, bloklar, 
vinlar  va  ponalardan  tuzilgan  mexanizmlarning  ishlash  prinsiplarini  batafsil  bayon  etishi,  Abu 
Yusuf al-Xorazmiy (X asr) ning «Ilmlarning kaliti» nomli kitobi, Ismoil al-Jazoirning (XII-XIII asr) 
«Muhandislik mexanikasini bilish» kitoblari e’tiborga sazovordir. 
Hozirda  O’zbekistonning  texnika  sohasidagi  olimlari  mustaqil  mamlakatimiz  fan  va 
texnikasini  rivojlantirish  sohasida  salmoqli  ishlar  qilmoqdalar.  Bunday  olimlarimizdan 
H.H.Usmonxo’jayev, G’.S.Qo’ziboyev, R.G’.Mahkamov, G’.Sh.Zokirov, A.Jo’rayev, R.I.Karimov, 
Sh.Alimuhamedov,  A.D.Glushenko,  O.V.Lebedevlarning  yangi  mashinalarning  nazariy  asoslarini 
yaratish, loyihalash va hisoblash bo’yicha ishlari diqqatga sazovordir.  
 
 
 
 
 
 
 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


4
 
 
 
 
1-mavzu.  FANNING NAZARIY MASHG’ULOTLARI MAZMUNI
 

Download 2,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish