Tayanch iboralar.
Tishli uzatma, shesternya g’ildirak, tishlarning sinishi, tishlar sirtining yemirilishi, eguvchi
va kontakt kuchlanishlar, tishlarning yuklanish koeffisiyenti.
Dars maqsadi:
Tishli uzatmalarning tuzilishi, turli belgilar bo’yicha turlanishi va ularning ishlatilish joylari,
afzalliklari va kamchiliklari to’g’risida talabalarda bilim va tushunchalar hosil qilish.
1. Tishli uzatmalar tuzilishi, turlari, ishlatilish sohalari, afzallik va kamchiliklari
Harakatni bir valdan ikkinchi valga tishli g’ildiraklar vositasida uzatish mexanizmi tishli
uzatma deb ataladi. Ulardan texnikaning turli sohalarida keng ko’lamda foydalaniladi. Aniq
asbobsozlikda diametri 1 mm dan kichik bo’lgan tishli g’ildiraklar ishlatilgan bir vaqtda, og’ir
sanoatda diametri bir necha 10 m ga yetadiganlarini uchratish mumkin. Vallari o’qlarining bir-
biriga nisbatan joylashuviga qarab, tishli uzatmalar quyidagi turlarga bo’linadi: vallarning o’qlari
o’zaro parallel bo’lib, sirtqi yoki ichki tomondan ilashgan silindrik g’ildirakli uzatmalar (3.2-rasm,
b; 4.1-rasm,б): vallarining o’qlari o’zaro kesishuvchi konussimon g’ildirakli uzatmalar (4.1-rasm,
a); vallarining o’qlari ayqash bo’lgan vintaviy silindrik va gipoid deb ataluvchi konussimon
g’ildirakli hamda chervyakli uzatmalar (3.2-rasm, e).
Undan tashqari tishli g’ildirak va reykadan iborat uzatmalar ham ishlatiladi (4.1-rasm, в).
Tishlarning g’ildirak sirtida joylashuviga qarab, tishli uzatmalar to’g’ri tishli, qiya tishli,
aylanaviy tishli g’ildiraklar deb ataluvchi turlarga, tish profilining shakliga ko’ra esa evolventa,
aylana yoyilmasi va sikloida bo’yicha ilashadigan turlarga bo’linadi.
Tishli uzamalarda boshqa tur uzatmalardagiga qaraganda quyidagi afzalliklar bor:
a ) 150 m/s gacha tezlik bilan katta (bir necha ming kVt) quvvat uzata oladi va uzatish soni
bir necha yuzga yetadi; b) sirtki o’lchamlari nisbatan kichik bo’ladi (4.1-rasm, e.a – tishli; б –
tasmali; в – ponasimon tasmali; g – zanjirli uzatmalar, parametrlari bir xil); v) tayanchlarga
tushadigan kuch uncha katta bo’lmaydi; foydali ish koeffisiyenti yuqori (0,97-0,98); d) uzatish
soniga salbiy ta’sir etadigan sirpanish hodisasi bo’lmaydi; ye) ilashishi ishonchli, chidamliligi esa
katta bo’ladi; j) xilma-xil materiallardan foydalanishga imkon beradi.
Tishli uzatmalarning kamchiliklari jumlasiga: a) tayyorlanishining nisbatan murakkabligi;
b) ishlayotgan vaqtda, ayniqsa, katta tezlik bilan ishlayotganda shovqin chiqarishi; v) zarb bilan
ta’sir etuvchi kuchlarning zarari ko’proq sezilishi kiradi.
Bu kamchiliklar tishli uzatmalarning afzalliklariga hyech qanday putur yetkazmaydi.
Tajribalar va maxsus tekshirishlar shuni ko’rsatadiki, tishli g’ildiraklar tish yuzasining
kontakt kuchlanishlarga chidamliligi uning qattiqligiga ko’p jihatdan bog’liq bo’ladi.
Uzatma g’ildiragi tishlari qancha qattiq bo’lsa, uning tashqi o’lchamlari hamda og’irligi kam
bo’ladi.
Qattiq tishli g’ildiraklarni termik qayta ishlov berilgan po’lat materiallardan tayyorlash
mumkin.
Tishli g’ildiraklarni tayyorlashda asosan, quyidagi po’lat materiallardan foydalaniladi: 40,
45, 50, 40X, 40XH, 35XM, 35XGCA, 20X, 12XRZA, 25XGT, 38XMYuA.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
15
a)
d)
e)
4.1-rasm.
Do'stlaringiz bilan baham: |