Har bir firma yoki kompaniyalarning muvaffaqiyatini uning nomi ham ma`lum ma`noda ta`minlaydi. Quyida biz sizlarga jahonga mashhur ayrim kompaniyalar nomlarini qanday kelib chiqqani haqida ma`lumot beramiz.
Sevimli qizaloq.
"Mercedes-Benz" kompaniyasi nomi Avstriyalik diplomat va tadbirkor Yellinek Emil qizining ismidan olingan. Uning ismi Mersedes edi. Diplomat avtomobillarni juda yoqtigan va o`zi ham yangi yuqori tezlikka ega bo`lgan mashina konstruksiyasini ham yaratgan. U o`z kashfiyotiga sevimli qizining ismini berishga qaror qilgan. Fransiya, Irlandiya, Germaniya va Amerikada o`tkazilgan poygalarda uning mashinasi g`alaba qozondi. U shunchalik mashhur bo`lib ketdi-ki, XX asrning boshida u savdo markasi sifatida ro`yhatga olindi. Undan avtomobil nomini o`zgartirishlarini so`raganda u quyidagicha javob bergan edi: "Agar unga birorta qo`shimcha qo`shilsa qizimning ismi go`zalligini yo`qotadi. U hozir juda chiroyli va tez yodda qoladigan nomdir".
O`z nomini berganlar.
"ADIDAS" kompaniyasi nomi uning asoschilaridan bo`lgan Adi Daslerning nomidan olingan. Bu kabi nomlangan kompaniyalar talaygina. Masalan: "Suzuki" (Mitio Sudzuki), "Casio" (Tadao Kasio) va "Honda" (Soitiro Xonda).
Hewlett-Packard nomi uning ikki asoschisi nomidan olingan. Ular Bill Xyulett va Deyv Pakkarddir. Ular kimning nomi birinchi bo`lishi haqida uzoq tortishishgan. Ish tanga tashlashgacha borib yetgan. Bu Bill uchun omadli yakunlangan.
Muqaddas nomlar.
Sharq kompaniyalari nomlari orasida uch raqami ko`p uchraydi. Masalan, "Sanyo" - "Uch okean", "Mitsubishi" - "Uch brilliant" va hakazo. Shuningdek Sharq kompaniyalarini nomlashda mashhur va romantik nomlardan ham ko`p foydalanilgan. "Hitachi" kompaniyasi nomi yapon tilidan "tong otar payti" degan ma`noni bildiradi. "DAEWOO" so`zi esa koreys tilidan "Katta koinot" deb tarjima qilinadi. "Canon" kompaniyasi esa buddizm dinining rahm-shavqat xudosi nomi bilan nomlangan. Bu xudoning nomi Kvanon. Siyosiy qarashlar tufayli kompaniyaga diniy nom berib bo`lmas edi. Shu sababli uning nomi biroz o`zgartirilgan.
Mevalar...
Olmalar Stiv Jobsning sevimli mevasi. U uzoq payt o`z kompaniyasiga nom axtardi. Bir kuni u o`z hamkorlariga kompaniyani nomlashda bir qarorga kelganini ma`lum qildi. U o`z kompaniyasiga sevimli mevasini nomini bergan edi, ya`ni "Apple". Shuningdek Makintosh nomli olma navi ham bor.скачать DLE