Mashhur Amir Temurg’ori (AmirTemurKo’ragoniy)



Download 0,52 Mb.
bet2/2
Sana05.08.2021
Hajmi0,52 Mb.
#138676
1   2
Bog'liq
Abdumo'minov Abdulaziz. Arxeologiya mustaqil ish

Amir temur gʻori – Surxondaryo viloyati Boysun togʻidagi ibtidoiy odamlar manzilgohi boʻlgan gʻor. Bu gʻorda 1939 yilda A. P. Okladnikov arxeologik qazishlar olib borgan. Unda uchta qatlam boʻlib, yuqoridagi ikkitasi yangi tosh davriga, eng quyisi mustʼye davriga taalluklidir. Bu qatlamda oʻchoq va baʼzi joylarida pista koʻmirning qoldiklari topilgan. Amir Temur gʻoridann Teshiktosh tormdagiga oʻxshash qoʻpol ishlangan yirik qirgʻichlar, plastinalar, lappaksimon nukleuslar va ulardan uchirib olingan tosh parchalari chiqqan. Shu bilan birga gʻordan xilma xil hayvon va qushlarning suyak qoldiqlari ham topildi. A. Amir Temur gʻorida ibtidoiy odamlar jamoa-jamoa boʻlib yashagan, ovchilik va temirchilik bilan shugʻullangan.  G’or 3 qavat madaniy qatlamdan iborat bulib uning 1 va 2- qatlamlaridan so’ngi tosgh asriga , quyidagi 3-qatlam esa muste davriga oid .Muste davriga oid madaniy qatlamdan gulxan qoldig’I pista ko’mir, qo’pol ishlangan qirg’ich, gardishsimon nucleus, siniq uchrindi va boshqa tosh qurollari topilgan.

Amir Temur g’orining 3-chi qatlamidan topilgan tosh qurollari Teshiktosh g’orining yuqori qatlamidan topilgan muste davri qurollariga o’xshaydi. Shu bilanbirga g’orning madaniy qatlamlaridan yovvoyi ot, bars, ayiq, giyena, quyon, kemiruvchila va qushlarning suyaklari ham topilgan.

Keyingi vaqtda arxeolog olimlar Surxandaryo vodiysining turli joylaridan xususan To’plang daryosi bo’ylarida muste davri kishilarining mehnat qurollari topilgan. Bu shun angatadiki muste davri kishilari-neandertallar faqat boysundagina yashamagan, balki butun Surxon vohasiga ham keng tarqalgan

Qashqadaryoda ekoturizm yo‘nalishi bo‘yicha viloyatning tog‘ va tog‘oldi hamda cho‘l hududlarida sayyohlarning maroqli dam olishlari uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish, mazkur hududlarga xorijiy va mahalliy sayyohlarni jalb etish borasida bir qator ishlar olib borilyapti.

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Qashqadaryo mintaqaviy bo‘limi boshlig‘i Otabek Olimjonovning ma’lum qilishicha, hozirgi paytda Muborak, Mirishkor, Yakkabog‘, Shahrisabz, Kitob tumanlari bo‘ylab ekoturistik yo‘nalishlar tashkil etilgan. Shuningdek, yaqinda Yakkabog‘ tumanidagi Amir Temur g‘origa ham turistik yo‘nalish ochiladi, deb yozadi . Bu yerga kelgan xorijiy va mahalliy sayyohlar g‘orga bevosita sayohat qilish bilan birga, uning tarixi, buyuk bobokalonimiz Amir Temur bilan bog‘liq voqealar haqidagi qiziqarli ma’lumotlarga ham ega bo‘ladi. Ma’lumot uchun, Amir Temur g‘ori — Markaziy Osiyoda chuqurligi va uzunligi jihatidan yagona bo‘lgan g‘or. Rivoyatlarga ko‘ra, Sohibqiron Amir Temur o‘zining otliq lashkari bilan ushbu g‘orda bir muddat dushman xavfidan saqlangan. Uzunligi 870 metr, kengligi 7-10 ba’zi joylarda 100 metrgacha yetadi. G‘orning shiftlarida uzunligi 1,5-2 metr keladigan tabiat mo‘jizasi stallaktit (sumalak) lar mash’ala yorug‘ida kamalak ranglarida jilolanadi.

Amir Temur g‘ori! Buyuk jahongir va uning safdoshlari hayotlarining tilsimli soniyalarini o‘zida saqlab kelayotgan tosh koshona. Dastlab 40-60 nafar sipohi, so‘ngra bir yarim mingdan oshiq lashkarning bu tog‘u toshlarni to‘shamcha va bolish qilib qay tarzda umr kechirganlari sir-asrorig yetish qiyin masala. Shift chamasi o‘n-o‘n besh metr balandlikda, oyoq ostida tosh bo‘laklari, G‘orning yo‘laklari «labirint» shaklida, har qanday odamni adashtirish mo‘‘jizasiga ega. Shuning uchunmi xalq orasida, Amir Temurning nabirasi, alloma Mirzo Ulug‘bekning nodir qo‘lyozmalari, bobosidan qolgan xazina ham mana shu g‘or qa’riga yashirilgan, degan rivoyat yuradi. Burun turli tomonga yo‘nalgan katta-kichik yo‘laklar ko‘p bo‘lgan, vaqt o‘tishi bilan ularning deyarli barchasi g‘orda kechgan tabiiy jarayonlar tufayli bekilib qolgan. Devorlarning rang-barangligi, turli shakllar, tosh ko‘chishlar tabiiy jarayon natijasi. G‘or zallari bir-biriga uzun-qisqa, tor va keng yo‘laklar bilan bog‘langan. Umuman olganda, bu yerdagi jamiki narsaning o‘zi bir mo‘‘jiza, manzara qadam ­sayin o‘zgarib boradi. Buxoro amirligining Shahrisabzdagi begi Mirza Salimbekning «Safarnoma»sida qayd qilinishicha, hatto yigirmanchi asrning boshiga qadar ham g‘orda kishini lol qoldiruvchi osori atiqalar ko‘plab mavjud bo‘lgan ekan. Chunonchi, g‘or ichidagi xonalarning tosh devorlarida bo‘rtma gullik, katta-kichik taxmonlar, tokcha-javonlar yo‘nilgan. Bu taxmonlarga toshpanjalar yasalgan. G‘or ichi zallarining yo‘laklarida, har joy-har joyda toshdan yo‘nilgan shamdonlarda shamlar shu’la taratib turgan. Oziq-ovqat saqlanadigan, taom tayyorlanadigan va, shuningdek, boshqa xonalar qurol-aslaha yasaladigan do‘kon-sandonlar bo‘lgan. Bunga izoh tariqasida aytish mumkinki, Temur g‘oridan uncha uzoq bo‘lmagan masofada hozirda ham Do‘konxona degan qishloq bor. Amir Temur davrida ham, undan oldingi zamonlarda ham bu qishloq ahli tog‘ jinclaridan temir ajratib olish sirini yaxshi bilishgan. Amir Temurdek buyuk salohiyat sohibi tog‘ning bu saxovatidan unumli foydalanmasligi mumkin emasdi. Keksalarning aytishicha, o‘tgan asr boshlaridayam g‘ordan qurol-aslaha va ro‘zg‘or buyumlari topilib turgan.

Tayyorladi:5-4 TAR 20-guruh talabasi

Abdumo’minov Abduaziz




Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish