Cl- XLORID IONINING ANALITIK REAKSIYALARI - Cl- XLORID IONINING ANALITIK REAKSIYALARI
-
- Kumush nitrat bilan reaksiyasi. Kumush nitrat xlorid ioni bilan AgCl oq cho‘kmasini hosil qiladi. Bu cho‘kma konsentrlangan ammiak, ammoniy karbonat va natriy tiosulfatda eriydi:
- Cl- + Ag+ = AgCl ↓
- AgCl↓ + 2NH3 = [Ag(NH3)2]+ + Cl-
- AgCl↓ + 2NH4+ + 2CO32- = [Ag(NH3)2]+ + Cl- + 2HCO3-
- AgCl↓ + 2S2O32- = [Ag(S2O3)2]3- + Cl-
- Kumushning ammiakatli komplekslariga konsentrlangan nitrat kislotasi ta’sir ettirilsa, AgCl oq cho‘kmasining hosil bo‘lishi kuzatiladi:
- [Ag(NH3)2]+ + Cl- + 2H+ = AgCl ↓ + 2NH4+
- Kaliy yod ta’sirida esa bu eritmalarda AgJ sariq cho‘kmasining hosil bo‘lishi kuzatiladi:
- [Ag(NH3)2]+ + J- = AgJ ↓ + 2NH3
Do'stlaringiz bilan baham: |