Mashg‘ulotlarda va muloqotda nutqning grammatik jihatdan to‘g‘riligini shakllantirish shartlari va yo‘lllari


Logopedik mashg’ulotlar quyidagi bo`limlardan iborat



Download 89,5 Kb.
bet3/4
Sana18.07.2022
Hajmi89,5 Kb.
#821315
1   2   3   4
Bog'liq
Mashg‘ulotlarda va muloqotda nutqning grammatik jihatdan to‘g‘ri

Logopedik mashg’ulotlar quyidagi bo`limlardan iborat:

Ta’limning birinchi davrida (sentyabr-noyabr) frontal mashg’ulotlar faqat «Talaffuzni shakllantirish va nutq o`stirish» bo`limi bo`yicha o`tkaziladi (haftada 5 marta). Ta’limning ikkinchi davrida (dekabr-mart) savod tayyorlash haftasiga ikkita mashg’ulot, talaffuzni shakllantirish va nutq o`stirishga haftasiga 3 mashg’ulot ajratiladi. Ta’limning uchinchi davrida (aprel-iyun), ya’ni o`quv materialiga har qanday tovushni kirgizish mumkin bo`lgan davrda (bu vaqtda tovushlar talaffuzining qo`yilishi tugallangan bo`lishi lozim) haftada bir yoki ikkita mashg’ulot nutq o`stirishga, bir yoki ikkita mashg’ulot talaffuzni shakllantirishga ajratiladi. Iyun-avgust oylarida o`tilgan materialni mustahkamlash bo`yicha yakka tartibdagi tuzatish ishlari o`tkaziladi.

Mashg’ulotlar soni logoped tomonidan bolalar kontingentini va ularning harakatlanish dinamikasini hisobga olgan holda belgilanadi. Talaffuz va fonematik idrokni - bo`g’inlar murakkabligiga ko`ra turlicha so`zlarni talaffuz qilishga o`rgatish; egallangan mustaqil nutq malakalaridan erkin foydalanishga o`rgatish;

Qo`yilgan vazifalarni bajarish uchun birinchi navbatda maxsus logopedik usullar yordamida tovushlar talaffuzidagi nuqsonlar tuzatiladi va nutqda bor tovushlar aniqlashtiriladi. To`g’ri artiko`lyasiya malakalarini shakllantirish qo`yilgan vazifalarni muvaffakiyatli xal qilishning asosiy shartlaridan biridir.


Fonematik idrokni va eshitish xotirasini rivojlantirishga maxsus vaqt ajratiladi: bolalar nutqni tinglashga, nutqning ayrim tovush elementlarini farqlash va esga tushirishga, eshitib idrok qilingan materialni eslab qolishga, o`zlarining va boshqalar nutqining jaranglashini taqqoslashga o`rganadilar.
Artikulyasion malakalar va fonematik idrokni rivojlantirish nutqning tovush tarkibini analiz va sintez qilishni rivojlantirish bilan bir vaqtda olib boriladi. So`zning tovush tarkibini analiz va sintez qilishni ko`zda tutuvchi mashqlar fonemalar tuzish jarayonini normallashtirishga yordam beradi va bolalarni savodni o`zlashtirishga tayyorlaydi.
Tuzatuvchi ta’limning barcha davrlarida tovushlarni to`g’ri talaffuz qilishni mustaxkamlash diksiyani rivojlantirish, tovush tarkibiga ko`ra murakkab so`zlarni talaffuz qilishdagi qiyinchiliklarni bartaraf qilish ishi bilan qo`shib olib boriladi.
O`rganilayotgan tovushlarni va tovush-bo`rin tarkibiga ko`ra turlicha so`zlarni to`g’ri talaffuz qilishni mustahkamlash bosqichida tuzatuvchi mashqlar materiali nutqning leksik va grammatik birliklarini bir vaqtda rivojlantirishni nazarda tutgan xolda tanlanadi.
Talaffuzni shakllantirish ishi yakka tartibdagi (guruhli va frontal) mashg’ulotlarda amalga oshiriladi. Bo`lim bo`yicha tuzatuvchi ta’limning vazifalari bolalarda til doirasida kuzatish va umumlashtirish qobiliyatini rivojlantirish, o`zlashtirilgan leksik va grammatik materialni bog’langan nutqning turli ko`rinishlarida amaliy qo`llash malakasini kengaytirishdan iboratdir.
Leksik-grammatik mashqlar bolalar tomonidan to`g’ri talaffuz qilinadigan material asosida o`tkaziladi, bu materialning tovush tarkibiga mustahkamlash bosqichidagi to`g’rilangan tovushlar kiradi. So`zning asosiy qismini eshitish, ajratish va to`g’ri talaffuz qila bilish tilni kuzatishni rivojlantiradi, keyinchalik nutqni mustaqil takomillashtirish uchun sharoit yaratadi.
bolalar lug’atini kengaytirish;
  • ularning diqqatini so`zlarning ma’nosiga va so`z tuzishning ba’zi usullariga jalb etish;


  • bor lug’atini tahlil qilish kabi vazifalarni qo`yadi.



Artikullyatsion apparatning tuzilishi va harakatchanligi obdon tekshirilib, tahlil qilib chiqiladigan bo‘lsa, bolaning nutqi va ayniqsa tovushlar talaffuzidagi kamchiliklarning kelib chiqish sabablarini ko‘pincha aniqlab olish mumkin.


Tovushlar talaffuzi har xil darajada buzilgan bo‘lishi mumkin. Bolaning aksari taqlidchan bo‘lgani tufayli, u barcha tovushlarni tarbiyachi yoki o‘qituvchi ketidan to‘g‘ri talaffuz etadi. Dislaliya mavzusida aytib o‘tganimizdek amaliyotda asosan sirg‘aluvchi, sonor, yollashgan unlilar ayniqsa ko‘p talaffuz etiladi. Shuning uchun bu tovushlar talaffuzidagi kamchiliklar quyidagi tartibda tekshiriladi: sirg‘aluvchi-s,z,sh,ch,s, sonor-m,n,l,r, ng; til orqa-k,g,h; chuqur til orqa-q,g‘; frikativ-h; jarangli-jarangsiz tovushlarning almashtirilishi; yollashgan unlilar-ye,yo,yu,ya. Nutq kartsida eslatma uchun joy qoldirilib, bunga boshqa, tipik bo‘lmagan kamchiliklar belgilab boriladi. Ko‘p hollarda bola tovushni alohida olingan holda to‘g‘ri talaffuz eta oladi, biroq bo‘g‘in, so‘z va gaplarda uni boshqa tovushlar bilan adashtirib yuboradi. Shuni hisobga olib har bir tovushni tekshirish uchun shu tovush so‘z boshida, o‘rtasida, oxirida keladigan sodda va murakkab strukturali so‘zlar ifodalangan predmetli va sujetli rasmlar kartochkalari ishlatiladi. qulay bo‘lishi uchun bu rasmlarni oldindan nutq kartasida yozilgan tartibda albomda joylashtirib olish mumkin. Masalan, s tovushi talaffuzini tekshirish uchun-soat, apelsin, gilos, stakan tasvirlangan, stol ustida turgan stakan ifodalangan rasmlarni ishlatsa bo‘ladi va hokazo. Bitta so‘z turli birikmalar tarkibidagi bir necha tovush talaffuzini tekshirishga xizmat qiladi, masalan sholg‘om so‘zi sh, l, g‘ tovushlari talaffuzini tekshirishda ishlatiladi.
Tovushlar talaffuzini tekshirishda rasmlardan tashqari ertak, she’r, hikoya, topishmoq, tez aytishlardan ham foydalanish mumkin.
Fonematik eshitish darajasini tekshirish ishlari bolaning nutqidagi tovushlar-fonemalarni eshitish yo‘li bilan ularni bir-biridan ajratish qobiliyatini tekshirishga qaratiladi. Buning uchun: 1) ma’lum bir tovushni boshqa tovushlar orasidan ajratish, masalan: o, a, u, o‘, i unlilari orasidan u tovushini, undosh m, p, t, k, r tovushlar orasidan t tovushini ajratib olish topshirig‘i beriladi. Tarbiyachi bir necha tovushni aytib turganida bola qo‘lidagi shartli belgi yoki harfni ko‘tarib ko‘rsatishi kerak. 2) Bir biriga o‘xshab eshitiladigan fonemalarni bir-biridan farqlash, ajratish, masalan tarbiyachi za-sa, sa-za, ja-sha, sha-ja, va-fa, fa-va, ga-ka, ka-ga, da-ta, ta-da kabi jarangli va jaragnsiz, juft undosh tovushli bo‘g‘inlarini talaffuz etadi, bola unga ergashib, bularni qaytaradi. Bu vaqtda tarbiyachi lablarini boladan berkitib turadi, chunki u eshitmagan tovushni lab harakatlaridan ko‘rib olishi mumkin. 3) Bir-biriga o‘xshash, faqat bir tovush bilan farq qiluvchi paronim so‘zlarni eshitib turib, bir-biridan ajratish, masalan, zina-sina, gul-kul, paxta-taxta va hokazo.
Bolada fonematik eshitish qobiliyatining rivojlanishida andak yetishmovchilik bo‘lsa ham, bunday bola savod o‘zlashtirishda qiynaladi. Shuni hisobga olib, maktabgacha yoshdagi bolalarning fonematik eshitishini vaqti-vaqti bilan tekshirib borib, aniqlangan kamchiliklarni vaqtida bartaraf etish muhim.
Bolaning lug‘at boyligini tekshirish uchun, predmetli, sujetli rasmlardan foydalaniladi. Rasmlarni mavzular bo‘yicha joylashtirish maqsadga muvofiq. Rasmlarni nomlash, hayvonlar va ularning bolachalarini nomlash, antonimlar ustida ishlash, masalan, baland daraxt va past daraxt, katta uy va kichkina uy, keng yo‘l va tor yo‘llar tasvirlangan rasmlarni nomlash: predmetlarni, masalan, sabzi, pomidor, kartoshka, piyoz-sabzavotlar deb umumlashtirish; sujetli rasmga qarab hikoya tuzish so‘zlar ma’nosini tushinib yetish qobiliyakti tekshiriladi va hokozo.
Bola nutqining grammatik qurilishini tekshirish vaqtida uning jumla tuzish qobiliyati, gapda so‘zlarni qanchalik o‘rinli ishlata olishi aniqlanadi. Buning uchun sujetli rasmga qarb hikoya tuzish, gap ichida betartib berilgan so‘zlarni to‘g‘ri tartibda qo‘yib chiqish, tushirib qoldirilgan so‘zni topib gap tuzish; so‘z yasovchi va so‘z o‘zgartiruvchi qo‘shimchalar, kelishik qushimchalari, birlik va ko‘plik qo‘shimchalaridan o‘rinli foydalana olishga qaratilgan mashqlar buyriladi.
Maktab yoshidagi bolalarning ham og‘zaki, ham yozma nutqi tekshiriladi, o‘qituvchi yozma ishlarida ko‘p xatolarga yo‘l quyadigan o‘quvchilar ro‘yzatini tuzi, ularning anavnezini (ilgari og‘zaki nutqi qanday rivojlanganligi haqidagi ma’lumotlarni) o‘rganadi. So‘nga ush bolalarga ko‘chirib yoshish, diktant yozish topshirig‘i beriladi. Bola topshiriqlarni uddalay olmasa, unga bo‘g‘in yoki harflarni yozdirib ko‘radi. Xarflarni tushirib ketish, o‘rnini almashtirish, o‘xshash eshitiladigan tovushlarni ifodaolvchi harflarni bir-biri bilan adashtirib yozish, so‘zlarni qo‘shib yozib ketish va boshqa hatolar bolaning fonematik eshitishi, analiz va sintez qilish malakalari yaxshi rivojlanmaganligidan dalolat beradi. Harf elementlarini teskari yozish chiziqlarga rioya qilmaslik, harflarni ustma-ust yozib ketish kabi xatolar bolaning ko‘rish idroki fazoviy idroki yaxri rivojlanmaganligini ko‘rsatadi.
O‘qiy olish malakalar har bir bolada alohida-alohida tekshiriladi, bunda bolaning matnni nechog‘li yaxshi o‘qishiga – bo‘g‘inlab yoki sidirg‘asiga o‘qishi, harflab o‘qishiga e’tibor beriladi, o‘qish vaqtida qaysi xatolarga yo‘l qo‘yishi: harflarni adashtirib yuborishi tushirib ketishi, talaffuzdagi xatolarning o‘qishga ta’siri, o‘qish tezligi, ovoz bilan va ovozsiz o‘qish malakalari tekshiriladi.
Ongli o‘qish malakalarini savol-javob yo‘li bilan qayta so‘zlab berish, bayon etish usullaridan foydalanib, tekshirib ko‘rish qo‘lay. O‘qish tezligi ham ongli o‘qishga ta’sir ko‘rsatadi. Ongli o‘zlashtirish ta’minlanadigan bo‘lishi uchun bola bir minutda 45-50 so‘zni o‘qiydigan bo‘lishi kerak bunday sekin o‘qiydigan bolalarda so‘zning tovush obrazi va uning ma’nosi o‘rtasidagi bog‘lanish susayadi.
O‘qish jarayonida kuzatiladigan qiyinchiliklar bolaning og‘zaki nutqi va yozuvidagi kamchiliklar bilan taqqoslanadi va shu yo‘l bilan ularning kelib chiqish sabablari aniqlanadi, bartaraf etish yo‘llari va usullari belgilanadi.
Shuni ham aytib o‘tish kerakki, ayrim hollarda bola nutqidagi kamchiliklar eshitish qobiliyatining zaifligiga bog‘liq bo‘ladi. Tarbiyachi va o‘qituvchilar bolaning o‘z vaqtida otoloringolik tekshiruvidan o‘tishiga e’tibor bermog‘i lozim. Agarda otoloringolik xulosasi bo‘lmasa, tarbiyachi yoki o‘qituvchi bolaning eshitish qobiliyatini quyidagi yo‘l bilan o‘zi aniqlashi mumkin: bola orqasini o‘girib turganida so‘z va gaplarni har xil masofadan shivirdab gapirib ko‘riladi, bola esa, eshitganlarini takrorlashi kerak. Agarda bola 6-7 mert masofada turib shivirlab aytilgan so‘z va gaplarni eshitsa, demak uning eshitish qobiliyati yaxshi. 3 metr masofada bola eshitmasa, uni maxsus bog‘cha yoki maxsus qulog‘i og‘ir bolalar uchun tashkil etilgan maktablarda o‘qishini ta’minlash maqsadga muvofiqdir.
Og‘zaki va yozma nutqdagi kamchiliklar ikkilamchi xodisa sifatida eshitish ko‘rish qobiliyati zaif, oligofren bolalarda, ruhiy rivojlanishi orqada qolgan bolalarda kuzatilishi mumkin. Tibbiy pedagogik komissiyasiga yuboriladigan bolalarning harakteristikasida bolaning o‘qish faoliyati, qiziquvchanligi, ish qobiliyati, diqqati, e’tibori, sinf o‘kuvchilari bilan munosabati dastur materiallarini o‘zlashtirish darajasi keng yoritilishi kerak.
Tekshirishlar natijalari logopedik xulosalarda yakunlanadi. Logopedik xulosalar asosida bola bilan olib borilishi kerak bo‘lgan chora –tadbirlar, reja tuziladi. Ta’lim jarayoni ushbu reja to‘ldiriladi, kengaytiriladi kerak bo‘lsa, bolaning ahvoliga qarab, uning ayrim tomonlari o‘zgartirilishi ham mumkin.

Download 89,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish