Mashg’ulot vaqti-2 soat Talabalar soni: 60 ta


«Mahalla» jamg’arma uyushmasi



Download 66 Kb.
bet3/7
Sana23.01.2022
Hajmi66 Kb.
#405893
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
7Ma`ruza

«Mahalla» jamg’arma uyushmasi

O’zbekiston mustaqillikka erishgan dastlabki kunlaridanoq aholining tinch-osoyishta yashashi, ularning o’zaro ahil bo’lishlari hamda salomatliklarini muhofaza qilish tadbirlari ko’rildi. O’zbekiston Prezidenti farmonlari va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida aholining o’zini-o’zi boshqarishini tashkil qilish borasidagn tadbirlar muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Shu asosda O’zbekiston Respublikasi «Mahalla» jamg’armasi tuzildi va barcha viloyatlar, tuman-shahar hokimiyatlari tarkibida «Mahalla» jamg’armalari ish boshladi. Oliy Majlis tomonidan tasdiqlangan “Mahal­la” hamda aholining o’zini-o’zi boshqaruvchi boshlang’ich tashkilotlari, ya’ni mahalla oqsoqollari kengashlari ta’sis etildi. Bu kengashlar tarkibiga mahallada yashovchi nuroniylar, masjid xodimlari, davlat idoralarida faoliyat ko’rsatuvchi shaxslar, madaniyat, san’at, tibbiyot, tijorat, savdo xodimlari saylab qo’yilmoqda. Ularning eng muhim vazifalariga, asosan, quyidagi muammolarni hal qilish kerak:

  1. O’zbekiston Prezidenti, hukumati va o’z hududlariga qarashli bo’lgan shahar-tuman hokimiyatlarining farmon, qaror va ko’rsatmalarini aholiga tushuntirish, targ’ib qilish.

  2. «Navro’z», «Mustaqillik kuni» bayramlari va an’anaviy milliy bayram hamda marosimlarni nikoh, to’y, hayit, janoza va hokazo maqsadli o’tkazish.

  3. Oilalarning tinch, osoyishta yashashlariga hissa qo’shish mojaro va o’zaro kelishmovchiliklarning oldini olish, ular sodir bo’lganda yaxshilikka hal etish.

  4. Oilalarda xotin-qizlariing faoliyati va farzandlar tarbiyasini yaxshilash yo’llari.

  5. Turli ommaviy-sog’lomlashtiruvchi sport tadbirlari, xalq milliy o’yinlarini o’tkazishda yordamlashish.

Ma’lumki, yuqorida qayd etilgan muhim tadbirlar moddiy ta’minot masalalarini Taqozo etadi. Ana shularni hisobga olgan holda Respublika «Mahalla» komissiyasi va uning quyi tarmoqlarida «Mahalla» xayriya jamg’armasi tashkil etildi. Unga tushadigan jamg’arma mablag’lari, asosan, quyidagi sohalarga sarflanadi:

  1. Nogiron bolalar, nuroniylarga bayram arafalarida moddiy yordam va sovg’alar qilish.

  2. Kam ta’minlangan va ko’p bolali oilalarga moddiy yordam berib borish.

  3. An’anviy bayramlar va marosimlarda zaruriyat uchun moddiy ko’maklashish.

  4. Mahalla oqsoqollari kengashining rasmiy faoliyatlari, xo’jalik ishlari va boshqa sohalarga mablag’lar ajratish.

Mahalla oqsoqollari kengashi tomo­nidan hadya etilgan xayriyalar, homiylarning qo’shgan hissalari, mahalla oqsoqollari kengashi tomonidan tashkil etilgan ishlab chiqarish korxonalari, savdo, tijorat tizimlaridan olingan daromad va boshqa kirimlar tushadi. Shuningdek, sharoit va ehtiyojlarga qarab «Mahalla» xayriya jamg’armasining yuqori tashkilotlari tomonidan ham moddiy yordam beriladi.

E’tirof etish kerakki, bunday ulug’vor faoliyatlar Respublikada mehr-oqibat, xayr-exson qilish kabi mil­liy qadriyatlarning chuqurlashib borishidan, O’zbekiston Prezidenti va hukumatning aholini ijtimoiy-moddiy, ma’naviy-ma’rifiy, madaniy jihatdan muhofaza qilishlaridan dalolatdir.

O’zbekiston mustaqilligi yillarida «Mahalla» xay­riya jamg’arma uyushmasi «Navro’z», «Mustaqillik kuni» bayramlaridagi sport chiqishlari, mahallalarda o’tkaziladigan o’rtoqlik uchrashuvlari, spartakiadalar, xalq mil­liy o’yinlarini tashkil qilish va o’tkazishda faol ishtirok etgan mutaxassislar, yurtsevarlar, sportchilar, hakamlar va boshqalarni munosib ravishda rag’batlantirib bormoqda.


Download 66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish