Amaliy ish:
Mavzu yuzasida savol va topshiriqlar:
1. Bayroqchalar qanday vazifa bajaradilar?
2. Ilovaga bayroqchalar qaysi obyekt yordamida kiritiladi?
3. Bayroqchalarning o‘rnatilganligi qaysi xossasi yordamida
tekshiriladi?
4. Global o‘zgaruvchilar qayerda tavsiflanadi?
5. O‘zgaruvchilarga boshlang‘ich qiymatlarni qayerda berish mumkin?
6. Faol o‘quvchilar so‘rovnomasi o‘tkazuvchi ilova yarating.
7. Mohir o‘qituvchilar so‘rovnomasini o‘tkazuvchi ilova yarating.
Darsga yakun yasash:
O’quvchilarni olgan bilimlari hamda qilgan ishlarini nazorat qilib baholash, ularni yo’l qo’ygan kamchiliklarini to’g’irlash.
Uyga vazifa berish:
1. Global va lokal o‘zgaruvchilar bir-biridan nima bilan farq qiladi?
23-mavzu: Boshqa ob`ektlarning faolligi va ko`rinmasligi.
Memo obyekti va uning imkoniyatlari. Ba’zi ilovalarda katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlash imkoniyatlari ham bo‘lishi kerak. Delphi ning biz shu paytgacha tanishib chiqqan imkoniyatlarida buning iloji yo‘q. Endi biz bunday imkoniyatni yaratadigan boshqarish obyekti bilan tanishamiz.
Bu obyektning nomi Memo bo‘lib, u Memorandum so‘zining qisqartirilgan ko‘rinishi va xizmat uchun yozuvlar degan ma’noni bildiradi.
Bu obyekt obyektlar panelining standart jildida joylashgan:
Delphida yangi ilova yaratib, unga bu obyektni joylaymiz. Ilovani ishga tushirib, sichqonchani Memo ustida bossak, uning ish maydonchasida kursor paydo bo‘ladi. Demak, unga matn kiritish mumkin:
2. Memo obyektining asosiy xossalari. Memo obyektiga qancha matn k iritish mumkin? Unga chegara bormi? Albatta, bor. Bu obyektga kiritilgan matnda ko‘pi bilan 216=65536 ta harf va boshqa belgilar bo‘lishi mumkin. Bu esa 1000 dan ortiq matn satri degani. Lekin, biz bu obyektda matn kiritishni emas, unga ma’lumotlarni chiqarishni mo‘ljallagan edik. Agar biz unga foydalanuvchi ma’lumot kirgiza olmasligini xohlasak, bu obyektning ReadOnly (faqat o‘qish uchun) nomli xossasini False (yolg‘on) dan True (rost) ga o‘tkazishimiz kerak:
Memo ga kiritilgan matn uning Text xossasida saqlanadi. Unda bittadan
ko‘p matn satrlari bo‘lishi mumkin. Matn satrlarini bir-biridan ajratish
uchun ular orasiga satr oxiri va satr boshiga o‘tish belgilarini qo‘yish kerak
bo‘ladi. Buni quyidagicha amalga oshirish mumkin.
Memo1.Text:=’1-satr’+#13+#10+’2-satr’;
Undan foydalanishni o‘rganish uchun dastlabki ta natural sonning
kvadratlarini topadigan ilova yaratamiz. Unga bittadan Memo, Edit, Button
obyektlarini joylab xossalarini quyidagi rasmda ko‘rsatilgandek qilib
o‘zgartiramiz:
. “Kiril – Lotin tarjimon dasturi” loyixasi: Memo komponenti
Memo1 => “Kirilcha matnni kiritish”
Memo2 => “Lotincha matn”
CheckBox1 => “To‘g‘ridan to‘g‘ri o‘girish”
Button1 => “O‘girish”
Amaliy ish:
Mavzu yuzasida savol va topshiriqlar:
1. Memo obyekti obyektlar panelining qayerida joylashgan?
2. Edit maydonchasiga kiritilgan matn satrini Memoga har bir harfi
alohida qatorda joylashadigan qilib chiqaring.
3. Memogа 50 ta satrdan iborat matn kiriting. Ularning juft nomerli satrlarni matndan olib tashlang.
Darsga yakun yasash:
O’quvchilarni olgan bilimlari hamda qilgan ishlarini nazorat qilib baholash, ularni yo’l qo’ygan kamchiliklarini to’g’irlash.
Uyga vazifa berish:
Memo obyektining Text xossasi qanday vazifa bajaradi?
2. Memo obyektining Lines elementi matn bilan qanday ishlaydi?
Do'stlaringiz bilan baham: |