336
Oʻyin jarayoniga hech kim xalaqit qilmasligi kerak. Zaruriyat boʻlsagina faqat
boshlovchi ishtirokchilarning harakatlarini tuzatishi, ularni toʻg‘ri yoʻnaltirishi
mumkin.
Pedagogik maqsadlarda qoʻllaniladigan oʻyinlar quyidagi texnologiyaga ega:
Har qanday jarayon singari oʻyin yakunida
uning tashkil etilishi, oʻtkazilishi
yuzasidan muhokama uyushtirish zarur. Muhokama chog‘ida oʻyin ishtirokchilari,
tomoshabin (jamoaning oʻyina ishtirok etmagan a’zolari), ekspertlar oʻyinning tashkil
etilishi va oʻtkazilishi yuzasidan oʻz fikr-mulohazalari, takliflarini bildiradi.
Muhokama jarayoni quyidagi tartibda tashkil etiladi:
- taqrizchilarni chiqishlari;
- fikrlar almashinuvi;
- ishtirokchilarning oʻz qarorlari va
xulosalarini himoya qilishlari;
- oʻyinga yakun yasash.
Oʻyin texnologiyalarining metodik ta’minoti loyiha, oʻyinning mezonlari, ish
qog‘ozlari (metodik koʻrsatmalar), oʻyin mohiyatini yorituvchi hujjatlar (ssenariy)
Asosiy
bosqichlar
Tayyorgarlik
bosqichi
O‘yinni
loyihalash
Ssenariyni ishlab chiqish;
yo‘riqnoma mazmunini
ishlab chiqish; moddiy
ta’minotni tayyorlash;
guruhni shakllantirish
O‘yinni
boshlash
Rollar
taqsimoti; muammo
va maqsadlarni vujuga
keltirish; shartlar, qoidalar,
reglament o‘rnatish;
maslahat berish
O‘yin bosqichi
Guruhda
topshiriq
ustida
ishlash
Manbalar bilan ishlash;
trening; “Aqliy hujum”;
o‘yin texnikasi bilash ishlash
Guruhlardagi
munozara
Guruhlarning chiqishi;
natijalarni himoya qilish;
munozara qoidasi;
ekspertlar
Tahlil bosqichi
Jamoadagi
munozara
O‘yinni yakunlash, tahlil,
ishni baholash, o‘ziga baho
berish, xulosa va
umumlashtirish, tavsiyalar
337
kabilardan iborat. Pedagogik jarayonda qoʻllaniladigan oʻyinlar sub’yekt faoliyatini
taqozo etadigan hamda mashina (kompyuter) oʻyinlari tarzida farqlanadi. Oʻyinlar
chog‘ida turli vositalar (kompyuter, imitatsion trenajyorlar, sport anjomlari (koptok,
arqon, halqa), xomashyolar (plastlin, yumshoq oʻyinchoqlarni
yasash uchun
materiallar, rangli qalamlar, ish qog‘ozlari, oʻyinchoqlar legolar, konstruksiyalar,
dekoratsiyalar kerak boʻladi.
Oʻquv jarayonida oʻyin texnologiyalarining oʻrni, roli,
shuningdek, oʻyin
elementlari hamda ta’limning oʻzaro uyg‘unligi koʻp jihatdan oʻqituvchi tomonidan
pedagogik oʻyinlar mohiyati, funksiyasi va turlarining qanchalik
tushunilishi bilan
belgilanadi. Aksariyat pedagogik oʻyinlar oʻzida quyidagi belgilarni namoyon qiladi
- ijodiy topshiriqlar;
- kreativ yondashishni taqozo etuvchi vazifalar;
- muammoli vaziyatlar;
- rolli va ishbilarmonlik oʻyinlari;
- bahs-munozara, debat;
- musobaqa koʻrinishidagi bellashuvlar.
Do'stlaringiz bilan baham: