Mashg’ulot turi: seminar 8-Mavzu: fuqarolik tarbiyasi


III. Ma’naviy-aхloqiy motivasiyani hosil qiluvchi metodlar



Download 47,13 Kb.
bet7/10
Sana02.07.2022
Hajmi47,13 Kb.
#730796
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
8-seminar (1)

III. Ma’naviy-aхloqiy motivasiyani hosil qiluvchi metodlar. Bu guruh metodlaridan tarbiyachi tarbiyalanuvchilarda ijobiy aхloqiy sifatlarni mustahkamlash, tarbiyalanuvchi хulqidagi salbiy tomonlarni yo’qotish maqsadida foydalaniladi. Bunda koyish, maqtash, taqdirlash, ta’qiqlash, tahsinlash, tergash, uyaltirish, shavqlantirish kabi metodlardan foydalaniladi. Koyish – jazo berishning yengil turi. Tarbiyalanuvchiga tanbehlovchi so’z aytish, tanbeh berish, urishib qo’yish. Maqtash – tarbiyalanuvchini uning o’ziga yoki boshqalar oldida yaхshi tomonlarini ko’rsatib gapirish, yaхshi qilib ko’rsatish. Taqdirlash – tarbiyalanuvchini qadrlash, munosib baholash, tarbiyalanuvchiga uning qadri bor ekanligini sezdirish. Ta’qiqlash – tarbiyaviy maqsadda tarbiyalanuvchiga, tarbiyalanuvchiga biror narsani man etish. Tahsinlash – tarbiyalanuvchini «ofarin», «balli» kabi so’zlar bilan qarshi olish, maqtab yuksak baholash. Tergash – vaqti-vaqti bilan tarbiyalanuvchiga etarli darajada qattiqqo’llikni namoyon qilib, tekshirib, nojo’ya хatti-harakatlari uchun koyib, «yo’li»dan qaytarib turish. Uyaltirish – noma’qul qilig’i uchun tarbiyalanuvchiga o’ta noqulaylik tug’dirish, хijolot qildirish. Shavqlantirishtarbiyalanuvchining хulqi, muvafaqqiyatlari, kelajagiga g’oyat mamnunlik hissi bilan qiziqish, ruhiy ko’tarinkilik bilan zavqlanish, zavqlantirish, qanoatlantirish.
Oila, uning vazifalari va turlari.
Oila jamiyatning asosiy instituti hisoblanishi, u tarbiya o’chog’i sifatida shaxsning shakllanishida muttasil ishtirok etadi. Oilaning ijtimoiy ahamiyatiga molik funktsiyasini ta’minlanishida undagi ijtimoiy psixologik muhit, shaxslararo munosabatlar, sub’ektlarning kamolot darajasi belgilaydi. Agar rollar, status va o’zaro hamjihatlik inqirozga yuz tutgan holatda oiladagi psixologik muhitni tasavvur qilishni o’zi murakkabdir. Oilada shaxslararo munosabatlarning o’ziga xos tomonlari uning barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi. Albatta, bu holatni asoslovchi omillarni tadqiq qilishda quyidagicha yo’l tutishni lozim topdik:
Hozirgi zamon oilalarida inqiroz shakllanishining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini yoritish. Oilada shaxslararo munosabatlarda tenglikni ta’minlashning ijtimoiy-psixologik mexanizmlari (fenomenlari)ni ochib berish. Zamonaviy oilalardagi ijtimoiy psixologik muhit, u bilan jamiyatning o’zaro uyg’unligi, sub’ektlarning maqsad va maslaklarining birligi, qadriyatlar darajasining saqlanayotganligi, etnik va madaniy muhitning undagi munosabatlarda saqlanishi, avlodlar o’rtasidagi ziddiyatlarga barham berish, ijtimoiy kutishlar, rollar taqsimoti so’zsiz inqirozlarni oldini olishga puxta zamin hozirlaydi.
Bugungi kunda oila muammosiga aloqador masala uning barqarorligini ta’minlash, undagi inqirozli holatlarni bartaraf etish chora-tadbirlarini ishlab chiqishga davat etadi. Quyida shu xususida mulohaza yuritiladi. Hozirgi zamon oilasi ―monogam‖ oilalardan iborat. Yosh avlod hayotining ko’p qismini o’z oilasida o’tkazadi. Shu boisdan bola turmushning murakkab tomonlari bilan xuddi shu ota-ona maskanida tanishadi. Shuninig uchun ham oila jamiyatning boshlang’ich yacheykasi sifatida bolalarning axloqi, yurish-turish, xatti-harakati, e’tiqod va dunyoqarashiga tarbiyaviy ta’sir ko’rsatishi hamda ularni turmush qurishga tayyorlab borishi lozim. Oiladagi mavjud an’analar, urf-odatlar, rasm-rusumlar va marosimlarning ijobiy ta’sirida yigit va qizlar asta-sekin kamol topib boradilar.
Hozirgi zamon oilasidagi an’analar va turli marosimlarnig ijobiy ta’siri kuchli bo’lib, xalqimizning o’zoq o’tmishidagi ahloqiy hislatlarini ifodalovchi mehmondo’stlik, insonparvarlik, xushfe’llik, iltifotlilik, bolajonlik, uy va hovlini ozoda saqlash, bog’u-rog’lar barpo etish, xalq sayillari va mavsumiy bayramlarini birgalikda o’tkazishda o’z ifodasini topadi. Psixologik muhit – bu guruhdagi, kolllektivdagi kishilarning psixologik holati, kayfiyati, munosabatlarini yig’indisidir. Psixologik muhitlar juda ko’p, ammo ularning barchasini ikki kategoriyaga, qulay va noqulay kategoriyalarga bo’lish mumkin. Gruppa yoki kollektiv muhiti quyidagilar bilan aniqlanadi: gruppa yoki jamoa uchun tashkil qilingan o’qish, mehnat faoliyatining har qanday turida qoniqqanlik, xodimlar va rahbarlar bilan bo’lgan munosabatlarda – o’zaro bir-birini tushunishdan, barqaror kayfiyat, emotsional holat, har kimning emotsional muvaffaqiyatining darajasidan jipslashganlikdan kollektiv a’zolarni boshqarish va o’z-o’zini boshqarishdagi ishtirokidan, faoliyat natijasidan qoniqqanlidir. Nikoh-bu erkak bilan ayol urtasidagi muayyan ittifokning va bu ittifokning jamiyat davlat tomonidan tan olinishi va ma’kullanishining tarixiy shaklidir Uzbekiston Respublikasining «Oila kodeksi» (1998 yil 30 aprelda tasdiklangan) 2-bulim 3 bobga asosan nikoh tuzish tarkibi va shartlari masalalarini yoritishga karatilgandir. Jamiyat nikoh vositasi bilan erkak va ayol o’rtasidagi tabiiy munosabatlarni tartibga solib turadi. er-xotin, ota-ona va farzandlar orasida ahlokiy majburiyatlar o’rnatadi.

Download 47,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish