Ko‘rsatgichlar
|
Tuxumdan chiqqan pelagik, 1-stadiya
|
1-po‘st tashlash- dan keying
|
2-po‘st tashlash- dan keyingi stadiya
|
3-po‘st tashlash- dan keyingi 4- stadiya
|
G’umbakka aylanishgacha
|
Rivojlanish muddati, kun
|
1 kungacha
|
5
|
7
|
20-21
|
3-4
|
Tanasi uzunligi, mm
|
1,0-2,0
|
2,2- 5,0
|
5,5-
9,5
|
9,7-21,0
|
21,5-29,0 va katta
|
Bosh kapsulasi diametri, mm
|
0,15
|
0,27
|
0,52
|
0,99
|
0,99
|
Tutqich (tuzoq) 9 - rasmda ko‘rsatilgandek qilib, suvga ustma-ust (ma’lum masofada) bir nechta dona o‘matiladi.
Tuzoqlar odatda suv tubiga o‘matiladi, ba’zan bir qismini grunt ichiga botirib qoyish ham mumkin. Shisha idishga havo qolish uchun ma’lum miqdorda unga suv quyiladi. Piramida orqali bankaga ko‘tarilgan g‘umbaklar imogaga aylanadi. Hasharotlar tutish moslamasi har 2 kunda kamida bir marta ko‘zdan kechirib turiladi. Tuzoqqa tushgan imogalar sanalib, og‘irligi o‘lchanadi. Ba’zi holatlarda imogalar massasini tortish (o‘lchash) imkoniyati bo'lmay qoladi. Shuning uchun ular biomassasi metamorfoz bosqichlarini to‘liq o‘tagan, uzunligi 21 mm bo‘lgan lichinkalar biomassasi hisobga olinadi. Bu lichinkalar o‘rtacha massasi hisobga olingan imogalar soniga ko‘paytiriladi.
5. Populyatsiyalar miqdori va biomassasi dinamikasini kuzatish yo‘li bilan ulami yangi avlod hosil bo‘lishi oldidan maksimal miqdori aniqlanadi. Bu miqdor hisoblash ishlari boshlanishidan oldin olinadi. Keyinchalik lichinkalar miqdori kamaytirilishi yoki ular o‘rtacha og‘irligi kattalashishi mumkin.
yig‘iladi va uni tuxumdan nauplius lichinkalar chiqquncha genital oyoqlariga ilashtirib olib yuradi.
Nauplius tanasi tuxumsimon bo‘lib keyingi tomonida ikkita xivchini bor. Boshida toq shakldagi ko‘zi, uch juft suzuvchi shoxchalari - birinchi, ikkinchi antennalar va mandibulalardan tashkil topgan. Nauplius suvda tetik suzadi, o‘sadi va po‘st tashlaydi. Siklop o‘z metamorfozi davomida 5 ta nauplius va 6 ta konepodit stadiyalarini o‘taydi. Nauplius stadiyalar segmentsiz, konepodit stadiya aniq segmentli bo‘ladi. 6- konepodit stadiya katta yoshdagi balog‘atga yetgan hayvonga mos keladi. Kurak oyoqlarida partenogenez hodisasi kuzatilmaydi.
Sikloplar va ulaming nauplius lichinkalari doimo plankton organizmlar qatorida uchraydi. Bir qancha turlari suv tubida hayot kechirib, balchiq va loyqalar yuzida o‘rmalab yuradi. Bunga misol qilib Paracyclops fimbriatus ni olish mumkin. Ko‘pgina turlar nauplius stadiyasida qishlaydi.
Diaptomus (Diaptomus) avlodiga tegishli kurak oyoqli qisqichbaqasimonlar ellips boshko‘krakga ega bo‘lib sikloplarga nisbatan keskin qorin qismidan ajralgan (13-rasm).
rasm. Diaptomus (Diaptomus) yelka tomonidan ко‘r inis hi
(YE.N. Povlovskiy va S.T. Lepneva bo‘yicha, 1948):
Ант- birinchi juft antenna; Бр- qorincha; Bk- qorin oxiridagi vilka;
TTp-boshko ‘krak; Гл- ко ‘z; ЯМ- tuxum qopi;
Diaptomus (Diaptomus) tanasi uzunligi 1,2-5 mm. Bosh bo‘limi siklopnikiga o‘xshash, bo‘g‘inlarga ajralgan, yaxlit. Diaptomus ko‘krak bo‘limi to‘rtta bo‘g‘imdan tuzilgan. Qorin qismi urg‘ochilarida 3 segmentli, erkaklarida esa 5 ta segmentdan iborat. Oxirgi bo‘g‘imning ikki shoxli o‘simtasi har bin beshtadan patsimon kiprikchalar bilan qoplangan. Diaptomus antennalari 22-25 bo‘g‘imli bo‘lib, tanasiga nisbatan uzun. Sikloplar antennasi esa tanasi uzunligi yarmiga ham teng kelmaydi.
Erkak diaptomuslar chap antennalari bukilgan. Mandibulalari asosiy segmentlari kovshovchi kaftlari tishchalar bilan qurollangan. Mandibulalari shoxchalari birinchi juft maksillalar singari patsimon kiprikchalar bilan qoplangan. Hdrinchi juft maksillalar uzunchoq patsimon xivchinlaridan filtrlash organlari shakllangan (14- rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |