Pedagogik texnologiyalarni qo‘llashning bir qator afzalliklari mavjud bo‘lib, ular quyidagilar:
ta’lim samaradorligini oshiradi;
bola qiziqishlarini kuchaytiradi;
ta’lim mazmunini yaxshi o‘zlashtirishga xizmat qiladi;
motivatsiyaning yuqori darajada bo‘lishini ta’minlaydi;
o‘tilgan mashg‘ulotni yaxshi o‘zlashtirishga yordam beradi;
tarbiyalanuvchilarning mustaqil fikrlay olish qobiliyatining shakllanishiga olib keladi.
Maqsadga yo‘naltirilganlik, oraliq natijalarni tashxisli tekshirib borish, ta’limni alohida o‘qitish lavhalariga ajratish kabi usullar hozirgi kunga kelib qayta-qayta takrorlash mumkin bo‘lgan ta’lim texnologiyasi g‘oyasida mujassamlashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |