Tarbiyachi: – Bolalar, men bugun o‘zim bilan qor olib kelgan edim, bilmaysizlarmi, u qayerga g‘oyib bo‘ldi?
Bolalar: – Erib ketdi.
Tarbiyachi: – Ha, xonamiz issiq bo‘lgani uchun qor erib suvga aylanib qolibdi. Suv sovuq tufayli qorga va muzga ham aylanar ekan. Agar suvni qaynatib ko‘rsak qanday holatga keladi?
Bolalar: – Bug‘ga aylanadi.
Tarbiyachi suvni choynakda qaynatadi va bolalarga undan chiqayotgan bug‘ni kuzatishlarini aytadi. Suv qaynaganda baqir-buqir tovush chiqarishi, pufaklar hosil bo‘lishi kuzatiladi. Tarbiyachi qaynayotgan suvning ustiga oynani qo‘yadi va uning ustida hosil bo‘lgan suv tomchilarini bolalarga ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |