Mashg‘ulot 5: psixosomatik kasalliklar. Mashg‘ulot maqsadi va vazifalari



Download 27,73 Kb.
bet3/10
Sana15.11.2020
Hajmi27,73 Kb.
#52527
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Машғулот 5

Psixogen nevralgiyalar

Har qanday psixogen giperesteziyalar tananing turli joylarida nevralgiya yoki mialgiyaga o‘xshash og‘riqlar beradi. Ayniqsa, yuz sohasida kuzatiladigan og‘riqlar bemorlarni juda qiynab qo‘yadi.

Bu og‘riqlar kuchi turli darajada, oddiy achishishdan tortib kuchli sanchuvchi og‘riqlargacha rivojlangan bo‘ladi. Og‘riq ikkala chakka, peshona, iyak sohalarida kuzatilishi mumkin. Agar og‘riqlar tish va milklar sohasida kuzatilsa, gap psixogen stomatalgiyalar, tilda kuzatilsa glossalgiyalar haqida boradi. Ruhiy zo‘riqishlar kuchaygan yoki tezlashgan sayin og‘riqlar ham kuchayib boradi.

Yuz sohasidagi psixogen og‘riqlar uchun ularning ovqat eyayotgan paytda kamayishi yoki yo‘qolishi xosdir. Uch shoxli nerv nevralgiyasiga o‘xshab kechuvchi psixogen og‘riqlarda sezgi buzilishlari nervlanadigan sohalarga mos kelmaydi va har kuni bemor turli sohadagi yoki turli darajadagi og‘riqdan shikoyat qiladi. Nevrogen og‘riqlardan farqli o‘laroq, psixogen og‘riqlarda analgetiklar yordam bermaydi. To‘g‘ri olib borilgan psixofarmakoterapevtik muolajalar bemor ahvolini engillashtiradi. Ba’zan tuzalib ketgan bemorlar og‘riqning kuchayganidan shikoyat qilib, yana shifokorga murojaat qilishadi. Buning sababi ko‘pincha uydagi va ishdagi

mojarolardir. Glossalgiya bilan xastalangan bir ayol davolash kursini olib ketganidan so‘ng biroz vaqt o‘tgach, yana og‘riqning kuchayganidan murojaat qilib kelardi. Gap shundaki, bemorning turmush o‘rtog‘i ichkilikka mukkasidan ketgan va shu sababli uyida tez-tez janjal bo‘lib turardi. Bu bemorda kuchli darajadagi affektiv buzilishlar aniqlandi. Chunki qo‘rquv, ipoxondriya va depressiya psixogen nevralgiyalarning doimiy hamrohidir.

Psixogen nevralgiyalar ichida qovurg‘alararo og‘riqlar alohida e’tiborni talab qiladi. Ayniqsa, yurak sohasida joylashgan og‘riqlar bemorlarni o‘ta bezovta qiladi. Yosh ukasi avtomobil halokati sababli hayotdan ko‘z yumgan bemorning yurak sohasida sanchuvchi og‘riq paydo bo‘ladi. Bemor kardiologga murojaat qiladi. U bemorni yaxshilab tekshirib, kardiogramma qilib, yuragi sog‘lom ekani, qattiq siqilganidan shu og‘riq paydo bo‘lgani, tinchlantiruvchi dorilar ichish lozimligini va nevropatologga murojaat qilishni tavsiya qiladi. Nevropatolog ham bemorni obdan tekshirib, tinchlantiruvchi dorilar yozib beradi va psixoterapevtik muolajalar o‘tkazadi. Shunga qaramay, bemor ikki oy ichida yurak sohasidagi og‘riqlardan 16 marta EKG qildirgan va 10 marta «Tez yordam» mashinasini chaqirgan.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, ko‘krak qafasining o‘ng tomonida psixogen og‘riqlar juda kam uchraydi. Buning asl sababi yurakning chap tomonda joylashganligidir. Bu yana bir marta «qovurg‘alararo nevralgiya» va «stenokardiya» tashxislariga ehtiyotkorlik bilan yondashish kerakligini talab qiladi.


Download 27,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish