Машгулот №21 Мавзу: sovunlanmaydigan lipidlar



Download 243 Kb.
bet2/4
Sana29.04.2022
Hajmi243 Kb.
#593022
1   2   3   4
Bog'liq
Совунланмайдиган липид амалий

Ochiq zanjirli terpenlar. Ochiq zanjirli terpenlarga xmel moyida uchraydigan mirsen, atirgul moyida uchraydigan geraniol spirt, marvaridgul hidini eslatadigan linalool spirt, evkalipt moyida uchraydigan sitral va boshqalar misol bo’la oladi.
Sitral C10H16O asiklik monoterpen bo’lib, uning uglerod skeleti “boshi” “dumiga” tipi bo’yicha birikkan ikkita izopren qoldig’idan tuzilgan:

Sitral ko’pchilik efir moylarida uchraydi. U, ayniqsa, limon moyida ko’p miqdorda bo’ladi. Sitralni geraniol spirtning oksidlanish mahsuloti deb qarash mimkin. Sitral o’tkir limon hidli sarg’ish moydir. Tibbiyotda, asosan, keratit, konyuktiv kabi ko’z kasalliklarni davolashda ishlatiladi. U og’riqni qoldiruvchi va yallig’lanishni davolovchi ta’sir ko’rsatadi.
Bir halqali terpenlar va ularning kislorodli birikmalarini mentan qatoridagi uglevodorodlarning hosilalari deb qarash mumkin. Shuning uchun bir halqali terpenlar mentan qatorining terpenlari deb ataladi.

Terpingidrat kristall modda bo’lib, 115-117°C da suyuqlanadi. U tibbiyotda bronxit kasalligida balg’am ko’chiruvchi vosita sifatida, ba’zi hollarda esa antiseptik va kuchsiz siydik haydovchi modda sifatida qo’llaniladi.


Mentanning tibbiyotda ishlatiladigan kislorodli hosilalaridan yana biri mentoldir.
Mentol yoki 3-mentanol yalpiz moyida sof holda va sirka kislota bilan birikkan murakkab efir holida ko’p bo’ladi. Odatda, mentol yalpiz moyidan ajratib olinadi yoki timolni gidrogenlab sintezlanadi:

Mentol 42,5°C da suyuqlanadigan yalpiz hidli kristall modda. U suvda yomon, organik erituvchilarda esa yaxshi eriydi. Molekulasida uchta xirallik markazi bo’lgani uchun optik faollikka ega. Teriga surkalganda terini sovutadi, shu tufayli bosh og’riganda tinchlantiruvchi vosita sifatida ishlatiladi ishlatiladi. Mentol antiseptik xossaga ham ega va ko’pincha, burun va tomoqning shilliq pardalari yallig’langanda qo’llaniladi.
Bisiklik terpenlar.
Ikki halqali terpenlar molekulasidagi ikkita halqa bo’ladi. Kimyoviy reaksiyalarda ular ikki atom bromni biriktirib oladi, demak, ikki halqali terpenlar molekulasida bitta qo’shbog’ saqlanadi.
Uglerod zanjirining tuzilishiga ko`ra ikki halqali terpenlar bir necha guruhga bo`linadi. Ulardan karan, pinan va kamfan guruhlariga kiruvchi terpenlar diqqatga sazovordir:

Ikki halqali terpenlarning eng ahamiyatlisi – pinan guruhiga kiradiga pinendir.
Pinen. Qo`shbog`ning joylashishiga ko`ra α- va β- pinenlar mavjud bo`lib, ular terpentin moyining asosiy tarkibiy qismini tashkil qiladi:

α - pinen 155-156 ̊ C da, β-pinen esa 162-163 ̊ C da qynaydigan suyuqlik.
Kamfora. Kamfora kimyoviy jihatdan kamfanning kislorodli hosilasi – ikki halqali ketondir:

Kamfora ikkita xirallik markaziga ega, shuning uchun u to`rtta fazoviy izomerlar (22 =4) ko`rinishida bo`lishi kerak. Biroq, hazir kamforaning faqat bir juft enantiomerlari ma’lum, xolos. Kamfora – kristall modda bo’lib, o’ziga xos hidga, o’yuvchan va achchiq ta’mga ega. Suvda erimaydi, organik erituvchilarda oson eriydi.Tibbiyot amaliyotida kamforaning hamma turlari, ya’ni ongga va chapga buruvchi izomerlari handa rasemati qo’llaniladi. Kamforaning moydagi eritmasi oleum comphoraye yurak faoliyatini yaxshilash uchun, ba’zi hollarda esa balg’am ko’chiruvchi vosita sifatida qo’llaniladi.
Bromkamfora – kamfora hidiga o’xshash kristall modda, suvda erimaydi, organik erituvchilarda oson eriydi.Kamfora molekulasidagi korbanil guruh yonidagi CH2 ning vadarod atomlari, boshqa halqali ketonlarda bo’lgani kabi qo’zgaluvchandir. Shuning uchun kamforaga brom ta’sir ettirilganda shu metilen guruh vodorodlaridan biri bromga o’rin almashinadi :

Bromkamfora yurak faoliyatini yaxshilovchi hamda markaziy nerv sistemasini tinchlantiruvchi vosita sifatida qo’llaniladi. Diterpenlar. Diterpenlarga A vitamin yoki retinol kiradi. A vitamin o’sish, rivojlanish vitamin hisoblanadi. Tabiiy A vitaminining yon zanjiri boshidan oxirigacha trans – konfiguratsiyaga ega :

A vitamin o’simliklarda tayyor holda saqlanmaydi. U sut, sariyog’, tuxum sarig’ida, ayniqsa baliq moyi va hayvonlar jigarida ko’p miqdorda bo’ladi. Toza A vitamin moylarda oson eriydigan, sariq rangli kristall modda. Ovqatda A vitamin yetishmaganda organizmning o’sishi, rivojlanishi to’xtaydi, kishining vazni kamayib ketadi, ko’zning muguz pardasi – eng ustki tiniq pardasi qovjirab qoladi, yuqumli kasalliklarga qarshilik ko’rsatish qobiliyati susayadi. A vitamin yetishmaganda shabko’rlik boshlanadi. Tetraterpenlar. Bu guruhga karatinoidlar deb ataluvchi tabiiy moddalar kiradi. Karatinoidlar – tabiiy pigmentlar – bo’yalgan moddalar bo’lib, tuzilishi jihatdan sabzi va boshqa o’simliklarda, shuningdek hayvon yog’ida saqlanadigan qizil pigment – karotinga yaqindir

β – karotin molekulasida ikkita trimetilsiklogeksan halqasi 18 ta uglerod atomidan tuzilgan uzun zanjir bilan bog’langan. Bu zanjirda to’rtta metil guruh va to’qqizta oralatma qo’shbog’ mavjudKarotinlarning ahamiyati juda katta, chunki organizmda karotinaza fermenti ta’sirida ulardan A vitamin hosil bo’ladi. Shu boisdan ular A provitaminlar deb ataladi. β – karotin bilan A vitamin formulalari solishtirilsa, β – karotin ikki molekula A vitamin yig’indisidan iborat ekanligini ko’rish mumkin. Haqiqatan ham organizmda bir molekula β – karotindan ikki molekula A vitamin hosil bo’ladi.




Download 243 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish