Isitkichni ishlatish
Ta’sir mehanizmi:silliq mushaklarni reflektor bo’shashishini chaqiradi, ichki a’zolarga qon kelishini kuchaytiradi, og’riq qoldiruvchi va bo’shashtiruvchi ta’sir qiladi.
Ko’rsatma:
Umumiy yoki mahalliy isitish.
Qorin bo’shlig’i a’zolarini surunkali kasalliklari (gastrit, kolit, asoratlanmagan oshqozon va 12 barmoq ichak yarasi).
Gipertonik kriz.
Yallig’lanish infiltratlari.
Qarshi ko’rsatma:
Qorin bo’shlig’i a’zolari o’tkir yallig’lanish kasalliklari (appenditsit, xoletsistit, pankreatit, peritonit).
O’smalar, qon ketish holatlari, birinchi soatlardagi lat yeyishlar va jarohatdan keyingi birinchi kunlar.
Infitsirlangan yaralar.
Kerakli anjomlar:
Rezina isitkich.
70 °C haroratli suv.
Sochiq yoki kichik choyshab.
Vazelin.
1%xloramin eritmasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |