Kolostomiyani parvarishlash
Axlatli oqma (kolostoma) – bu notabiiy orqa teshik bo’lib, axlat massalarini chiqarish uchun xizmat qiladi. Asosan chap yonbosh sohaga qo’yiladi.
Maqsad. Kolostoma atrof terisini yallig’lanishini oldini olish.
Ko’rsatma. Har gal axlat kelgandan keyin tozalash maqsadida.
Kerakli anjomlar. Steril doka salfetkalar va paxta shariklar; sterilpinset, shpatel; qaychi; sterilvazelin moyi; sink mazi yoki Lassar pastasi; 3 % vodorod peroksid eritmasi; 96% spirt; steril va ishlatilgan shariklar uchun buyraksimon tog’orachalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |