32
I-bob yuzasidan xulosa
Didaktik o`yin davomida bolalar o`rtaga qo`yilgan masalani echishda
sabrli bo`lishga, qiziquvchanlikka, diqqat bilan tinglab, baland pastligiga, ritmiga,
tembriga, dinamikasiga qarab bir-biridan farq qila olishga o`rgatib boriladi.
Musiqiy didaktik o`yinlar orqali tovushlarni bir-biridan ajratishda ritmik usulni
ajrata olish, qo`shiqlar va chalinadigan asboblarning ovozina tembirini ajratish,
tovushning dinamikasini ajrata olish uchun foydalanish kabi vazifalar amalga
oshiriladi. Didaktik o`yinlar foydalaniladigan materiallarning tabiatiga qarab,
shartli ravishda buyumlar bilan o`ynaladigan o`yinlar, stol ustiga qo`yib
o`ynaladigan o`yinlar va og`zaki o`yinlarga bo`linadi.
Xulosa o’rnida ta’kidlash joizki, maktabgacha yoshdagi bolalarda axloqiy
sifatlarni shakllantirish, shaxs ma’naviy barkamolligining asosini tashkil etib,
bunda bolalarning yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda,
ulardagi axloqiy sifatlarni o’zlashtirishga bo’lgan qiziqish, ehtiyojni to’la
qondirishga yordam beruvchi, pedagogik texnologiyalarga asoslangan zamonaviy
didaktik ishlanmalarni tayyorlash va ularni amalga oshirishning mustahkam
mexanizmini ishlab chiqish muammoning amaliy echimini ta’minlaydi.
Estetik tarbiya bolalarni xar tomonlama barkamol inson qilib tarbiyalashning
muxim qismi bo`lib, aqliy, axloqiy, jismoniy tarbiya bilan chambarchas
bog`langan xolda amalga oshiriladi.
Bugungi kunda, mamlakatimiz oliy ta'lim tizimida pedagog kadrlarni
tayyorlash tizimini zamon talablari darajasida qayta tashkil etish maqsadida
ta'limning xalqaro andozalaridan samarali foydalanish dolzarb ahamiyat kasb
etmoqda.
Maktabgacha yoshdagi bola shaxsining rivojlanishida tayanch vazifani
tarbiyachining qo'yilgan talablarga qanchalik muvofiq ekanligi belgilab beradi.
Maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyachisi eng avvalo, bolaning kelajagi,
taqdiri uchun yuksak mas'uliyatni to'la anglab yetishi zarur. Faqatgina
33
maktabgacha yoshdagi bola rivojining muhim qadriyat ekanligi ni tushunishgina
emas, balki bola rivojlanishi qonuniyatlariga doir bilimlarni ham egallashi juda
muhimdir. Ana shunday qonuniyatlardan biri bolaning jismoniy va psixik
rivojining uni o'rab turgan atrof-muhit bilan bog'liqligidir.
Maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyachisining bolalarni muvafaqqiyatli
tarbiyalash uchun zarur pedagogik shart-sharoitlar yaratish funksiyasi bolani
faollikka undash, uni rivojlantiruvchi tavsifdagi faoliyatga jalb etishni talab etadi.
Bolaning jismoniy va psixologik salomatligini mustahkamlash haqida g'amxo'rlik
qilish maktabgacha yoshdagi tarbiyani oqilona tashkil etishning garovi bo'lib,
mazkur yosh davri rivoji bolaning ijtimoiy holati, kayfiyati, emotsional
ko'rinishlariga bevosita bog'liqdir. Zamonaviy tarbiyachi psixologik-pedagogik,
sotsiologik tadqiqotlarga tayangan holda bola shaxsi rivojlanishi uchun uning
ta'sirini hech narsa, hatto yuqori toifali ta'lim muassasasi ham bosa olmaydigan oila
ekanligini anglab yetadi. Mustaqil ta'limning maqsadi -tarbiyachi shaxsini
bosqichma-bosqich rivojlantirish, kasbiy mahoratini oshirib borishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |