18. Shohrux tomonidan Xorazm Oltin O’rda
xonlari tasarrufidan qaytarib olingach Ulug’bek
davlatining qaysi chegaralarining tomonlari
xavfsizligi barqarorlashgan?
A) sharqiy va janubiy B) g’arbiy va janubiy
C) g’arbiy va shimoliy D) shimoliy va sharqiy
19. Nima sababli Ulug’bek Dashti Qipchoqda
boshlangan o’zaro nizoga hamda Mo’g’ulistonda
avj olgan ichki kurashlarga jiddiy e’tibor berishga
va aralashishga majbur bo’ladi?
A) Mo’g’uliston taxtiga temuriy shahzodani o’tkazish
maqsadida
B) Xorazmni Oltin O’rda xonlari tasarrufidan qaytarib
olish uchun
C) davlatining shimoli-g’arbiy va shimoli-sharqiy
chegaralarining xavfsizligini ta’minlash uchun
D) mahalliy muxolifatchi kuchlarni bartaraf etish
maqsadida
20. Qachon Ulug’bek Mo’g’uliston ustiga yurish
boshlaydi?
A) 1425-yil. B) 1426-yil. C) 1427-yil. D) 1428-yil.
Do'stlaringiz bilan baham: |