Kirish
Mavzning dolzarbligi: Mamlakatimizda olib borilayotgan oqilona va izchil iqtisodiy siyosat orqali katta muvaffiqiyat va natijalarga erishilmoqda. O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek, “Bugungi kunda mamlakatimizni, avvalo iqtisodiyotimizni isloh etish, erkinlashtirish va modernizatsiya qilish, uning tarkibiy tuzilishini diversifikatsiya qilish borasida amalga oshirilayotgan har tomonlama asosli va chuqur o’ylangan siyosat bizni inqirozlar va boshqa taxdidlarning salbiy ta’sirlaridan himoya qiladigan kuchli to’siq, aytish mumkinki mustahkam va ishonchli himoya vositasini yaratdi”.
Har qanday jamiyatning asosini iqtisodiy munosabatlar tashkil etadi. Iqtisodiy munosabatlarning paydo bo’lishi va rivojlanishi jamiyat taraqqiyotining turli bosqichlarida o’ziga xos xususiyat kasb etadi. Iqtisodiy munosabatlar bir joyda o’zgarishsiz qotib turmaydi. Ular doimo o’zgarib rivojlanib boradi.
Har qanday mamlakat iqtisodiy o’sish, iqtisodiy resurslarning to’la bandligi va narxlarning barqaror darajasiga erishishga harakat qiladi. Ammo uzoq muddatli iqtisodiy o’sish bir tekis va uzluksiz bormaydi, u iqtisodiy beqarorlik davrlari ta’sirida tebranib turadi.
Jahon miqyosida raqobat tobora kuchayib borayotgan bugungi keskin bir davr barchamizdan yangicha ishlash va fikrlashni, yuqori darajada safarbarlikni talab qilmoqda.
Shunga ko’ra, mamlakatimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko’tarish maqsadida 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 5ta ustuvor yo’nalishlari bo’yicha Harakatlar strategiyasi qabul qilindi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga yo’llagan murojatnomasida 2020-yilda makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va inflyatsiyani jilovlash- iqtisodiy islohotlar jarayonidagi bosh vazifamiz ekanligini ta’kidladi. Biz shu yildan boshlab inflyatsiyani targetlash tizimini joriy qilishga o’tdik. Bu borada Iqtisodiyot va sanoat vazrligi, Moliya vazirligi iqtisodiy o’sish bilan inflyatsiya o’rtasidagi muvozanatni ta’minlashi, tashqi xavf-xatarlarni hisobga olishi zarur.
Xalqaro tajribani o’rganib, raqobatni olib kirish mumkin bo’lgan monopoliya sohalariga xususiy sector uchun yo’l ochish va shu orqali raqobat muhitini shakllantirish lozim. Bu borada tabiiy monopoliya va raqobat to’g’risidagi qonunlarni yangilash hamda iqtisodiyotda raqobat muhitini shakllantirish strategiyasini ishlab chiqish talab qilinadi. Iqtisodiyotni yuqori sur’atlar bilan rivojlantirish uchun faol investitsiya siyosatini izchil davom ettirish zarur.
Hozirgi vatda qurilish sohasi iqtisodiyotning muhim “drayver”laridan biriga aylandi. Bu sohaning YaIM dagi ulishi 6 foizdan oshgani ham bu fikrni yaqqol tasdiqlab turibdi. Ushbu tarmoqni yanada rivojlantirish uchun qurilishga oid normalarni xalqaro standartlar bilan uyg’unlashtirish, zamonaviy qurilish texnologiyalari va materiallarini tatbiq etish, soha uchun kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish va sohada axborot texnologiyalarini keng joriy qilish zarur.
Barqaror iqtisodiy o’sishning eng muhim asosi- raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish, ular uchun yangi xalqaro bozorlar topish va eksportni ko’paytirish, tranzit salohiyatidan to’liq foydalanish hisoblanadi.
Amalga oshirilayotgan islohotlarimiz jahon hamjamiyati tomonidan munosib baholanmoqda. Xususan, dunyodagi nufuzli nashrlardan biri- “Ekonomist” jurnali O’zbekistonni 2019-yilda islohotlarni jadal amalga oshirgan davlat- “Yil mamlakati” deb e’tirof etdi. Bunday baho barchamizga cheksiz g’urur, iftixor va kuch bag’ishlaydi.
Mazkur kurs ishini yozishda makroiqtisodiy beqarorlik va iqtisodiyotning sklliligi, sikllarning turlari va inqirozning mazmun mohiyati hamda kelib chiqish sabablari, jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozining O’zbekiston iqtisodiyotiga ta’siri, uning oldini olish va yumshatish choralari yoritib beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |