y=2 da dasturimiz natijasi -2 ga teng bo’lyapti. Yuqorida Excelda ham huddi shunday natijaga erishgandik.
Dastur kompilatsiya qilgandan keyin .exe fayl xosil qiladi uni bemalol dasturlash tili o’rnatilmagan kompyuterda ishga tushirib natija olsak bo’ladi.
Masalani C++ builder dasturida visual yaratishni ko’rib chiqamiz. Hozirgi kunda C++ builderni yangi versiyalari chiqib ketgan. Biz hozir eski bo’lsada lekin bizga natija beruvchi Borland C++ Builder 6 versiyasidan foydalanimiz.
C++ Builder 6 ni interfeysi shu ko’rinishda bo’ladi. Bizni ish oynamiz bu form hisoblanadi. Biz form oynasiga kerakli instrumentlarni joylab olamiz bizga kerak quyidagi instrumentlar kerak bo’ladi.
Shu ko’rinishda komponentalarni joylashtirib chiqamiz. Keyin esa uni quyidagi ko’rinishga keltirib olamiz.
Bu yerda ikkita rasm formula ko’rinishda joylashtirilgan. Biz uni word dasturida shu ikkita formulani yozib olib
Uni rasm sifatida saqlab olamiz va Photoshop yordamida orqa foni shaffof ko’rinishga keltiramiz. So’ngra rasmni .png formatta saqlaymiz. Keyin esa C++ builder dasturida rasmni formaga yuklab olamiz. Formaga rasmni yuklab olish uchun image1 komponentasidan foydalanimiz. Image1 komponentasini kerakli joyga qoyib uni picture hossasiga rasmni yuklab qoyamiz.
Quyidagi 5 ta ketma-ketlik orqali Image1 komponentasiga rasm yuklanadi. Shu bilan ikkinchi Image2 ga ham shu tariq rasmni yuklab olamiz.
Endi formaga chiroyli dizayn berish uchun sSkinmanager1 komponentasidan foydalanamiz. Uning SkinName bo’limidan Golden variantini tanlaymiz. Man biz formaga interfeys berdik.
Ilovani ikonkasini shu ko’rinishga keltirish uchun bizga aynan shu rasm ko’rinishdagi ikonka ya’ni .ico fayl kerak bo’ladi. Biz maxsus grafik dasturlar yodamida shu rasmli 48x48 o’lchamli .ico fayl hosil qilib olamiz. Endi esa bu ico faylni yaratgan proyektimizga quyidagi ketma-ketlikda yuklaymiz.
P roject->Application->Load Icon.. bandini tanlaymiz.
Kerakli rasm tanlanib Otkrit tugmasi va tasdiqlash uchun OK tugmasi bosiladi.
Formaga dizayn berib bo’ldik. Endi esa dasturning asosiy qismiga o’tamiz. Aslida birinchi navbatta dasturning asosiy qismi tuzib olinib keyin dizayn beriladi.
Button1 tugmasini ikki marta bosamiz. Kodlar yozish oynasi bizda aks etadi. Biz kodlar oynasiga yuqorida C++ dasturlash tilida yozilgan kodlardan foydanamiz. Faqat bizda qiymat kiritish va chiqarish qismida biroz o’zgarish bo’ladi. Kodlar oynasiga quyidagi kodni kiritamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |