Masalan: 16 = 2*2*2*2



Download 147,18 Kb.
Sana10.09.2021
Hajmi147,18 Kb.
#171178
Bog'liq
Ikki sonning EKUBini topish. Yevkilid algoritmi


Ikki sonning EKUBini topish. Yevkilid algoritmi

Berilgan ikki son ega bo’lgan eng katta umumiy bo’luvchi EKUB deb ataladi.

EKUB ni topishning eng oddiy usulini maktab darsliklarida ko'rsatib o'tilgan, bunda ikkala sonni tub bo’luvchilarga ajratiladi va ulardan umumiylarini ko’paytirib chiqiladi

Masalan:  16 = 2*2*2*2

76 = 2*2*19

   EKUB = 2*2 = 4

Lekin, dasturlashda bu usuldan foydalanish noqulay va nisbatan sekin. Chunki, avval, har bir sonni tub ko'paytuvchilarga ajratish kerak. Keyin har biridan umumiylarini topib chiqish kerak.

Shuning uchun dasturlashda boshqa samaraliroq va tezroq usul bo'lgan Yevklid algoritmidan foydalaniladi.

Yevklid algoritmi.

Yevklid algoritmi ikkita qoidaga asoslanadi:



  1. Ikkita sondan kattasidan kichigi ayrilganda ularning EKUBi o’zgarmaydi

Yuqoridagi misoldagi 76 va 16 ning shu tarzda EKUBini topib ko'raylik. Bunda 76 dan 16 ayirma 16 dan kichik bo'lib qolguncha ayrib boriladi. Ayirma 16 dan kichik bo'lib qolgan payt ularning o'rni almashtiriladi

76 - 16 = 60

60 - 16 = 44

44 - 16 = 28

28-16 = 12

16 - 12 = 4

Shu tarzda yakunda biz EKUBga ega bo'lamiz.

Muammo: Agar sonlar 1 000 000 va 2 bo’lsachi? Unda algoritm 500 000 dan ortiq amal bajarishiga to'g'ri keladi. Ikki son orasidagi farq oshgani sari algoritm bajaradigan ish ham keskin ortib ketadi.

2. Qadamlar sonini kamaytirish uchun ayrish o’rniga qoldiqli bo’lishdan foydalanish mumkin. Bunda 1 000 000 va 2 sonlarining EKUBi atiga bir-ikkita amal bilan topiladi.

Yevklid algoritmi qadamlari:


  1. Ikkita sondan kattasini kichigiga bo’lib qoldiq olamiz.

  2. Ularni o’rnini almashtiramiz

  3. 1- va 2-qadamlarni sonlardan biri nol bo’lib qolguncha davom ettiramiz

  4. Qolgan son shu ikki son uchun EKUB bo’ladi.

Algoritm implementatsiyasi videosiga o'tishdan oldin. Uning dasturini o'zingiz mustaqil yozib ko'rishni maslahat beramiz.

Yevklid algoritmi qay tarzda ishlaydi. (Geometrik tushuntirish)

Bilamizki, Yevklid geometriya fani olimi bo'lgan shuning uchun u yaratgan algoritmni geometriya orqali tushuntirib berishga harakat qilamiz.

Misol: 38 va 16 sonlarining EKUBini Yevklid algoritmi yordamida toping.

Keling tomonlari 38 va 16 bo'lgan to'g'ri to'rtburchak chizib olamiz.



Endi bu to'rtburchakdan tomoni 16 ga teng bo'lgan kvadratlarni ajratib olamiz.



Bu narsa bizga 38 ni 16 ga bo'lgandagi butun va qoldiq qismni vizual ko'rsatib beradi. Ya'ni:



O'ng tarafdagi bo'yalmagan qism bizdagi qoldiqni (6) ifodalaydi. Endi yuqoridagi ishni o'sha 16 ga 6 tomonli to'g'ri to'rtburchak uchun davom ettiramiz.



Huddi yuqoridagidek:



Shu tarzda qoldiq nolga tenglashguncha davom etamiz.









Shu joyda algoritm o'z ishini yakunlaydi va eng kichik kvadrat tomoni (2) bizga 38 va 16 uchun EKUBni beradi.



Bu holatda tomoni to'g'ri to'rtburchak tomonlari EKUBiga teng bo'lgan kvadrat shu to'g'ri to'rtburchakning barcha sohasini to'ldirib chiqa oladigan eng katta tomonli kvadrat.
Download 147,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish