Agar o’nli kasrning o’ng tomonida turgan nol olib tashlansa yoki kasrning o’ng tomoniga nollar yozilsa, berilgan kasrga teng kasr hosil bo’ladi.
Masalan. 0,56=0,560=0,5600; 15=15,0=15,00.
Ikkita o’nli kasrni o’zaro taqqoslash uchun:
-- oldin ularning birining o’ng tomoniga nollar yozib, ularning verguldan keyingi raqamlari soni tenglashtiriladi;
-- so’ng vergullar tashlab yuboriladi va hosil bo’lgan natural sonlar o’zaro taqsimlanadi.
Masalan. 23,89 va 18,9
23,89 va 18,90 vergullarni tashlab yuboramiz: 2389> 1890. Demak, 23,89 > 18,9.
Sonlar nurida teng o’nli kasrlar bitta nuqta bilan tasvirlanadi.
Sonlar nurida katta o’nli kasrlar kichigidan o’ngda, kichik o’nli kasr esa kattasidan chapda yotadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |