Masalalarni modellashtirish orqali yechish



Download 20,38 Kb.
Sana01.06.2022
Hajmi20,38 Kb.
#624510
Bog'liq
MASALALARNI MODELLASHTIRISH ORQALI YECHISH


MASALALARNI MODELLASHTIRISH ORQALI YECHISH
Abduvaliyeva Muslimaxon Shavkatjon qizi
FarDU Ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi
(Boshlang‘ich ta’lim) 1-bosqich magistranti
Muslimaxonabduvaliyeva00@gmail.com
+99891-6753239
Annotatsiya:Ushbu maqolada model va modellashtirish,boshlang’ich sinflarda modellashtirish orqali masala yechish haqida ma’lumotlar berilgan.
Kalit so’zlar:model,modellashtirish,chizma,garfik,sxema,formula.
Tabiat va jamiatdagi ob`ektlar xamda ularning xossalari kuzatilayotganda ular to`g`risida dastlabki tushunchalar hosil bo`ladi.Bu tushunchalar oddiy so`zlashuv tilida, turli rasmlar, sxemalar, belgilar, formulalar orqali ifodalanilishi mumkin.Xuddi ana shunday ifodalash model, modellar yordamida kuzatilayotgan ob`ektni bilish esa, modellashtirish deyiladi.
Model tushunchasi lotincha “moduls” so`zidan olingan bo`lib o`lchov, me`yor degan ma`noni bildiradi. Model biror ob`ekt yoki ob`ektlar tizimining aksidir.Model juda keng qamrovli tushuncha bo`lib,unga alohida ta`rif berilmagan, lekin biz o’rganayotgan holda uni quyidagicha ta`riflash mumkin.
Model – bu ob`ektiv borliq yoki jarayonlarning sub`ektiv aksidir.U shunday moddiy yoki fikran ko`z oldimizga keltiriladigan ob`ektki, uni bevosita o`rganish va natijada ular haqida yangi bilimlar hosil qilish mumkin.
Modelllashtirish jarayoni deganda model tuzish, uni o`rganish va ma`lum ob`ektga qo`llash tushuniladi.Modellashtirish usullaridan foydalanishning zarurligi shundan iboratki, turli xil ob`ektlarni (muamolarni) bevosita o`rganish, ba`zi xollar uchun umuman mumkin emas (masalan, iqtisodiyotning kelajakdagi holati, jamiyatini iste`mol qilish quvvatlari va h.k.) yoki bu izlanish ortiqcha vaqt va xarajat talab qilish mumkin.Modellashtirish usullarini va modellarini quyidagi belgilari bo`yicha guruhlariga ajratish mumkin:tatbiq qilish doirasi bo`yicha, modellashtirishtiruvchi ob`ekt xarakteri bo`yicha,modellarni tavsiflash darajasi bo`yicha, modellashtirish vositasi bo`yicha va h.k.
Boshlang’ich sinflarda ham modellashtirish tushunchasi bir qancha fanlar doirasida namoyon bo’ladi.Masalan,texnalogiya darslarida ham biror bir buyumning modeli yasaladi,eskizi chiziladi.
Hozirgi zamon matematika dasturida o’quvchilarni faqatgina tayyor masalalarni yechishga emas,balki hayotdagi bazi bir muammolarni hal qilishda to’plangan ma’lumotlar asosida masala tuzish va uni tahlil qilib yechish yo’llarini o’rgatishga katta ahamiyat berilmoqda.Shu bois,boshlang’ich sinfdan boshlaboq shu muammoni bartaraf qilishga katta e’tibor qaratilmoqda.
Dastlabki bosqichda o’quvchilarni berilgan matnli masalalarga teskari masala tuzish qismida berilgan sonli ifodaga ko’ra masala tuzish yaxshi samara beradi.Boshlang’ich sinfda masalaning turli xil usulda modellashtirish mumkin. Masala modeli asosda yechish o’quvchilarning masala mohiyatini to’g’ri tushunishga yordam beradi. Masalani matematik modellashtirish esa o’qituvchilarni bir xil tipdagi masalalarni yechishga e’tibor qaratish imkonini beradi. Misol sifatida bir necha masalani turli xil modellarini ko’rib chiqaylik.
1-masala
Oshxonada 60 kg kartoshka va undan 24 kg kam piyoz olib kelindi.Oshxonaga qancha piyoz va kartoshka olib kelindi?
Yechish: a = 60 ; b = 24 ;
Masala modeli a+b;
Bunday modellarni o`qituvchi bilish zarur.Chunki dars davomida masalani modellar orqali yechish o’quvchiga oson tushuntirishga yordam beradi.Yuqoridagi masala sodda masala ya’ni birinchi sinflarga mosdir.
Ikkinchi sinfda ham mavzu o`tkazilgandan so`ng matematik modeldan o`quv jarayonida foydalanishlari lozim.Ikkinchi sinfdagi barcha masalalarni matematik modellarni matematik modellari quyidagi ko`rinishlarga to`g`ri keladi:
a · b - c ; a - b · c ;
a : b + c ; a - a : c a + b : c
(a + b ) : c ; a : b + b · c
Masalan,quyidagi masalani matematik modelini tuzaylik.
2-masala.
4 ta vazaga 5 tadan olma va 8 ta olma solindi.Idishlarga hammasi bo`lib nechta olma solingan?
Matematik modeli a•b+c
Masalani yechish uchun a=4;b =5;ekanligini bilishimiz zarur.
3-masala:Birinchi to’pda 28 m,ikkinchi to’pda esa undan 14 m ortiq mato bor.Hammasi bo’lib necha m mato bor?
Bu masala yechimi a+b+a=2a+b modeli orqali yechiladi.
Ma’lumki,boshlang’ich sinfda masalani turli modellashtirish masalani qisqa yozuvi,rasm asosida beriladigan masalalar,chizma asosida berilgan masalalar va h.k.bilan tanishtiriladi.Ularning ichida masalaning matematik modeli ustida ijodiy ishlash ahamiyatga ega.Umuman masalaning matematik modelini sodda qilib aytganda quyidagicha ta’riflash mumkin.
Masalaning matematik modeli─masala bayon etilgan muammoli vaziyatni matematik tilga o’girish,bu holatni formulalar,tenglama va tengsizliklar orqali ifodalashdir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Bikbaeva N.U. R.I Sidelnikova, G.A.Adambekova. Boshlang’ich sinflarda
matematika o’qitish metodikasi.(O’rta maktab boshlang’ich ta’lim o’qituvchilari uchun qo’llanma.Toshkent-O’qituvchi)
2. Tadjiyeva Z., Jumayev M.E. Matematika o’qitish metodikasi.T-2005.
3. A. Asimov, Sh. Jo`rayev , Masala yechish usullari ,Farg`ona ziyosi
2011- yil 1 – son.
4. D. F. To’xtasinov – Central Azian Journal of Education, 2018
Download 20,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish