.
Zardushtiylikning ehtiromga sazovor xudolari
Ahuramazda, Mitra va Anaxitadir. Ahuramazda
zardushtiylarning ulug' va donishmand oliy
xudosi hisoblanadi. Mitra - Quyosh va yorug'lik
xudosi, dehqonlar va chorvadorlarning
hosildorlik, farovonlik va mol-davlat homiysidir.
Mitra Ahuramazda va odamlar o'rtasida bosh
vositachi bo'lgan. Mitra o'spirin jangchi qiyofasida
tasvirlangan. O'tli chaqmoqlar yordamida u
yovuzlik va o'lim xudosi bo'lmish Ahriman bilan
jang qiladi. Zardushtilar yomg'irdan keyin hosil
bo'ladigan kamalaka Mitraning o'q uzayotgan
yoyi deb sig'inganlar. Anaxita zardushtiylikda
hosildorlik va suv ilohasi hisoblangan.
Zardushtiylik dini ta'limoti insoniyatning Ezgulik
va Yovuzlik haqidagi qarashlari takomiliga katta
ta'sir ko'rsatdi.