Masalalarning yechilishi bilan tanishtirish.
Tegishli tayoorgarlik ishlarini ko’zda tutgan holda, bolalarni ko’rilayotgan turdagi masalalarning yechilishi bilan tanishtirishga o’tish mumkin.Masalalar yechishga o’rgatishning bu ikkinchi bosqichida masala ustida ishlash metodikasida quyidagi bosqichlarga rioya qilish maqsadga muvofiqdir:1-ETAP—masala mazmuni bilan tanishtirish;2-ETAP—masala yechimini izlash;3-ETAP—masalani yechish;4-ETAP—masala yechimini tekshirish;Ajratilgan bosqichlar bir-biri bilan uzviy bog’langan va bu bosqichning har bir bosqihida ish asosan o’qituvchi raxbarligida olib boriladi.Har bir bosqichda ishlash metodikasini batafsil ko’rib chiqamiz.1. Masala mazmuni bilan tanishtirish.Masala mazmuni bilan tanishish—uni o’qib, aks ettirilgan hayotiy vaziyatni ko’z oldiga keltirish,demakdir.Masalani, odatda bolalar o’qiydilar.Masala teksti bolalarda bo’lmagan taqdirda yoki ular hali o’qishni bilmagan holda masalani o’qituvchi o’qiydi.Bolalarni masalani tog’ri o’qishga o’rgatish juda muhimdir:amalni tanlashni belgilab beradigan,,bor edi’’, ,,jo’nab ketdilar’’, ,,qoldi’’, ,,baravardan bo’ldi’’ kabi so’zlarga va sonli ma’lumotlarga urg’u berib o’qish, masala savolini intonatsiya bilan ajratib o’qish.Agar masala tekstida tushunarsiz so’zlar uchrasa, masalan,buldozer,o’rish mashinasi va h.k. ko’rsatish kerak.Masalani bolalar bir-ikki marta,bazan bir necha marta o’qishadi,biroq masalani bitta o’qiganda eslab qolishiga ularni astaroq diqqat bilan o’qiydilar.Masalani o’qiganda, bolalar masalada aks ettirilgan hayotiy vaziyatni tasavvur qila olishlari lozim.Shu maqsadda bolalar masalani o’qib bo’lishganidan keyin masalada nima to’g’risida gap ketayotganini tasavvur qilib ko’rishlari va hikoya qilib berishlari va hikoya qilib berishlarini taklif qilish maqsadga muvofiq bo’ladi.2. Masala yechimini izlash. Masala mazmuni bilan tanishgandan so’ng uning yechimini izlashga o’tish mumkin:o’quvchilar masalaga kirgan kattaliklar,berilgan sonlar va izlanayotgan sonni ajratib ko’rsatishlari, berilgan sonlar va izlanayotgan son orasidagi bog’lanishni aniqlashlari va buning asosida tegishli arifmetik amalni tanlashlari kerak.Yangi turdagi masalalarni kiritilayotganda masala yechimini izlashga o’qituvchi raxbarlik qiladi,keyinchalik o’quvchilar buni mustaqil bajaradilar.U holda ham, bu holda ham kattaliklar, berilgan sonlar va izlanayotgan sonni ajratish,ular orasidagi bog’lanishlarni aniqlashda bolalarga yordam beradigan maxsus usullardan foydalaniladi.Bunday usullar jumlasiga masalani illyustratsiyalash,masalalarni takrorlash, masalani razbor qilish va yechilish planini tuzish kiradi.Bu usullarning har birini ko’rib chiqamiz.Masalani illuytratsiyalash- bu masalaga kirgan kattaliklar, berilgan va izlanayotgan sonlarni ajratish va ular orasida bog’lanishni aniqlash uchun ko’rsatma qurollardan foydalanish, demakdir.Illyustratsiya predmetli yoki sxematik bo’lishi mumkin.Birinchi holda masalada aytilayotgan predmetlardan yoki bu predmetlarning rasmlaridan illyustratsiya sifatida foydalaniladi;Ular yordamida predmetlar ustida tegishli amallar illyustratsiya qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |