Masalalar. 11.1-masala. Ish joyida bajariladigan ish faoliyatini quyidagi ko’rsatkichlar asosida xarakterlash mumkin.
Stanokning reja bo’yicha yillik samarali ish vaqti fondi, mashina\soat-4368.
Stanoklarning xaqiqatdagi samarali ish vaqti fondi, mashina\soat-3998.
Haqiqatda ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi (d\soat)-15 dona.
Rejadagi ishlab chiqarish hajmi-18 dona
Yillik ishlab chiqariladigan mahsulot mehnat sig’imi 252000 norma\soat.
O’rnatilgan barcha stanoklarning yillik ish vaqti fon, mashina soat 262080 norma\soat.
Sutkada xaqiqatda ishlangan mashina\soat smenalar soni 60.
Stanoklarning umumiy soni (n)-30.
Bir ish joyida ishlab chiqariladigan yillik mahsulot mehnat sig’imi norma\soat-4400.
Ish haqini hisoblash ish joyi uchun belgilangan mehnat sig’imi norma\soat-4500.
Barcha ishlab chiqariladigan yillik mahsulot hajmining reja bo’yicha mehnat sig’imi norma\soat 132000 (ish haqi hisob kitobida hisobga olinadi).
Mahsulot ishlab chiqarish me’yorining bajarilish koeffitsienti-1,1.
Ushbu ma’lumotlardan foydalanib, ikki smenalik ish uchun ish joylarining tashkiliy darajasi quyidagi ko’rsatkichlar asosida aniqlansin:
Ish vaqtidan samarali foydalanish.
Ishchining samarali ish unumi bilan bandligi.
11.2-masala. Sexdagi ish joylaridan 80 tasi attestatsiya qilindi. 60 ta ish joyida koeffitsient Ksm=2, qolgan 20 ta ish joyiniki esa Ksm=1.2. 20 ta attestatsiyalanmagan ish joylarining smenalik koeffitsienti Ksm=2, 40 tasi attestatsiyalanmadi. 60 ta attestatsiyalanmagan ish joylarining smenali koeiffetsienti Ksm=1 ga teng. Ushbu tadbirning iqtisodiy samaradorligi aniqlansin.
11.3 -masala. Ish joyida bir mahsulotni tayyorlash bo’yicha takomillashgan texnologik jarayon asosida tayyorlashda mehnat sig’imi Tx-3.6 soatni, xaqiqatda qo’llanilayotgan texnologik jarayon bo’yicha esa Tr-5.5 norma\soatni tashkil etadi. Soatli ishlab chiqarish unumdorligi takomillashgan stanokda Ux-35 dona, haqiqatdagi stanokda Ur- 35 dona. Ushbu ma’lumotlardan foydalangan holda ish joyining takomillashgan texnika va texnologiya asosida texnologik darajasi va stanokning unumdorlik darajasi aniqlansin.
11.4-masala. 20 ta ish joylari an’anaviy asbob-uskunalar, jihozlar, bilan ta’minlangandan so’ng, bir operatsiyaning mehnat sig’imi 12% ga kamaydi. 20 ta ishchi bajaradigan operatsiyaning mehnat sig’imi umumiy ishlab chiqariladigan mahsulot mehnat sig’imining 30 %ni tashkil etadi. Smenada ishlaydigan ishchilar soni 40 kishi. Yillik ishlab chiqarish programmasi 105 ming norma\soat. Bir ishchining samarali ish vaqti fondi 1880 soat. Bir ishchining o’rtacha yillik ish haqi fondi 1880 soat. Bir ishchining o’rtacha yillik ish haqi 17500 so’m. Tadbirni o’tkazish uchun xarajatlar 20000 so’m. Shartli-doimiy xarajatlarning tannarxdagi ulushi 30 %. O’tkazilgan tadbirning iqtisodiy samaradorligini aniqlang.
11.5 -masala. Berilgan ma’lumotlar asosida ish joylarini tashkil etish, ishchilarga xizmat ko’rsatish, mehnatni me’yorlashtirish koeffitsientini aniqlang.
Ma’lumotlar quyidagilar:
Talab darajasiga javob beradigan ish joylari 221 dona; O’rtacha ro’yxatdagi ishchilar soni 320 ta; O’z vaqtida xizmat ko’rsatilganligi sababli yo’qotilgan vaqt yig’indisi 120150 minut;
Smena davomiyligi 8 soat; 6 smena nazorat qilindi; Norma bo’yicha ishlaydigan ishchilar soni 291 kishi