Masala turlari va tiplari. Mantiqiy va ijodiy yondashuvli masalalar


Masalalarni tuzish va o‘zgartirish



Download 305,15 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana18.11.2022
Hajmi305,15 Kb.
#867755
1   2   3
Bog'liq
6-amaliy

Masalalarni tuzish va o‘zgartirish.
Masalalarni tuzish va o‘zgartirishga doir mashqlarning 
ba’zi bir turlarini qarab chiqamiz. 
1. Masalaning berilgan shartiga savol qo‘yish va berilgan savolni o‘zgartirish.Bunday mashqlar 
berilgan sonlar va izlanayotgan son orasidagi bog‘lanishlar haqidagi bilimlarni umumlashtirishga 
yordam beradi, chunki bunda bolalar ma’lum berilgan sonlar bo‘yicha nimalarni bilish mumkinligi 
o‘zlashtiradilar. Masalan: «Bitta qutida 48 ta qalam, 2-qutida esa 12 ta qalam bor. O‘quvchlar 
quyidagi savollarni qo‘yishlari mumkin: Bir qutida ikkinchi qutiga qaraganda nechta ko‘p (kam) 
qalam bor? Ikkala qutida nechta qalam bor? Ikkala qutida baravar qalam bo‘lishi uchun biridan 
ikkinchisiga nechta qalamni olib solish kerak? Va hokazo amal bilan yechiladigan bo‘lsin, yoki 
tezlik haqida, bahor haqida va hokazo so‘ralsin yoki masalada ko‘rsatilgan amal bilan yechilsin. 
Ba’zi masalarni yechib bo‘fgandan so‘ng, bolarga masala sazolini o‘zgartirishai taklif qilish 
foydalidir. 
2. Berilgan savol bo‘yicha masala shartini tuzish.Bunday mashiqlarni bajara yotganda 
o‘quvchilar izlanayotgan sonni topish uchun qanday berilgan sonlarga ega bo‘lishi kerakligini 
aniqlaydilar. Bu ham berilgan son va izlanayotgan son orasidagi bog‘lanishlar haqidagi bilimlarni 
umumlashtirishga olib keladi. Masalani savoli quyidagicha bo‘lgan masala shartini tuzish haqida 
topshiriq berilsin 2ta bochkada necha chelak suv bor. Bolalar masala shartida har bir bochkada 
necha chelak suv borligi yoki bochkalarni birida suvli chelak soni va birinchi hamda ikkinchi 
bochkada suvli chelak sonining ayirmasi yoki munosabati berilishi mumkinligini aniqlaydilar. 
Tuzilgan masalalarning har birini bolalar mustaqil yechadilar. 
3. Sonli ma’lumotlarni tanlash yoki ularni o‘zgartirish.Bunday mashqlar asosan o‘quvchilarni 
real miqdorli munosabatlar bilan tanishtirish maqsadida hizmat qiladi. Masalan, bolalarga berilgan 
sonlari umuman tushurib qoldirilgan masala teksti to‘liq beriladi. «Bir xil … ta ko‘ylakka … metr 
material ketdi. … metr shunday materialdan nechta shunday ko‘ylak tikish mumkin? o‘quvchilar 
qanday sonli ma’lumotlarni birdaniga qo‘yish mumkinligini aniqlaydilar. Ko‘ylaklar sonini 
birdaniga berish mumkin, sarf qilingan material metrlari soni esa hisoblash yo‘li bilan topiladi. 
Bu masalaga kiritilmagan yana 1 son bitta ko‘ylakka sarf qilingan material metrlari soni ko‘zda 
tutiladi. Ba’zi sonli ma’lumotlarni boshqalari bilan almashtirishga doir mashqlar alohida qiziqish 
tug‘diradi, bunda masala qandaydir boshqa usul bilan yechilishi kerak. 
4. O‘xshash masala tuzish. Bir xil matematik strukturaga ega bo‘lgan masalalar o‘xshash 
masalalar deyiladi. O‘xshash masalalarni o‘quvchilar tomonidan tuzilishi turli hayotiy 
vaziyatlarda berilgan sonlar va izlanayotgan son orasidagi umumiy bog‘lanishlarni aniqlashga 
yordam beradi. O‘xshash masalalarni berilgan tayyor masalani yechib bo‘lgandan so‘ng, tuzish 
kerak, shu bilan birga bunda iloji bo‘lganda masalaning faqat syujeti va sonlarini emas balki 
kattaliklarni ham o‘zgartirish lozim taklif etish lozim. Masalan, agar 3-sinf o‘quvchilari baho, 
miqdor, jami pul kabi kattaliklarga doir masalani yechishgan bo‘lsa, endi unga o‘xshash masalani 
lekin, boshqa kattaliklar tezlik, vaqt, masofa bilan berish kerak. 
5. Teskari masalalar tuzish.Teskari masalalar tuzish va yechishga doir masalalar miqdorlar 
orasidagi bog‘lanishlarni o‘zlashtirishga yordam beradi. Teskari masalalarni berilgan sodda 
masalaga nisbatan ham tuzish mumkin. Biroq o‘qituvchi bu teskari masalaga bolalarning kuchi 
yetish-yetmasligini har doim tekshirib turishi lozim. Teskari masalalarni tuzish masalalarni 
tekshirish bilan birga olib borish kerak. 
6. Ilyustratsiyaga qarab masala tuzish. Berilgan rasm, chizma yoki qisqa yozuvga qarab 
masalalar tuzishga doir mashqlar foydalidir. Ular masalani bolalar konkret vaziyatda ko‘rishga 
yordam beradi. Masalan: rasmga qarab bolalar bir nechta masala tuzishlari mumkin «bo‘lochka 


non 5 so‘m, 1 stakan choy esa 3 so‘m turadi. Bir stakan choy va bo‘lochka necha pul turadi?» 
«Bulochka 5 so‘m, 1 stakan choy oldim.» 
Bolalarga u yoki bu ilyustratsiya bo‘yicha masala tuzishni taklif qilishdan avval bu 
ilyustratsiyani analiz qilish, ya’ni suhbat o‘tkazish va bolalar ilyustratsiyasida nima 
tasvirlanganini, sonlar nimani ifodalanishini, nimani bilishi kerakligini, bilish bilmasliklarini 
aniqlash kerak. 
7. Berilgan yechilishiga qarab masala tuzish.Masalalar yechish malakasini shakllanishiga 
masala yechilishiga nisbatan teskari deb atash mumkin. faqat raqamlar bo‘lgan mashqlar yordam 
beradi – bu masalani uning yechilishiga qarab tiklashdir. 
Masalaning yechilishi ixtiyoriy formada berilishi mumkin: aolhida amallar, ifoda yoki tenglama 
bilan, bo‘lgan tushuntirish yozuvlari bilan va ularsiz berilishi mumkin. Bunda masalaning 
yechilishi bitta amalni o‘z ichiga olishi mumkin. Bir nechta amalni ham o‘z ichiga olishi mumkin. 
Faqat raqamlar yordamida emas, balki harflar bilan ham yozilishi mumkin. masala tuzishni taklif 
qilayotgan avval masalani berilgan yechilishini analiz qilish kerak. 
Ayrim hollarda bolalarga masala syujetini yoki kattalikning nomini aytib berish maqsadga 
muvofiqdir. Masalan o‘qituvchi 3-sinf o‘quvchilariga berilgan ushbu ifoda bo‘yicha, tezlik, vaqt, 
masofa kattaliklari qatnashgan masala tuzishni taklif qiladi. (12:3)∙2. Bu yerda qaysi amal birinchi 
berilgan (bo‘lish), so‘ngrachi? (x) Bu ifodaga ko‘ra tezlik, vaqt, masofa kattaliklari qatnashgan 
masala tuzish kerak. Ko‘paytirish amali bajarilgandan so‘ng nimani bilamiz. (masofani) Demak 2 
soni nimani bildiradi. (harakat vaqtini) 12:3 ifoda nimani bildiradi? (tezlikni) Agar bu ifoda 
tezlikni bildirsa, unda har bir son nimani ko‘rsatadi? (12 o‘tilgan masofani, 3 esa harakat vaqtini). 
Masala tuzing. Bolalar masalan quyidagi masalani tuzishlari mumkin: «Yo‘lovchi bir xil tezlik 
bilan yurib 3 soatda 12 km yo‘lni bosdi. Shunday tezlik bilan yursa, yo‘lovchi 2 soatda qancha 
yo‘lni bosadi? Ko‘rsatilgan amallar bo‘yicha masalalar tuzish taklif qilish ham mumkin. Masalan, 
o‘qituvchi yechilishida avval ko‘paytirish amali bajarilishi lozim bo‘lgan masala yoki yechilishi 
avval qo‘shish amali, so‘ngra bo‘lish amali bajarish zarur bo‘lgan masala tuzishni taklif qilish 
mumkin.
8. Berilgan masalalarni ularga yaqin bo‘lgan turdagi masalalarga almashtirish.Bir-biriga yaqin 
turdagi masalalar jumlasiga miqdorlar bir xil bog‘liqlik bilan bog‘langan masalalar kiradi.
Masalan to‘rtinchi proportsional topishga doir, proportsional bo‘lishga va ikki ayirmaga ko‘ra 
noma’lum sonlarni topishga doir masalalar bo‘ladi, chunki ularda miqdorlar proportsional 
bog‘liqlik bilan bog‘langan. 
Bir masalani unga yaqin bo‘lgan masalaga kattaliklarning sonli qiymatlari ustida arifmetik 
amallarni bajarish natijasida almashtirish mumkin. 
Bir-biriga yaqin turdagi masalalarning yechish usullarini bunday almashtirish va taqqoslash 
natijasida bolalarni bunday masalalarni yechish usullarini umumlashtirishga olib keladi. 
Murakkab masalalar bajarish. 
1) Sabzavot do’konida 5 kg li yashiklarda kartoshka va sabzi joylashgan. Kartoshka joylashgan 
yashiklar sabzi joylashgan yashiklar qancha bo’lsa, shundan 3 marta ko’p. agar jami bo’lib 100 
kg sabzi va kartoshka bor bo’lsa, do’konda necha kg sabzi mavjud? Ular necha yashikka 
joylangan? 
2) Nasim va Karim do’kondan daftar va qalam sotib olishdi. Nasim 7 ta daftar va 1 ta qalam, 
Karim esa 5 ta qalam va 2 ta daftar xarid qildi. Karim Nasimga nisbatan 200 so’m ko’p pul 
to’ladi. Agar qalamning narxi daftarnikidan 100 so’m qimmat bo’lsa, ular jami qancha mablag’ 
sarflashgan? 
3) Fermada 270 bosh qo’y va 120 bosh buzoq bor. Har kuni bitta qo’yga qancha yem berilsa, 
buzoqchaga shundan 2 kg ko’p yem beriladi. 30 kunda ularga 4530 kg yem berilsa, bitta qo`y va 
bitta buzoqchaga jami necha kg dan yem berilgan?
4) Tikuvchilik firmasi bir qancha gazlama oldi.Undan 120 ta bir xil ko’ylak tikish mumkin. Agar 
150 m gazlama ishlatilgach, qolgan matodan 70 ta bir xil ko’ylak tikish mumkin bo’lsa, firma 
dastlab qancha mato olgan? 


5) Xaridor 90 so’mdan bir qancha kg kartoshka va 180 so’mga lavlagi oldi. Xaridor bir xil 
miqdorda lavlagi va kartoshka oldi. Agar xaridor sotuvchiga 1000 so’m berib, 10 so’m qaytim 
olgan bo’lsa, lavlagi kartoshkadan qancha arzon?
6) G’isht teruvchi ustalar birinchi kuni tergan g’ishtlarining yarmicha va yana shuncha g’ishtni 
ikkinchi kuni , 1-kuni va 2-kuni tergan g’ishtlaridan 13 ta ziyod g’ishtni 3-kuni va 1-kundan 2 
marta ko’p g’ishtni 4-kuni terishdi. Agar ular jami bo’lib, 419 ta g’isht terishgan bo’lsa, 2-kuni 
qancha g‘isht terishgan? 
7) Ombordan har biri ma’lum og’irlikda bo’lgan 32 yashik pecheniy va har birida 9 kg bo’lgan 
bir nechta yashik konfet jo’natildi. Agar jami konfetlar pechenilardan 1 kg og’ir bo’lsa va jami 
449 kg shirinlik jo’natilgani ma’lum bo’lsa, necha yashik konfet jo’natilgan? 
8) Opirator 1-kuni 5 soat ishladi. 2-kun esa shu tezlikda ishlab, 42 bet matn terdi. Agar u jami 77 
bet matn tergan bo’lsa, 2 kunda jami necha soat vaqtini matn terishga sarflagan? 
9) Fermada bir necha tovuq va bir necha quyonlarning jami oyoqlari soni 300 ta bo’lsa va 
tovuqlar soni quyonlar sondan 2 marta ko’p bo’lsa,fermada jami bo’lib nechta quyon va nechta 
tovuq borligini toping.
 

Download 305,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish