tarnov — ariqcha; teva — tepa, tepalik; temirqovuq — «temir darbo-
za», serqatnov daraning eng kambar, qoyali qismi, q. Darboza,
Qahlag’a; tepaqo’rg’on, qo’rg’ontepa - qorovulxona bo’lib xizmat qil-
gan, ko’pincha sun'iy tepalik; tov — tog’liklar tilida tog’; tosh — alohida turgan qoya; toshzor — toshloq yer; toshloq — sertosh may-don; toshqoq — tog’lardagi tosh o’yiq va unda hosil bo’lgan ko’lmak, q. Qoxti; tuz — tekislik; tumshuq — muyulish; tuproqqo’rg’on — tuproq uyib yasalgan qorovulxona; to’sh, do’sh — tog’ bag’ridagi do’ppaygan balandlik; tuyabo/g’iz — tuya bo’g’izi ‘«■ tuya bo’yniga o’xshagan ilang
bilang suv, soylik, q. Tuyamo’yin; tuyamo’yin — tuya bo’yniga
o’xshash egri-bugri soylik va anhor (meandr); tuyatosh — tuyadan
ham katta xarsang tosh; to’man — pastki, quyi, etak; to'rtko'1 (aynan
to’rtkil «to'rtburchak») — choldevor, qadimiy imorat vayronalari, q.
Dalvarzin; uvat — ekin maydoni chegarasi, marza; uloqchopar, uioq-
chopqich — ko’pkari chopish uchun qulay tekis maydon; uchma —
tik qoya, odam yiqilib tushadigan buzuq jarlik; xandak — uzun
chuquriik, transheya; chalqa — adirlardagi tekis maydon; chat — q.
Chot,; chag’at — oftobga qaragan chag’ir toshli tik yonbag’ir; chel —
marza (Xorazm); chem - ariq-daralardagi to’g’on, qo’rg’on; chep ~
g’ov, to’siq; ching, chink — jarlik; chig’anoq — daryo tirsagi; chot —
tog’ tarmoqlari tutashgan joy; chotqol — tog’ yoki daralarning
qo’shilgan yoki tarmoqlarga ajralgan joyi; choch — q. Chosh; chosh
uyum, xirmon; chosh, choch, shosh, shish unsurlari — choshidan
«uymoq», to’plamoq fe'lidan chiqqan va «tosh-tuproqdan yasalgan
tepalik» ma'nosini bildiradi; choshko’h — tosh-tuproq uyib yasalgan
tepalik; choh — chuqur, o’ra, quduq; cho’nag’ar — jo’na, ya'ni
cho’zinchoq tepalikning qirrasi, q. Jo’nag’ar; sharildoq, sharilloq,
shariHovuq, sharlovuq — sharshara; sharlama — sharshara (Xorazm);
sharshar — sharshara; sharqirama — sharshara; shaqshaq — qalin-
qalin tosh qatlamlari «taxtakach» (relef shakli); shiram — tog’ etagidagi
cho’zinchoq qir; shirdon — suvab yoki tuproq bosib qo’yilgan o’tov
shaklidagi somon uyumi; shovva — sharshara; shovqor — qora tog’
(sug’dcha shov «qora», g’ar «tog’»); shorloq — sharshara; shosh —
q. Chosh; egarbel — dovon; egartosh — egar. shaklidagi qoya; enkayma
nishab qiyalik; o’gaytosh — yalang yerda cho’qqaygan kichikroq
qoya; o’zak — soy, jarlik, suv tarmog’i; o’zang — soy, tog’ suvi
(Janubiy Qozog’iston); o’y — pastlik, botqoqlik; o’ydiq - chuqur
joy; o’ypot — pastlik, tevarak atrofdan chuqurroq joy; o’lahat, o’laat
vodiy, obod yer, voha; o(r — chuqurlik, xandaq, jarlik (oldingi
qator, lablangan yo’g’on o’ unli bilan); o’r — balandroq joy (o’rtamoq
balandlikka ko’tarilmoq, oldingi qator, lablanmagan ingichka o’
unli bilan); qazg’anaq - chuqurlik (Xorazm); qayirma - yo'1, soy burilib ketadigan joy, muyulish; qamrov - atrofi tog’-qir bilan o’ralgan berk joy; qapchig’ay - tor dara; qarim - do’nglik, tepalik (Xorazm); qatlamatosh - yupqa qatlamlardan iborat tosh, gilli sla-nets (relef shakli); qashat - jarlik yoqasi; qahlag’a, qohlug’ — serqat-nov daraning eng tor joyi (mo’g’ulcha), q. Darboza, temirqovuq; Qkt quz g’uz - oftob kam tushadigan betkay; qir ~ balandlik; qirang, qirpang - qirning qirrasi; qisiq, qisilish - daraning o’tish qiyin kambar qismi; qiya - nishab yonbag’ir; qovoq - baland qirg’oq, yalang jarlik; qoratov ~ past tog’, yozda qor yotmaydigan tog’; qoratepa - asli qorovultepa - l)yovni kuzatib turadigan tepalik, 2)qora urug’i vakillari yashaydigan qorato’pa (qorato’bi) qishlog’i; qoxti - tog’lardagi tosh o’yiq va unda to’plangan qor-yomg’ir suvi, q. Toshqoq; quyt ~ pastlik, quyilik (Janubiy Qozog’iston); qo7 -soylik, dara, tog’ tarmog’i, soy shoxobchasi; qo’lat - jarlik, chu-qurlik (o’zgan); qo’ton ~ tog’ adirlarda qo’y otarlari qishlashi uchun qulay pana joy; g’o’rum, qo’rum - tog’ tepasidan qulab tushgan toshlar uyumi (qurum deyish to’g’ri emas); ho'r - tepalik.
ETNONIMLAR VA ETNOTOPONIMLAR
Etnonim nima?
Insoniyat biologik jihatdan bir butun bo’Isa ham umumiy sotsio-logik qonunlar asosida taraqqiy eta borib, son-sanoqsiz guruhlarga bo’Hngan. Yer sharida kishilarning xilma-xil gumhlari, jamoalari, mavjud. Ikki kishini ham bir jamoa, shu bilan birga butun bir mamlakat aholisini ham bir jamoa deyish mumkin.
Jamoalar juda katta va juda kichik hududni ham qamrab olishi mumkin. Urug’lar, qabilalar eng qadimiy jamoalardir. Jamiyat taraq-qiyotining muayyan bosqichida vujudga kelgan qabila, elat, xalq, millat kabi jamoalar etnik birlashmalar, ya'ni etnoslardir.
Qabila nima? Qabila sinfsiz jamiyatdagi etnik birlik va ijtimoiy tashkilot tipidirQabila a'zolari bir-birlari bilan qon-qardosh bo’lgan hamda urug' va boshqa mayda guruhlarga bo’lingan. Qabila a'zolari muayyan birlikka ega umumiy hududda yashashgan, iqtisodiy birlikka ega bo’lishgan. Ya'ni jamoa bo’lib ov qilishgan, bir-birlariga yordam-lashishgan, yagona til (sheva)da gaplashishgan. Jamiyat taraqqiyoti-
ning muayyan bosqichida qabilalar birlashib elat hosil qiladi. Qabila-chilik qoldiqlari sinfiy jamiyatda ham saqlanib qolishi va quldorlik, feodal va kapitalistik munosabatlar bilan qo’shilib ketishi mumkin.
Shunday qilib, elat kishilarning til jihatdan hududiy, iqtisodiy va madaniy birligi bo’lib, millatdan oldingi sanaladi. Elatlar qabilalar ittifoqi vujudga kelgan davrda tarkib topa boshlagan. Bunda qabilalar bir-birlari bilan asta-sekin aralashib, qon-qardoshlik aloqalari o’rnini hududiy aloqalar egallay boshlagan. Elatlar odatda kelib chiqishi va tili bir bo’lgan bir necha qabilalardan yoki ularning birini ikkinchisi bosib olishi natijasida aralashib ketgan va tillari turlicha bo’lgan qa-bilalardan tarkib topgan. Elatning tarkib topishi jarayonida, uning ayrim guruhlari o’rtasida aloqalar kuchaygan sari eng ko’p sonli va eng taraqqiy etgan etnik komponentning tili elatning umumiy tili bo’lib qoladi; boshqa qabilalarning tillari esa shevalarga aylanadi yoki ba'zan umuman yo’qolib ketadi. Shu tariqa kishilarning umumiy nom bilan ataladigan hududiy, madaniy va iqtisodiy birligi vujudga keladi.
Kapitalistik munosabatlarning taraqqiy etishi va iqtisodiy hamda madaniy aloqalarning kuchayishi bilan elatlar millatlarga aylanadi.
Millat - kishilarning barqaror tarixiy birligi. U umumiy iqtisodiy turmush hamda til, hududiy birligi, madaniyat, ong va psixolo-giyaning o’ziga xosligi zaminida qaror topgan ijtimoiy taraqqiyot shaklidir. Millat qon-qardosh va qardosh bo’lmagan qabila, irq va xalqlardan shakllanadi. Millatlarning iqtisodiy va siyosiy birlashishi elatlarning yozma adabiy tili va xalq og’zaki tilining yaqinlashishi negizida yagona milliy tilning paydo bo’lishiga olib keladi. Shevalar o’rnini asta-sekin milliy til egallaydi.
o’zbek elati turli urug’ va qabilalardan ilk o’rta asrlarda shakllana boshlangan. Oktyabr to’ntarishidan oldingi o’zbeklar tarkibiga kirgan barlos, nayman, saroy, qo’ng’irot kabi urug’-qabilalar o’z navba-tida, bir qancha to’p, tira, shox, avlod, qavm kabi tarmoqlarga bo’Hnadi. Ana shu har bir bo’limning o’z nomi bor. To’p, to’par, shox, tira, jamoa, toifa, avlod, qavm, urug’, qabila, elat, xalq, millat nomlari etnonimlar deyiladi. Etnonim yunoncha etnos ~ «xalq» va onim — «nom» so’zlaridan tarkib topgan. Etnonimlar majmui etnonimiya, etnonimlarni o’rganadigan fan etnonimika deyiladi.
Etnonimlar etnonimika, etnografiya, tarix, tilshunoslikning hali yaxshi o’rganilmagan sohasi bo’lib, xalqlar, millatlar etnogenezini yanada chuqur tahlil qilishga katta yordam beradi.
ETNOTOPONIMLAR
Kattami-kichikmi, har bir tuman joy nomlarining boshqa tuman toponimiyasidan farq qiladigan o’ziga xos xususiyatlari bo’ladi. o’zbekistonda etnotoponimlar juda katta o’rin tutadi.
V.A.Nikonov o’zi ta'riflab bergan nisbiy negativlik qonuniga amal qilib, etnotoponimlar biron millat yoki xalq yaxlit yashaydigan hududning biron qismida emas, balki bu hududning chekka qismida, ya'ni ikki xalq aralash yashaydigan chegaradosh zonadagina bo’ladi deb yozadi-Masalan, Rossiyada Russkie Lipyagi — Mordovskie Lipy-agi ~ Chuvashskie Lipyagi; Russkiy Brod — Tatarskiy Brod; Russkaya Gvozdevka - Panskaya Gvozdevka; Russkaya Konopelka — Cher-kasskaya Konopelka; Russkoe Porechnoe — Cherkasskoe Porechnoe kabi juft nomlar ruslar bilan ikkinchi bir xalq aralash yashaydigan hududda paydo bo’lgan.
Urug’, qabilalar allaqachon tugab ketgan va asosan nuqul ruslar yashaydigan Rossiyaning markaziy qismida ba'zi bir tarixiy etnoto-ponimlar juda siyrak uchraydi.
o’zbekiston etnotoponimiyasi to’grisida esa bunday deb bo’lmaydi. Chunki bu yerda urug’chilik qoldiqlari yaqin vaqtlargacha ham mavjud bo’lgan va har bir urug’ yoki uning tarmoqlari yashagan qishloq o’sha urug’ yoki shoxning nomi bilan atalgan.
Manbalarda 92 o’zbek urug’i bor deb qayd etilgan. Bundan tashqari, liar bir urug’ o’z navbatida yanada mayda guruhlarga bo’linib ketadi. Etnograf K.Shoniyozovning ta'kidlashicha, birgina qo’ng’irot urug4i 200 dan ortiq kichik shox — to’plarga ajralib ketadi.
Shunday qilib, o’zbek millati turli qabila va urug’lardan tarkib topgan.
Bu qabilalardan turklar qabilasi Xonaqodaryo havzasida, Kofirni-honning yuqori oqimida, Qizilsuv, Yaxsuv daryolarining vodiylarida hamda ularning irmoqlari bo’ylarida, Qoradaryo vodiysida, Sur-xondaryoning yuqori va o’rta oqimlarida, Buxoro yaqinida esa Shahrud kanali bo’yida, Samarqand atrofidagi tog’larning etaklari hamda yonbag’irlarida yashagan. Turklarning ancha qismi Andijon viloyatin-ing Xo’jaobod va Marhamat tumanlari, o’sh viloyatining Aravon rayonida, o’ratepa atroflarida, Qashqadaryo vodiysidagi o’radaryo bo’ylarida, Sheroboddaryo atroflaridagi tog’larda yashab kelganlar,
Movarounnahr turklarining talay qismini qarluqlar tashkil etgan.
Ular Surxondaryo bo’ylarida, Qoratog’daryoning bo’ylarida, Kofirni-hon, Vaxsh vodiylarida, Yovonsuv boshlarida, Vaxsh bilan QiziJ-suv oralig’ida, Ko’lob vodiysi hamda Panj daryosining o’ng sohi-lida, Qashqadaryoning quyi oqimida, Zarafshonning quyi oqimida (Shahrud kanali bo’ylarida) yashashgan.
Barlos Qoratog’daryo vodiysida, Surxondaryo vodiysining ayrim joylarida, Qashqadaryoning bosh tomonlarida, Shaxrisabz atroflarida isliqomat qilib kelganlar. Bundan tashqari, barloslar Zarafshon vodiy-sidagi sobiq Samarqand uezdining Qoratepa, Mog’iyon, Forob, Panjakent voloslari, Nurota va Molguzar tog’larida, Turkiston tog’lari etaklarida yashardilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |