Qapchig’ay, qopchig’ay - tik qoyali dara, tog’lardagi tor dara, tangi, o’tkil (turkiy-mo’g’ulcha). Mo’g’uIcha xavtsal — «dara», «tan-gi»; xavtsgay — «zov», «tik qoya», qirg’izcha qapchig’ay «tog’ darasi», «tor va uzun tog’ vodiysi», qapchal — «qoyali dara»; qozoqcha qapshag’ay {qapshig’ay — qapsag’ay) —" «suvli chuqur dara», «siqiq».
Sharqiy Sibirdan, Mo’g’uliston, Tyanshan tog’larida, Janubiy o’zbekistonning tog’li hududlarida (Boysun va Qamashi tumanlarida) toponimlar hosil qilgan.
Qarapchi - ba'zi bir ro’yxatlarda 92 bovli o’zbek qavmlaridan biri sifatida tilga olingan, ba'zan esa yuz qabilasining katta bir bo’lagi sifatida qayd qilingan.
Jomboy, Bekobod, Baxmal, g’allaorol, Samarqand tumanlarida Qarapchi degan qishloqlar bor.
Qariuq, qorluq - qadimiy turk qabilalari. IV-VI asrlargacha qar-luqlar Sibirda yashagan, keyinchalik qarluqlarning bir qismi Yetti-suvga ko’chib kelib, VIII asr oxirida Qarluq davlatini barpo qilgan. X asr oxirida qarluqlar Movarounnahrga - Farg’ona va Zarafshon vodiylariga ko’chib kelgan, XIX asr oxiri XX asr boshlarida Zaraf-shon vodiysining o’rta va quyi oqimlarida, Surxondaryo viloyati hudud-iarida yashagan. Paxtachi, Olot, Muborak, Oltinsoy, Sho’rchi tu-manlarida Qorluq, Qorliq qishloqlari qayd qilingan.
Qarshi — shoh qasri, xon qo’rg’oni, saroy, xon qarorgohi. Mahmud Koshg’ariydan tortib Hofizi Abru, akademiklar V.V. Radlov, V.V. Bartoldgacha turkiy qarshi so’ziga shunday izohlar berilgan. Zahiriddin Muhammad Bobur esa shunday izoh beradi: «Qarshi - mo’g’ulcha so'z, go’rxonani (sag’anani) mo’g’ul tili birla qarshi derlar’. T. Nafasov yozganidek, XV-XVI asrlarda xon avlo-di, ulug’ ruhoniy va boshqa mo’tabar shaxslar qabri uchun qurilgan daxma, maqbara ham qarshi deyilgan, chunki o’sha davr odatiga ko’ra bunday kishilar jasadi maqbara ichiga qo’yilgan, maqbara esa saroy, ya'ni qarshi ichida bo’lgan {ravza — «gulzor», «gulshan» degan so’z, lekin ulug’ zotlarning qabrini ham gulistonga o’xshatib, ravza deyishgan).
Hozirgi Qashqadaryo viloyatining markazi Qarshi shahridan tashqari, shu so’z bilan atalgan boshqa toponimlardan qadimgi Mo’g’ulistondagi mo’g’ullarning yozlik o’rdasi Qarshi shahrini (Ili daryosi bo’yida), Turkmaniston Respublikasining Turkmanboshi shahri yaqinidagi Qarshi toponimini, Rossiya Federatsiyasi Xakasiya avtonom oblastidagi Karshi (Xarshi) aholi punkti nomlarini aytish mumkin. Denov, Yuqori Chirchiq, Jarqo’rg’on, Pastdarg’om tumanlaridagi Qarshi (Qarshiyon, Qarshilik) toponimlari viloyat markazi nomi in'ikosidir.
Qarg’a — umumturkiy etnonim: oltoyliklar, boshqirdlar, qoraqal-poqlar, qirg’izlar, xakaslar, o’zbeklar (qo’ng’irot va yuz qabilalari) tarkibida qayd qilingan urug’. o’zbek qipchoqlar vasaroylar ichida qarg’aoyoq yoki qarg’aoyoqli urug’i uchraydi.
Qorako'1 tumanida Qarg’a, Gurlan, Bog’ot tumanlarida Qarg’alar, Go’zalkent, Sariosiyo tumanlarida Qarg’ali toponimlari uchraydi (Qarg’ali toponimi «qarg’a ko’p joy» ma'nosida bo’lishi ham mum-kin).
Do'stlaringiz bilan baham: |