Yalang’och - Shayxontohur dahasi mavzelaridan biri. Yalang’och laqabli avliyo nomidan kelib chiqqan.
o’rda - o’rta Osiyo xonliklarida xonning qarorgohi. Toshkentning Navoiy ko’chasi boshidagi o’rda degan joyda XIX asr boshlarida Qo’qon xoni noiblari o’rda qurdirgan.
Qashqar - Shayxontohur tumanidagi mahalla nomi. Qashqardan kelgan qashqarliklar - uyg’urlar yashagan.
Qoramurt (Qoramurtqopqa) - Shayxontohur dahasi mavzelari-dan birining nomi. Qoramurt o’zbek urug’laridan biri, ma'nosi «qora mo'ylovli» demak.
SHAHAR Ko’CHAIARI
Toshkent shahridagi tabiiy va madaniy, sun'iy obyektlar nihoy-atda xilma-xil. Shahar ichki obyektlarining nomlari urbonimlar dey-iladi, Bunday obyektlar shahar tarkib topgan davrdan boshlab paydo bo']gan.
Ana shu obyektlarning aksari qismi yo(qolib ketgan bo’lsa ham xalq xptirasida, qo’Iyozmalar va boshqa yozma yodgorliklarda ulaming nom-lari saqlanib qolgan. Ularning har biri shahar tarixining zarralaridir.
Shahar toponimlarining eng ko’p sonlisi ko’cha-ko’ylar nom-laridan iborat. Toshkent ko’chalarining soni va nomlari har doirn o’zgarib turgan. Poylaxt ko’chalari nomi va sonini Toshkent shahar Obodonlashtirish Bosh boshqarmasi tomonidan 1978 yilda nashr etilgan ma^lumotnoma bilan oradan chorak asr o’tgandan keyingi ro’yxat materiallarini solishtirsak, katta tafovutni ko’rish mumkin.
1978 yilgi nomlarning ko’pchiligi kommunistik niafkura, ruslash-tirish siyosati ruhi bilan sug’orilgan edi. Ma'Iumotnomada jami bo’lib 3253 ko’cha soni keltirilgan. Lekin mustaqil nomlar soni 1500 dan oshmaydi. Buning sababi shundaki, katta ko’cha ham, tor ko’cha ham, berk ko’cha ham bir nom bilan atalgan; masalan, bitta ko’cha, 2 ta tor ko’cha, 2 ta berk ko’cha Ashrafiy nomi bilan atalgan. Botumi ko’chasining 1-liniya, 2-liniya, 3-liniya tarmoqlari, shuningdek, Botumi tor ko’chasi, Botumi berk ko’chasi bo’Igan, demak, ham-masi bo’Iib 6 ta ko’cha Botumi deb atalgan. Yoki 1-Oqsoy, 2-Oqsoy, 3-Oqsoy, 4-Oqsoy, 5-Oqsoy, Oqsoy berk ko’cha va Oqsoy tor ko’chalari ham bo’lgan.
Guliston nomi ko’chalar bo’yicha eng ko’p takrorlangan. Bosh Guiiston ko’chasining yonida 1-Guliston, 2-Guliston, 3-Guliston, ... 10-Guliston ko’chalari, shuningdek, 4 ta Guliston tor ko’chalari va bitta Guliston berk ko’chasi mavjud bo’lgan.
1500 nomning uchdan bir qismi antropotoponimlar — kishilar-ning ism-familiyalari, laqabiari, taxalluslari bilan atalgan toponimlar edi. Shu 500 nomdan aksari qismi — 280 ga yaqini rus familiyalari edi, ular orasida partiya va davlat arboblari, fan va madaniyat arbob-lari, qahramonlar, chor generallari asosiy o’rin tutar edi. Jumladan, Aleksandrov, Babushkin, Blyuxer, Budyonniy, Vereshchagin, Vrevskiy, Vishinskiy, general Petrov, Grishin, Dejnev, Dzerjinskiy, Dobrolyubov, Jdanov, Jukovskiy, Ilich, Kadishev, Kalinin, Karbi-shev, Kirov, Kollontay, Kosmodemyanskaya, Kotovskiy, Kuropat-kin, Krenkel, Krupskaya, Kuybishev, Kutuzov, Lazo, Lenin, Lu-nacharskiy, Malinovskiy, Shumilov, Shchors va hokazo.
Toshkentda kishi nomlari bilan atalgan 500 ko’chada o’zbekcha antroponimlar soni 130 dan oshmagan. o’zbek tarixi, madaniyati va adabiyotida ulkan rol o’ynagan shaxslardan anchagina qismining nomlari poytaxt ko’chalarida o’z aksini topgan. Lekin o’sha vaqldagi hukmron mafkura va siyosat nuqtayi nazaridan o’nlab buyuk namoyandalarning nomlari Toshkent ko’chaladdan o’rin olmagan.
o’zbekiston poytaxti ko’chalaridan 250 tasi ruscha so’zlar bilan atalgan edi: Abrikosoviy, Agroshkola, Bogarnaya, Vishnevaya, Vo-dopadnaya, Vostochnaya, Golubaya, Gornaya, Groznaya, Dal-naya, Duboviy, Jarkiy, Zapadnaya, Zelenaya, Zimnyaya, Zolnaya. Industrialnaya, Kalinovoy, Kishechniy kabi.
Bu kabi toponimik nomuvofiqlikka mustaqillik yillarida chek qo’yildi.
CHUCHMAL TOPONIMLAR
Nom - xalq ijodi, nom qo’yish — san'at. Shahar, qishloqlarimiz nomlariga e'tibor bering xoh tog’u tosh, soy - jilg’a, ko’chalarimiz nomi: Andijon, Buxoro, Bo’stoniiq, Samarqand, Qashqadaryo, Xorazm, ,Beshog’och, Ganchtepa, g’ishtmasjid, Shayxontohur, Qoramurt, Choponbozor. Bir-biridan chiroyli, grammatik jihatdan mukammal haqiqiy tarixiy toponimlardir.
Bir xil nomlarning ma'nosi hammaga tushunarli bo’lsa, boshqalarini mutaxassislargina bilishadi, ba'zilari esa umuman tushu-narsiz. Demak, ular qadimiy, binobarin qimmatli toponimlardir. Joy nomlarining ayrim tovush, harflarini o’zgartirib bo’lmaydi. Masalan, Beshog’ochni Beshyog’och deb o’zgartirish to’g’ri emas. Birinchidan, beshog’och urug’ nomi, ikMnchidan, yog’och so’zining og’och -«daraxt» ma'nosi ham bor. Daraxt forscha-tojikcha, ag’ach (jag’ach, jig’ach, ag’ach, og’och, yog’och) esa turkiy so’z.
Toshkent ko’chalarining atigi bundan chorak asr oldingi ro’yxatini sinchiklab ko’zdan kechirsak kommunistik mafkuraning, siyosatining toponimiyada ham naqadar chuqur ildiz otganini ko’rish mumkin.
Poytaxtning so’nggi bir necha yil ichida qo’yilgan ko’cha nomlari, bunday qaraganda tushunarli, sharqona, chiroylidek ko’rinadi. Lekin chuqurroq nazar solsangiz ularning ayrimlari joy nomlari emas, ya'ni atoqli otlar emas, balki, oddiy turdosh otlar, har xil chaqi-riqlar, shiorlar, chala toponimlar, chuchmal nomlar ekanligini payqab olasiz.
Toponim oddiy so’z bilan aytganda shu joyning biror xususiyatini yoki shu yerda bo’lib o’tgan voqea-hodisani ifodalashi lozim. Haqiqiy toponim odatda ikki komponentdan - tarkibiy qismdan iborat bo’lishi kerak. Masalan, Toshkentda Bahor degan ko’cha ham bor, Bahoris-ton degan ko’cha ham bor. Bahor toponim emas, balki yil faslini
bildiradigan atama, uni ko’klam desa ham bo’ladi. Bahoriston esa toponirnga aylanishi mumkin. Chunki bu so’zning «yer», «joy» ma'nosi bor, Bahoriston deganda «yashnagan go'sha» tushuniladi. Vijdon, Vi-sol, Go’zal, DadiJ, Jonon kabi sharqona nomlar ham aslida atoqli otlar emas, balki toponimlik «immuniteti» yo’q, zo’rma-zo’raki, toponimlik «pasporti» berilgan geografik nomlardir. Bunday so’zlarni atoqli otlarga, joy nomlariga aylantirish uchun ularga toponimlik «to'n» kiydirish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |