Labzak - Sebzor dahasidagi mahalla. Dastlab shaharning 12 ta darvozasidan biri shunday deb atalgan. Labzak asli Labi Zax (Zax arig’ining bo’yi) demakdir.
Posira - Shayxontohur dahasidagi mavze. Katta yer egalari bat-raklarga vaqtincha foydalanish uchun bergan yer uchastkasi posira deyilgan.
Sarichopon - Beshog’och dahasi mahallalaridan biri. Qo’tga o’rgatiladigan ov qushlaridan biri sor yoki sariqsor, soricha deb ham atalgan. Soricha asrovchilar sorichabon deyilgan. Bu so’z keyinchalik sarichopon bo’lib ketgan.
Sag’bon — Ko’kcha dahasidagi mahalla. U Sakbon — «itboqar» so’zidan olingan deyilardi. Keyingi vaqtda Sag’bon arabcha suq -«bozoib va forscha-tojikcha bon — «qarovchi», «boquvchi», ya'ni suqbon «bozor qorovuli» deb izohlanmoqda.
Sergeli (Sirg’ali) - Toshkent viioyati tumanlaridan biri. Sergeli qozoqlarning qabilalar ittifoqi. XIX asr oxiri - XX asr boshlarida sergeliliklarning ko’pchiligi Janubiy Qozog’iston hududida, qisman Toshkent vohasida yashagan. Sirg4ali unig’i o’zbeklar tarkibida ham bo’lgan.
Salor - Bo’zsuvdan boshlanadigan kanal. Bu kanal XV-XVI asr-lar vaqf huijatlarida Ro4dak, ya'ni «daryocha» deb ham atalgan. Profes-sor H.Hasanov kanal (ariq) nomi uni sipohi salor — lashkarboshi qazdirganidan dalolat beradi deydi. Salor degan urug’ xam bo’lgan.
Tarloq— Shayxontohur dahasidagi mahalla. Qadimgi turk tiiida tarlag’ {tarlaq) — «ekinzor», «ekin maydoni» ma'nosini anglatadi.
Toshkent toponimning kelib chiqishi hamon uzil-kesil hal qilin-magan. Toshkent vohasi (demakki shahar) birinchi bor Choch (Chochiston) shaklida Eron shohi Shopur I ning «Zardo'sht ka'basi»da milod boshlarida tilga olingan. Xitoy manbalarida Shi, Chje-shi, Ta-shi-xan (o’rta asrlarning boshlarida) deyilgan.
Toshkent so’zining etimologiyasi haqida turli fikrlar bayon etilgan. Shulardan eng ko’p tarqalganlari toponimning Tosh (arabcha -hijara, yunoncha - petros) so’zi bilan aloqador, ya'ni Toshkent -toshqaTa demakdir. Ptolemeyning «Geografiya» kitobida u Lifivos Petros — «Burj ul hijora» (Tosh qal'a) deb atalgan (Beruniy). «Tarkan -Shoshning ismi. Uning asli Tosh kand bo’Hb, toshdan qiltngan sha-har demakdir» (Mahmud Koshg’ariy).
Xadra — Shayxontohur dahasidagi mahallalardan biri, endilikda eski shaharning markaziy maydoni.
Tarixchi Y.g’. g’ulomov va folklorshunos H.T. Zaripovning fikricha, haddi roh «yo(lning chekkasi, chegarasi», ya'ni shaharning chekkasi degan ma'noni bildiradi. Tilshunos F.A. Abdullayev esa xadra «notekis, past-baland, adiriik (yer) demakdir» deydi {adrang — adra — xadra).