maʼrvza: Elektr energiyasini kashf etilish tarixi. Reja: Elektr energiyani ishlatishning dastlabki davrlari


Elektr energetikasida kashfiyotlar tarixi



Download 0,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana14.07.2022
Hajmi0,54 Mb.
#795810
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
resources-4

4.2 Elektr energetikasida kashfiyotlar tarixi. 
Elektr energiyasining kashf etilishi va ishlatilishi insoniyatning eng katta 
yutuqlaridan biri edi. Bunga turli davrlarda turli kasb egalarining ko‘p harakatlari 


sabab bo‘lgan. Keling, tarixiy ketma -ketlikda eng mashhur kashfiyotlar, ixtirolar, 
elektr energiyasidan foydalanish misollarini sanab o‘tishga harakat qilaylik va 
ularni yaratuvchilarni eslaylik. 
Eramizdan avvalgi VII-VI asrlar oxirida qadimgi Yunonistonda savdogar, 
faylasuf va olim Fales Miletskiy toshlangan shisha-yantarni mo‘ynaga
ishqalangandan so‘ng u o‘ziga turli xil yengil narsalarni: qushning patini, quruq 
barglarini va boshqalarni o‘ziga tortgan. 
Ko‘p asrlar o‘tgach, elementar zaryadlangan zarracha (yagona elektr 
zaryadini tashuvchi) elektron (yunoncha - yantar) deb nomlana boshladi. 
Eramizdan avvalgi V asrda qadimgi Magnesiya shahri (zamonaviy Turkiya 
hududi) yaqinida hayratlanarli yo‘l ko‘rsatuvchi toshlar topilgan. Ular
uzun iplarga 
osilgandek bo‘lib har doim bir tomonlama yo‘nalishni ko‘rsatgan.
Bu magnit 
rudalari bo‘laklari bo‘lib, keyinchalik u topilgan shahar nomi bilan ataldi. 
Idishlarni metallizatsiyalash (hunarmandchilikda qo‘llanilgan) uchun 
elektr energiyasidan foydalanish haqida birinchi ma’lumot eramizdan avvalgi III 
asrga to‘gʻri keladi.
Elektrodlar mis va temirdan yasalgan, elektrolit sifatida esa 
sharob (вино) qo‘llanilgan. Bunday kimyoviy elektr manbaining elektr yurutuvchi 
kuchi ~ 0,8 V ga yetgan. 
Keyinchalik bu kashfiyotlar qisman yoki butunlay yo‘qolgan (yoki 
unutilgan), insoniyat ularni qayta ixtiro qilgan va kashf etgan. 
Magnetizm fanining asoschisi bo‘lib ingliz V.Gilbert (1540-1603) 
hisoblanadi. U 1600 yilda o‘zining "Magnit, magnit jismlar va katta magnit – Yer 
haqida" asarini nashr etgan, unda magnitning turli qutblari (shimoliy va janub), bir 
xil va qarama -qarshi qutblarning o‘zaro ta’siri, temirni magnitlanish usullarini 
yoritib bergan.
U birinchi bo‘lib Yer magnit maydonining mavjudligini ko‘rsatdi, 
hayotining 18 yilini bu kashfiyotga bagʻishladi va 600 ga yaqin tajribalar o‘tkazdi, 
birinchi elektr o‘lchash asbobini - elektroskopni yaratdi hamda elektrlanadigan 
jismlarni elektr jismlar deb atadi. 
Bizning davrimizda elektr energiyasining birinchi manbai 1663 yilda 
Magdeburg meri Otto fon Gerike tomonidan ixtiro qilingan elektrostatik generator 
(triboelektr) edi. 
U oltingugurt sharini yasab, uni qo‘lda aylantirgan va qo‘lini sirti bilan 
ishqalagan. Natijada, sharda elektr zaryad to‘plangan. Shardagi quvvat 1 Vt dan 
kam edi. Ko‘rinib turibdiki, arzimas narsa, lekin uning yordami bilan elektr 
energiyasining ko‘plab muhim hodisalari va xususiyatlari aniqlangan. 
1675 yilda I. Nyuton jismlarning elektrlanishini tasvirlab berdi. 
XVII-asr elektrotexnika fanining rivojlanishiga ozgina hissa qo‘shgan, degan 
taassurot paydo bo‘lishi mumkin, lekin o‘sha paytda uning poydevori qo‘yilgan va 


keyingi asrlarda elektr hodisalarini o‘rganishda turli tadqiqotlar o‘tkazishga kuchli 
turtki bo‘lgan. 
F. Xauksbi 1705 yilda oltingugurt shari o‘rniga shisha shar yordamida 
elektr generatorini yaratdi. 1743 yilda bunday mashinadan zaryadni olish uchun 
sirpanuvchi kontaktlar o‘rnatildi va mashina aylanayotganda elektr energiyasini 
uzluksiz chiqarishga muvaffaq bo‘lindi. 
S. Grey 1729 yilda ba’zi moddalar elektr o‘tkazishini, boshqalari esa 
o‘tkazmasligini aniqladi. 
Sh. Dufe XVIII -asr boshlarida zaryadlangan jismlarning o‘zaro elektr 
ta’sirini - bir xil zaryadli jismlarning bir biridan qochishini va turli zaryadli 
jismlarning bir birga tortilishini kashf etdi. 
XVIII -asrning o‘rtalarida Leydenda "Leyden bankasi" - elektr 
kondansator prototipi yaratildi.
Bu kondensatorning kashfiyoti Gollandiyalik fizika 
o‘qituvchisi Muschenbruk va nemis ruhoniysi fon Kleystga tegishli.
"Leyden 
bankasi" fon Gerikening oltingugurt shari yordamida zaryadlangan. 
"Leyden bankasi" - bu ichida simob qoldiqlari bo‘lgan shisha idish edi. 
Tiqin orqali mix o‘rnatilgan, bankaning tashqi tomoni metall falgasi bilan o‘ralgan. 
Mix va falga elektrod vazifasini o‘tagan va shishada esa (dielektrik) Gerike 
oltingugurt shari zaryadlarini to‘plagan. 
Zaryadlangan “Leyden bankasi” bilan tajriba Frantsiyadagi maydonda 
katta omma ishtirokida namoyish etilgan. Qirol qo‘riqchilaridan 180 tasi qo‘l 
ushlashib aylana shaklida turishgan.
Qo‘riqchilarning birinchisi “Leyden 
bankasi”ning falgasiga, oxirgisi esa zanjirning metall elektrodiga qo‘l tekkazgan. 
Qo‘riqchilarning butun zanjiri bo‘ylab elektr toʻki oqimi bir zumda oqdi va hamma 
odamlarni toʻk urdi, bu darhol odamlarning reaktsiyasini keltirib chiqardi - 
qichqiriq, sakrash, qo‘l silkish va h.k.lar
Olimlar elektr energiyasining odamlarga 
ta’sirini, inson tanasining o‘tkazuvchanligini va elektr toʻki urishini qayd etishdi. 
Lomonosovning o‘rtogʻi G.V. Rixman "Leyden bankasi" ni samoviy elektr 
energiyasidan (chaqmoq) zaryadlashga urinib, 1753 yilda fojiali vafot etgan. 
1753 yilda rus fanining asoschisi Lomonosov olimlar oldiga: "... elektr 
energiyasining paydo bo‘lishini haqiqiy sababini topish va uning aniq nazariyasini 
shakllantirish" vazifasini qo‘ydi. 
Lomonosov juda ko‘p "samoviy elektr" elektr hodisalarini tasvirlab berdi 
va elektr energiyasini sun’iy usulda olish yo‘llarini - "Elektr kuchi haqida..." 
asarida tasvirlab berdi. 
Do‘sti G.V. Rixman bilan ular samoviy elektr energiyasi - chaqmoq, 
shimol yogʻdusi ustida ko‘plab kuzatuvlar va tajribalar o‘tkazdilar.
Lomonosov 
elektr energiyasini uzoq masofalarga uzatish imkoniyati va metallarning sirtini 
metallashtirish uchun elektr energiyasidan amaliy foydalanish haqida juda muhim 


fikrni bildirdi (1747); faqat 100 yildan keyin B.S. Yakobi elektroformatsiyani 
kashf etadi va qo‘llaydi. 
Georg Vilgelm Rixman (1711 - 1753) Sankt -Peterburgda elektr 
hodisalarini o‘rganish laboratoriyasini yaratdi, elektr o‘lchash asboblarining butun 
majmuasini ishlab chiqardi. 
Olim, shoir, diplomat B. Franklin Amerikada parallel ravishda Lomonosov 
bilan bir vaqtda "samoviy elektr" hodisasi ustida tajribalar o‘tkazdi u elektr 
hodisalarini o‘rganishga katta hissa qo‘shgan va 1752 yilda momaqaldiroq 
o‘tkazgichini (to‘gʻrirogʻi chaqmoq o‘tkazgichini) ixtiro qilgan. 
XX asrda rus muhandisi B. Ignatov tomonidan shar chaqmoqdan saqlanish 
uchun chaqmoq o‘tkazgichini ixtiro qilingan. 
1759 yilda Rossiya akademiyasi akademigi F. Epinus (1724 - 1802) elektr 
qutblanishini, magnit kuch chiziqlarining mavjudligini, elektr va magnit 
massalarning o‘zaro ta’sirini kashf etdi va tushuntirdi. 
Yuqoridagilardan kelib chiqib, hayotiy xulosa beixtiyor shuni ko‘rsatadiki 
(biz bu haqda kamdan -kam o‘ylaymiz): har qanday bilim sohasidagi birinchi va 
juda muhim kashfiyotlar ko‘pincha boshqa fan yoki faoliyat sohalari mutaxassislari 
tomonidan amalga oshiriladi. 
Bu fikrlarni yana bir qancha misollar bilan tasdiqini ko‘rib chiqaylik. 
Anatomiya kafedrasi mudiri italiyalik Luidji Galvani (1737-1798) 1791 
yilda "Mushak harakatida elektr kuchlari to‘gʻrisida risola" asarini nashr etdi. 
U tirik jonzotlar ichida elektr toʻklari borligini, mis idishda yotgan 
qurbaqani temir skalpel bilan yorish orqali kashf etdi (har xil metallar ta’siri). 
Bu kashfiyot 121 yildan keyin inson tanasini bioelektrik toʻklar yordamida 
tadqiq qilishga turtki berdi.
Kasal organlarni ulardagi elektr signallarini tekshirish 
natijasida topilgan.
Har qanday organning ishi (yurak, miya) har bir organ uchun 
o‘ziga xos shaklga ega bo‘lgan biologik elektr signallariga ega.
Agar organ kasal 
bo‘lib qolsa, signallar shakli o‘zgaradi va "sogʻlom" va "kasal" signallari 
solishtirilganda kasallikning sabablari aniqlanadi. 
Galvanining tajribalari Tessin universiteti professori Alessandro Volta 
(1745-1827) tomonidan yangi elektr manbasini ixtiro qilishga turtki bo‘ldi. 
1800 yilda A. Volta London Qirollik jamiyatiga volt ustunini ixtiro 
qilganini e‘lon qildi.
U Galvanining sharafiga elektr manbasini galvanik element 
deb atadi.
Bu Gerike generatoridan ko‘ra kuchliroq elektr manbai edi. 
Bu manba ko‘p miqdordagi mayda elementlardan iborat bo‘lib, ularning 
har birida ikkita turli metall plastinkalar bor edi: mis - qo‘rgʻoshin yoki kumush - 
rux, ular orasida gʻovakli, kislota (yoki ishqor) shimdirilgan 
yostiqcha(прокладка) bor edi. 


Ko‘p sonli elementlarni ketma -ket ulab, Volta 2 kV kuchlanishli 
elektrokimyoviy elektr energiyasini oldi.
Bu elektr energiyasini o‘rganish, elektr 
yoy, elektr toj, metallarni payvandlash va boshqalarni o‘rganish uchun etarli edi.
A. Volta bu vaqtda 56 yoshda edi. Napoleon bu kashfiyoti uchun unga 1801 yilda 
Buyuk Oltin medalni topshirgan.
Hozir biz soat va boshqa buyumlarda 
foydalanilayotgan batareyalar volt ustuni bilan bir xil, lekin takomillashtirilgan - 
galvanik elementdur. 
1821 yilda yana bir elektr manbai - termoelement ixtiro qilindi.
Professor 
T.I. Zeebek tomonidan (1770-1831), agar ikkita bir xil bo‘lmagan A va B 
metallarni birlashtirib (masalan, mis-konstantan) qizdirilsa (Tг), va ikkinchisi 
sovutilsa (Tx), yoki shunchaki qizdirilmasa, u holda termoelektr kuch paydo 
bo‘lishini kashf etdi. 
U
АВ
=k/q ln n
А
/n
В
(T
г
-T
х

bu erda k - Boltsman doimiysi, q - elektron zaryadi, n - elektronlar zichligi. 
1834 yilda J. Peltye (1785-1845) tomonidan qarama-qarshi hodisalar kashf 
etildi.
Agar ikkita bir xil bo‘lmagan o‘tkazgichlarning birlashmasidan biriga 
doimiy elektr kuchlanishi berilsa, u holda ulanishlardan biri qiziydi, ikkinchisi esa 
soviydi. 
Q
п
= П I
bu erda Q
п
- Peltye issiqligi, П - metall juftlik koeffitsienti, I - tok va
-vaqt. 
Har bir yangi elektr manbaining ixtiro qilinishi bilan olimlar sirli elektr 
energiyasi mutlaqo o‘xshash bo‘lmagan kuchlar, masalan, issiqlik, kimyoviy 
reaktsiyalar, mexanik ishqalanish, yorugʻlik va boshqalar ta’sirida paydo bo‘lishini 
qiziqish bilan kashf etdilar.
Moddalarning atom va molekulyar tuzilishiga kirib 
borilishi, keyinchalik bu har xil tashqi hodisalarni nima birlashtirishinini 
tushunishga imkon berdi.


Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish