7. Neolit davridagi diniy tasavvurlar. Neolit revolyusiyasi odamlarning turmushini, ularning ta’sir etadigan barcha sohalarni tubdan o’zgartirdi. Odam o’simliklarni o’stirish, ozuqa zahiralarini hosil etishni asta-sekin o’rgandi. Va bu odamni o’troq hayot kechirishga majbur etdi. qadim hayvonlarni qo’lga o’rgatgan hamda ular berayotgan mahsulotdan foydalanishni o’rgandi. Bu nafaqat go’sht, balki sut va teridir. Ovqat pishirish bilan tanishishi hamda idishlar yasash odamga yangi muhim materiallarni uzgartirishga majbur etdi. Odam, ovqat va ichimliklar saqlash uchun mo’ljallangan idishlar, uy qurish uchun foydalanadigan loyni tayyorlashga o’rgandi. Neolit davri yuqori poleolitdan keskin farq qiladi. Shu jumladan, tosh buyumlarni silliqlash va sayqal berish - bu esa muhim farq va shu farq davrga nom berdi (Neolit - yangi tosh davri, yangi tosh ishlash yangi usullar davri).
Neolit davri dehqonlarga yangi ishlab chiqarish imkonini berdi. Dehqonlar zich va ko’pchilik guruhlar bilan o’rnashardi. Dushmandan hamda yovvoyi hayvonlardan himoyalangan qishloqlar kengayib, atroflarida kichik qishloqchalar o’rnashar edi. Tinchlik va ovqat bilan ta’minlash, tug’ilish va bolalarni tirik qolishi va o’sishiga imkon berar edi. Aholining keskin ko’payishi yangi erlarni o’zlashtirishga, hayot tarzini o’zgarishi diniy tasavvurlarning rivojlanishiga yangi imkoniyatlar yaratdi.
Dehqonchilikning ehtiyojlari hosilni uzoq vaqt sabrsizlik bilan kutish kerakligi, hamda aniq vaqtni hisoblash muhimligi, er fasllarining sikllarini bilish - bularning hammasi dehqon qabilalarining osmonu erga, quyoshu oyga, yomg’iru shamolga yangi qiziqishini paydo bo’lishiga sabab bo’ldi. Bu degani qudratli ruhlarga bog’liqlik sezilarli va ko’zga tashlanadigan bo’lib qoldi. Iltijo va qurbonlik ularga atala boshlandi. Ammo tabiiy imkoniyatlar to’g’risidagi tasavvurlar keskin o’zgardi. Natijada qadimgi ruhlar -animistik sig’inish ob’ekti asta-sekin o’ta qudratli xudolarga aylandilar. Ular uchun mehrob hamda cherkovlar tashkil etilardi va ularda kecha va kunduz, dehqonlar jamoasidan maxsus ajratilgan mutaxassis xizmatkorlar - kelajakdagi kohinlar xizmat qilardi. Qadimgi totemistik tasavvurlar ham o’zgardi, dehqonlarni hayoti ov natijasiga bog’liq bo’lmagan holda, hayvonlarni qadrlay boshladi, ammo hayvonlar va totemistik tasavvurlar avlodlar xotirasida saqlanib qolavergan. Bu esa zoomorfik tashqi qiyofani biron-bir sig’inilgan xudoda aks etishiga olib keldi. Aksar xudolarning ko’rinishi hayvon, qush, baliqlarning yo boshi, yo tanasi shaklida bo’lar edi. Bu mifologik qahramonlarning yuqorida aytib o’tilgan xudoga qarindoshligi saqlanib qolgan.
Fetishizmning sokin xarakteri o’zgardi, xudolarning qudratli butlari, mehroblar yoki cherkovlar yoniga o’rnatilgan yirik haykallar shakliga aylandi.
Ba’zan butlar o’rniga ramziy haykalchalar, turli shakldagi toshlar guruhi foydalanildi. Fetishizmning rivojlanishida bu haykal va qurilmalar ibodatxonalarning ramzi bo’lib xizmat qildi.
Afsun ham o’zgardi. Afsungarlarning dushmanlarga ziyon etkazish va omadli ov bilan ta’minlash, ruhlar yordamida o’z maqsadiga etishishning ibtidoiy usullari o’rniga yangi, puxta o’ylangan ilohlar bilan aloqa marosimlari, boshqa diniy marosimlar, ibodat va qurbonlik qilish tartiblari yuzaga keldi. Bular asosida qadimgi afsunlar yotar edi. Ammo bir qancha yangiliklar yuzaga keldi. Bunday yangiliklardan biri - fol va bashorat edi. Bular afsunga yaqin bo’lgan, hamda unga asoslangan afsun prinsiplari va usullari edi. Ammo uning maqsadi boshqa edi: bu istakni amalga oshirish emas, balki uni bilishdir. Folbinlikning ilk shakllari nealit davridan ilgari ham amal qilardi. Ammo tizim sifatida nealit davrida yakunlandi. Neolit davridagi dehqonlar qudratli tangridan qo’rqqan holda uning yaxshi niyat munosabatlariga juda qiziqar edi. Buning uchun (qurbonlik) tabiat kuchlari ilohlariga yoki ilohiylashtirilgan ajdodlarga ibodat qilishar edi. Ularning hayolida keltirilgan qurbonliklar hamda ilohiylashtirishga ibodat qilishlari ularga yordam keltiradi va iltimosini rad etmaydi. Ammo buni qanday bilish mumkin? Mana shu yerda barcha usul va prinsiplari bilan fol ochish yordamga kelar edi. Har bir shamanga munsub bo’lgan ibtidoiy afsun marosimlaridan farqli o’laroq, folbinlik yuqori saviyali madaniyatni talab etardi. Marosimlarni olib boruvchi folbin kiyim shartli belgilar tizimiga rioya qilishi shart edi. Bu shartli belgilar ilohini qoniqtirganligini hamda ularning iltijolariga aniq javob berishga tayyorligini anglatardi. Belgilar tizimi har xil - elementar qur’a tashlashdan to murakkab chiziq, yorug’ nuqta va chiziqlarni qo’shilishigacha bo’lar edi.
3.3 Yahudiylik, buddaviylik va xristianlik dinlarining Markaziy Оsiyoga kirib kеlishi. Yahudiylik - dini eramizdan avvalgi 2000 yillarning oxirlarida Falastinda vujudga kelib, yakkaxudolik g’oyasini targ’ib qilgan dindir. Yahudiylik millat dini bo’lib, faqatgina yahudiy xalqiga xos. Yahudiylik ning kitobiy asoslari er. av. IV-III asrlarda shakllandi. Bu dinning ta’limotiga ko’ra olamlarni yaratuvchi yagona xudo Yahve mavjud. U Tavrotni yahudiylarga berish bilan ular bilan ahd tuzgan. Go’yoki yahudiylar Yahvening yer yuzidagi xalqlarning «eng mumtozi» va keyingi dunyoda berilajak in’omlarning eng haqlisi, Muso Yahvening elchisi, Tora (Tavrot) Yahve tomonidan Musoga Tur tog’ida berilgan muqaddas kitob. Yahve olamlarni yaratishni yakshanbada boshlab, juma kuni tugatdi, shanba kuni esa dam oldi va yahudiylarga ham shu kuni dam olishni buyurdi. Shuning uchun Yahudiylik diniga ko’ra shanba kuni ulug’ kun hisoblanib, hech qanday mehnatga qo’l urilmaydi.
Bundan tashqari Yahudiylik da messiya - xaloskorning kelishi haqidagi ta’limot ham keng o’rin olgan.Unga ko’ra oxirzamonda Yahve yahudiylar orasidan bir xaloskorni chiqaradi va u quyidagi vazifalarni bajaradi: 1) dunyoni qaytadan, isloh qilgan holda qurish; 2) butun yahudiylarni Sinion (Quddus yaqinidagi tepalik) atrofida to’plash; 3) ularning barcha dushmanlarini jazolash.
Muso Turtog’ida Yahve bilan uchrashganda unga 10 ta lavhani tushirdi. Ularda ushbu din asosin itashkil qilgan 10 ta nasihat bor edi:
Yahvedanboshqaniilohdebushlamaslik;
But, sanam va rasmlarga sig’inmaslik;
Bekordan-bekorga Xudo nomi bilan qasam ichmaslik;
Shanba kunini hurmat qilish va uni Xudo uchun bag’ishlash;
Ota-onani hurmat qilish;
Nohaq odam o’ldirmaslik;
Zino qilmaslik;
O’g’irlik qilmaslik;
Yolg’on guvohlik bermaslik;
Yaqinlarning narsalariga ko’z olaytirmaslik.
Do'stlaringiz bilan baham: |