4. O`tilganlarni takrorlash darslari – tuzilishi mustahkamlash dars kabi, takrorlash darslarida asosan o`rganilgan o`quv matеriali tizimga solinadi va umumlashtiriladi. Takrorlash turlari:
1) o`quv yili boshida va kundalik takrorlash;
2) mavzu bo`yicha takrorlash;
3) umumlashtiruvchi takrorlash.
5. Bilim, malaka va ko`nikmalarni tеkshirish va hisobga olish darslari
Tuzilishi:
1. Dars maqsadini aytish.
2. Nazorat ishining mazmuni bilan tanishtirish.
3. Ishni bajarishga oid qisqacha yo`l - yo`riq bеrish.
4. O`quvchilarning ishlarni mustaqil bajarishlari.
5. Ishni yig`ib olish.
O’qituvchi dars tugashiga 3-5 minut qolganda o’quvchilarga ishni tugatish zarurligini ogohlantiradi, ya’ni ular hamma yozuvlarni va hamma ishni tekshirishni erkin bajarib ulgursin. Qo’yilgan aniq vaqtda barcha o’quvchilar ishni topshirishlari zarur.
O’quvchilar ishini tekshirib bo’lgandan keyin, ikkinchi kun o’qituvchi nazorat ishining tahlilini o’tkazadi, u ishning natijasi haqida so’zlab beradi, yaxshi ishlarni ajratadi, qo’pol xatolarni aytib o’tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |